- 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV Dori vositalari va tibbiy texnika
sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan qayd etilgan giyohvand
va psixotrop moddalar saqlagan vositalarni sotib
olish va sotish huquqiga
ega bo'lgan dorixonalarga.
Litsenziya berish to'g'risidagi hujjatlarni ko'rib chiqish, ularning
muddatlarini uzaytirish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun
litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tuziladi.
Bu komissiya tarkibi
va komissiya to'g'risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan
tasdiqlanadi. Bunda ekspert komissiya tarkibiga majburiy tarzda tegishli
ixtisosliklar bo'yicha mutaxassislar kiritiladi.
Ekspert komissiya yig'ilishi kamida oyiga ikki marta o'tkaziladi.
Farmatsevtika
faoliyatining
mazkur
nizomga
muvofiq
litsenziyalanadigan turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish;
b) dori vositalari va tibbiyot buyumlari tayyorlash;
v) dori vositalari va tibbiyot buyumlari yaratish bo'yicha
ilmiy -
tadqiqot ishlari;
g) dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini nazorat qilish;
d) dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish;
e) dori vositalarini ulgurji sotish;
yo) tibbiyot buyumlarini
ulgurji sotish;
j) dorivor o‘simliklar, hayvonot va mineral asosga ega bo'lgan xom
ashyoni yetishtirish, yig'ish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish.
Yuqorida qayd etilgan faoliyat turlarini “a” - “yo”
kichik bandlarida
ko'rsatilgan farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar faqat
yuridik shaxslarga berilishi mumkin, bunda “b” - “d” kichik bandlarida
ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziya faqat dorixona
muassasalariga beriladi.
Mazkur Nizom 3-bandining “a” - “yo” kichik bandlarida ko'rsatilgan
farmatsevtika faoliyati turlarini amalga oshirish uchun olingan litsenziya,
litsenziatlarga ular ishlab chiqargan va tayyorlagan dori vositalari va tibbiyot
buyumlarini sotish huquqini beradi. Yuridik yoki jismoniy
shaxs tomonidan
farmatsevtika faoliyati faqat litsenziyada belgilangan faoliyat tun (uning bir
qismi) bo'yicha amalga oshirilishi mumkin.
Litsenziatda
tegishli
faoliyatni
amalga
oshirish
uchun
foydalaniladigan filiallar (alohida hududlardagi boiinmalar va obyektlar)
mavjud bo'lgan taqdirda, litsenziya berish vaqtida ko'rsatib o'tilgan
'filiallar (alohida hududlardagi bo'linmalar va obyektlar) soniga qarab
18
ulardan har birining joylashgan joyi ko'rsatilgan holda litsenziyalovchi
organ tomonidan tasdiqlangan litsenziya nusxalari beriladi.
Dostları ilə paylaş: