Keng qamrovli ta’sir etuvchi dori vositalariga boMgan ehtiyojni
aniqlash.
Bu guruhga keng ta’sir etuvchi arsenalli dori vositalari kiradi.
Ularga turli
kasalliklarning qo’zg'atuvchilariga nisbatan faollikni
ko’rsatuvchilar: antibiotiklar, sulfanilamid dori vositalari, nitrofuran
hosilalari, alkaloidlar, oksidlovchilar, ogir metall tuzlari, fenol hosilalari va
boshqalar misol bo’ladi. Bu guruhga yana organizmning funksional
sistemasidagi xilma-xil kasalliklami davolashda ishlatiladigan dori
vositalari, bir xil ta’sirli, ammo kelib chiqishi har xil bo’lgan: analgetik va
isitma tushiruvchi, markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atuvchi, uxlatuvchi,
sedativ va neyroleptik, mahalliy og’riqsizlantiruvchi, o ‘rab oluvchi va
adsorbtsiyalovchi,
terini
burishtiruvchi
va
shilliq
pardalarni
yallig‘lantiruvchi, balg‘am ko’chiruvchi va ko‘ngil aynatuvchi, surgilar,
vitaminlar, gormon dori vositalari va boshqalar kiradi.
Keng qamrovli ta’sir etuvchi dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni
aniqlash ikki bosqichda olib boriladi:
- kerakli ma’lumotlarni to’plash va ularni tahlil qilish;
- iqtisodiy-matematik usullar, ekspert baholash va boshqalar asosida
aniq dori vositalarining ehtiyoj istiqbolini aniqlash.
Shu tahlil jarayonida berilgan guruh preparatlariga bo’lgan talabni
taxminan, bir dori vositasi o'rniga ikkinchisini quyish mo’ljallangan
o’zgarishlarni hamda shu preparatni mahalliy qoMlash xususiyatlarini
aniqlash kerak.
Dostları ilə paylaş: