“Qiymat - minimallashtirish” tahlili
(QMT).
Agar ikki yondashishda (davolash usullarida) ularning teng
samaradorligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, har bir usulning harajatlarini taqqoslash
mumkin. Taqqoslashning bunday usuli QMT degan nom bilan yuritiladi.
Misol uchun davolashdagi vositadan foydalanish qiymati turlicha bo'lishi
mumkin.
“Qiymat - naf ’ tahlili
(QNT).
QNT shunday iqtisodiy usulki, undan foydalanilganda (davolash
usulida) uning samaradorligi bemorning hayrixoxligi yoki davolash sifati
nuqtai nazaridan baholanadi. QNT tahlili QST tahliliga juda o‘xshaydi,
lekin uni qo'llanganda yangi ko‘rsatkichga tashqaridan davolash usulidagi
samaradorlikning bemor tomonidan juzuy baholanishi qo‘shiladi.
Ko'pgina QNT natijalari bemor hayotining sifat o'zgarishiga tashqari
davolash usulining qiymati qo‘shilgan holda ifodalanadi.
“Kasallanish qiymati” tahlili
(KQT).
KQTdan aniq bir kasallikning tarqalishi uchun umumiy (to‘g‘ri hamda
juz’iy) qiymatni foydalaniladi. Bu uslubiyat o'rganishda aniq bir kasallik
bilan bogiiq boigan (makroiqtisodiy ma’nodagi) barcha harajatlami
hisoblash uchun ishlab chiqilgan. AQShda bir necha guruh kasalliklar
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, yiliga yurak-
tomir tizimi kasalliklariga 80 milliard dollar o'simta kasalliklariga 30
milliard dollar, va asab-ruhiy kasalliklariga 25 milliard dollar harajat
bo‘lar ekan. Bu kasallikning bevosita oldini olish, aniqlash, davolash,
sog‘liqni tiklash, tadqiqot hamda o‘qitish, shuningdek, tibbiy muassasalar
uchun kapital qo‘yilmalar harajatlarini o‘z ichiga oladi.
152
Juz’iy harajatlar yo'qotilgan ish kunlari bo'yicha uniqlnnudi.
Kasallikning to’g'ridan-to'g’ri
harajatlari
yoki
ju z’iy
harajatlar
aniqlanganda kasallikning oldini olish yoki davolashga iqtisodiy baho
berish mumkin boiadi. T oiiq misol bilan tahlil qilish mumkinki,
kelajakda sog’liqni saqlash tizimi xodimlari va jamiyat tez-tez
farmakoiqtisodiy muammolarga duch keladi. Lekin, har bir vazifa uchun
xususiy yo‘l, xususiy uslubiyat tanlanishi lozim. Bu uslubiyat kelgusida
har
qanday farmakoiqtisodiy
ma’lumotlaming
mavjud
tayanch
prinsiplariga hamda tahlil usullariga tayanadi.
Farmakoiqtisodiyot tahlil usullarini birgina bemordagina emas, balki
davolash muassasalarida, ma’muriy-hududiy tumanda, viloyat va yaxlit
davlat miqyosida qo'llash mumkin. Bu usullar farmakoterapiyani klinik va
iqtisodiy
tomondan
tartibga
solish
imkoniyatlarini
beradi.
Farmakoiqtisodiyot tahlil usullari davolashning aniq standartini tanlashda,
dori vositalarini qayd qilish va sotib olishda, klinik tajribalarning
natijalarini baholashda muvaffaqiyat bilan ¡shlatilmoqda.
Formulyar tizimning qoilanishi hududiy tibbiy yordam sifatini
boshqarish modellarining shakllanishiga har tomonlama yondashish
zaruriyatidan kelib chiqadi.
Sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari oldida farmakoiqtisodiy
masalalarni hal qilishda bir qancha muammolar qatorida quyidagilar ham
bor:
- dori vositalaridan oqilona foydalanishni ta’minlab beruvchi tashkiliy
tuzilmalarni tuzish;
- formulyar tizimni hudud va muassasalarda qoilashning uslubiy
ta’minotini ishlab chiqish;
- tibbiyot muassasalari amaliyotida farmakoiqtisodiy tahlil asoslarini
qo’llash;
- tibbiy yordam sifatining nazoratini o’tkazishda dori vositalari
xavfsizligi va sifatini baholash mezonlarini ishlab chiqish;
- dori vositalaridan oqilona foydalanishni qo’llashda bemor va tibbiyot
mutaxassislarining qiziqishini oshirish uchun sharoitlar yaratish.
Formulyar tizim qo’llashni ta’minlab beradigan tashkiliy tizimning
shakllanishi bir-birini qaytaradigan, noxush, yomon oqibatlarni keltirib
chiqaradigan, hayotiy zarur toifaga kirmaydigan, klinik-epidemiologiya
tomonidan klinik samarasizligi tasdiqlangan dori vositalari sonini
kamaytirish vazifalarini ko’zda tutadi.
Formulyar tizimi tashkiliy tuzilmasining shakllanishi va dori
vositalaridan oqilona foydalanishga quyidagilar imkon beradi:
153
- dori vositalari ishlatilishining klinik nazoratini, zarur hollarda olib
borilayotgan farmakoterapiyani to‘g‘rilashni o‘tkaz¡sh;
- davolash-profilaktika muassasalari uchun hududiy formulyar va
formulyar ro‘yxatlami ishlab chiqish, hamda doimiy ravishda yaxshilab
turish;
- aholiga bepul tibbiy yordam ko'rsatishning davlat dasturlarini
amalga oshirishda dori vositalarga bo‘lgan ehtiyojni tibbiy-iqtisodiy va
farmakoiqtisodiy jihatdan asoslab berish;
- aholini, ta’minotchilarni, ishlab chiqaruvchi firmalar, tibbiy sug‘urta
tashkilotlari tibbiyot xodimlari, tibbiyot muassasalari organlari rahbarlarini
axborot bilan ta’minlash xizmatini yaratish;
- tibbiyot muassasalari
ehtiyoji
uchun
sotib olinadigan
dori
vositalarining farmakoiqtisodiy samaradorligini hisobga oigan holda
ularning narx - navolarini to‘g‘rilash sharoitini yaratish.
Formulyar uchun
dori
vositalarining
davolash
samaradorligi,
havfsizligi va narxlari kriteriylarini hisobga oigan holda tanlab olinishi
kerak. Bu qiyin ishni amalga oshirishda shifokorlar to'qnash keladigan
birlamchi muammolardan biri dori vositalari to‘g‘risida mutlaq zamonaviy
axborotlarni qidirishdir. Tibbiyot muassasalarida formulyar ro‘yxatlarni
ishlab chiqish bir qancha tadbirlarni bosqichma-bosqich bajarilishini
ko‘zda tutadi.
154
|