Talab - ehtiyojning bir qismi boMib, sotib olish xususiyati bilan
mustahkamlanadi. Talabning ehtiyojdan farqi, u oMchanadi, yig’ilgan
ma'lumotlar, iste’molchilar so‘rovi va boshqalar
asosida sotish hajmining
istiqboli aniqlanadi.
Hozir dori vositalariga bo'lgan ehtiyoj dunyo bozorida yiliga o'rtacha
15% o‘sib borishi kuzatilmoqda.
Dori vositalari ehtiyojini aniqlashda ular iste’moliga ta’sir etuvchi
omillarni e’tiborga olish kerak.
Talabni shakllantirishdagi asosiy omillar quyidagilar:
- aholi sonining o‘sishi va moddiy farovonligining yaxshilanishi;
- davolash-profilaktika va dorixona muassasalari va ularda tibbiyot va
dorixona xodimlari sonining ko‘payib borishi;
- tibbiyot fanlarining rivojlanishi, yangicha tashhis usullarini tatbiq
qilish, dori vositalaridan samaraliroq foydalanish;
- aholining umurniy madaniyati va tibbiy savodxonligining oshishi;
- uzoq yillardan beri ishlatilayotgan dori vositalariga talab ko‘p
boigan odamlar sonining ortib borishi.
Dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash ko‘p omillarga bog’liq
juda murakkab jarayon, chunki iste’mol mahsuloti bo’lgan
dori vositalari
bir qator o‘ziga xos hususiyatlarga ega.
Dori vositasi - bu aksariyat holda kimyoviy substantsiya boiib, u
inson hayotini saqlab qolishga moMjallangan, iste’mol mahsuloti sifatida
odamlar salomatligiga zarar etkazmaslik maqsadida alohida yondoshuvni
talab qiladi.
Dori vositalari biologik faol moddalar bo‘lib, ular bar bir funksional
a’zoga alohida yoki kasallik qo’zg'atuvchilarga qarshi ta’sir qiladi. Dori
vositalarining umurniy soni bizning mamlakatda
turli dori vositalari
ro’yxati, dozasi va qadoqlanishi bo‘yicha hozirgi vaqtda 4000 ni tashkil
qiladi.
Dori vositalarining asosiy o‘ziga xos tomoni shundan iboratki,
mahsulotni bemorlarning o‘zlari tanlab ololmaganliklari uchun ular ta’siri
va qoMIash xususiyatlarini biladigan mutaxassislar belgilab beradilar.
Buning uchun bemor ambulatoriya, poliklinika yoki davolash-profilaktika
muassasalariga murojaat qilishi kerak. Bundan tashqari,
profilaktika va
sanitariya - gigiena maqsadlari uchun dori vositalari va tibbiy ashyolami
ishlatishda ham aks etadi. Dori vositalarini ishlatish uchun yoMlanma
berish faqat kasalning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib qolmay, balki bemor
dori vositalarini qabul qilishi, tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa omillar
bilan ham bogiiqdir.
156
Dori vositalariga bo’lgan ehtiyoj doimiy bo'lmaydi,
u odam
organizmidagi turli patologik o ’zgarishlar davrida paydo bo’Iadi va ularni
qabul qilishning asosiy sababi aholi sog‘lig‘ini saqlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: