Davolash kursi muddati. Davolash muassasasida boMish qiymati.
Oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli tibbiyot personali xizmati.
Jarrohlik aralashuvi.
Reabilitatsiya (qayta tiklanish).
Bemorga g‘amxo‘rlik qilish.
Odatda, bu harajatlar byudjet hisobidan yoki bemoming o‘zi
tomonidan qoplanadi.
II.
Bevosita notibbiy harajatlar (xo‘jaiik harajatlari) - bu bemor
tibbiy yordam olishi uchun zarur hamma harajatlarni o‘z ichiga oladi.
Masalan, bemorni shifoxonagacha
transportirovka qilish, xususiy parxez
harajatlari va b.q.
III.
Bilvosita harajatlar (indirekt costs) - bunga atrof-muhit,
jamiyatda kasallik tufayli paydo bo‘ladigan harajatlar kiradi.
Bilvosita harajatlarni aniqlashda quyidagi omillar ko‘zda tutiladi:
Vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotish muddati.
Kasallik varaqasi bo‘yicha to‘lovlar.
Kasallikdan keyingi nogironlikka g ‘amxo‘rlik qilish.
Ijtimoiy ta’minot toiovlari.
Soliq toiovlari (bunda bemor sog‘ayib, ish
boshlagandan keyin toiashi
mumkin boigan soliq toiovi nazarda tutiladi).
Bemorga g‘amxo‘rlik qilishda yaqinlarining harajatlari.
Bemoming oiim i bilan bogiiq harajat va yo'qotishlar.
IV.
Nomoddiy harajatlar (intangibli costs) - pul bilan ¡fodalab
boimaydigan harajatlar. Bunga quyidagi ruhiy, ijtimoiy omillar kiradi:
a) ju z’iy yoki tañada (og‘riq, majruhlik, uyquning buzilishi);
b) aqliy (reaksiya, aqliy konsentratsiya, diqqat, xotira);
v) ruhiy (qo‘rquv, depressiya, notinchlik);
g) ijtimoiy (izolyatsiya, konflikt, moyillik).
Bir so‘z
bilan aytganda, bu toifadagi harajatlar bemoming hayot
sifatiga ta’sirini ko‘rsatad¡. Hayot sifati atamasi - bemoming jismoniy,
ijtimoiy
va emotsional holati, shuningdek, ruhiy jinsiy qobiliyatlarini aks
ettiradi. Ko‘pincha davolashning hayot sifatiga ta’siri
maxsus anketa
savollari asosida baholanadi, bemordan so‘rovnoma oladigan shaxs
tomonidan to'ldiriladi. Anketani tahlil qilgan holda bemoming sog‘lig‘i,
funksional imkoniyatlariga nisbatan o‘zining fikri,
ahvolining umumiy
ijobiylashuviga bo‘lgan fikri baholanadi.
Bemorni davolashdagi asosiy harajat ko'rsatkichlari:
Davolashning asosiy qiymati - dori vositalarining o ‘rtacha ulgurji
narxi, kunlik doza miqdori va davolash kursi muddati bilan belgilanadi.
149
Bemorning kun tartibiga amal qilishi yoki lining intizomliligi (patiant
compliance) - bemorning shifokor tavsiya va ko‘rsatmalarini bajarish
istagi. Bemor
dori vositasini qabul qilish, kun tartibiga amal qilish yoki
qilmasligi davolash qiymatiga sezilarli ta’sir etadi. Bemorning loqaydligi
dori vositasi samaradorligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Buning
oldini olish uchun maxsus dori shakllari ishlab chiqilmoqda.
Dostları ilə paylaş: