- informatikaga (axborotlar oqimi);
ishlab chiqarishga (mos holdagi boshqaruv modellari bilan).
Tovar harakati jarayonining murakkablashuviga
bir qator omillar
sabab boiadi, ularning eng asosiylari quyidagilardir:
- o‘tkazuvchi bozorlar uchun olib borilgan konkret kurashlar, ulami
egallash,
kengaytirish,
bozordagi
mavqeni
mustahkamlash,
iste’molchilar xohish - irodasini o‘rganish, tovarning hayotiylik
davrini o‘rganish, raqobatchilar bozorga taklif qilayotgan tovarlarni
va iste’molchilar talabini o‘rganish;
- aniq o‘tkazuvchi bozorlarga yo‘naltirilgan va iste’molchilar
buyurtmasiga asosan ishlab chiqarishni tashkil etish, barcha
bosqichlarda moddiy resurslar harakati. Aniq va puxta o‘ylab
chiqilgan, rejalashtirilgan va tashkil etilgan ishlab chiqarish
jarayonlarini amalga oshirish;
- tovar harakati to‘g ‘risidagi axborotning muomala jarayonining
barcha bosqichlarida va mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida
tartibga solingan harakat;
- logistik tizim faoliyati logistik qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Logistik qoidalar deganda logistik tizimda eng maqbul yo‘nalishlarni
aniqlash uchun, yuklar va usullar yig‘indisi tushuniladi;
Logistik tizim (LT) deganda elementlar va ular o‘rtasida yuk
(material) oqimini, u paydo boMgan nuqtadan iste’mol qilinadigan
nuqtagacha boshqarish maqsadida paydo boMadigan o‘zaro
aloqalar va bu
jarayonlar uchun zarur boigan axborot oqimlari yig'indisi tushuniladi.
Logistik tizimning elementlari quyidagilardir: ishlab chiqaruvchi,
qayta ishlovchi korxonalar va boshqa tarmoqlarning korxonalari, tijorat-
vositachilik korxonalari transport va ombor quvvatlari, yetkazib
beruvchilar, buyurtmachilar, axborot tizimlari, axborotni yig‘ish, qayta
ishlash va uzatish moslamalari, boshqaruv organlari (menejment).
Moddiy
oqimlar
tizimining
muvaffaqiyatli
ishlashi
logistik
infrastrukturaning rivojlanishiga juda bogMiqdir.
Logistika infrastrukturasi deganda bir korxonadan boshqa korxonaga
moddiy va axborot oqimlarini ishonchli hamda bir maromda yetkazib
turilishini ta’minlaydigan transport va boshqa
zaruriy elementlarning
yig‘indisi tushuniladi.
Logistika faoliyatining asosiy sohalaridan biri mahsulotni ta’minlash,
ulami bevosita iste’molchiga yetkazib berish hisoblanadi. Logistik faoliyat
birinchi navbatda yuklami tashish uchun zarur boladigan transport bilan
juda bogMiqdir. Transport faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi - bu bajarilgan
16 8
transport ishlarining hajmi, ya’ni yuklarni ma’lum bir masofaga eng kam
xarajatlar bilan tashish hajmi hisoblanadi.
Quyidagilarga qilingan xarajatlar logistik sarf- xarajatlar hisoblanadi:
tashishga, ortishga, tushirishga, qayta ortishga, yuklarni manipulyatsiya
qilishga;
- transport - ombor ishlarining hamma turlari bo‘yicha taxlash;
- axborot xizmatini ko‘rsatish, ya’ni axborot oqimlarini tashkil etish;
- aylanma mablag‘larni tutib turishga va omborlarda yuklarni saqlab
turish natijasida qilinayotgan tavakkalchilik;
- logistik boshqarishga.
Moddiy (yuk) oqimlarining faoliyat yuritishi bilan bog‘liq
boigan
zarur tushunchalardan biri axborot oqimlaridir. Shuningdek, teskari aloqa,
ya’ni rejalashtirilgan ish qanday natija bilan tugaganini solishtirish uchun
zarur boiadigan axborot, aloqa tushunchasidagi ham keng foydalaniladi.
Teskari aloqa logistik jarayonlami yanada samaraliroq boshqarishga
imkon beradi. Axborot oqimlari logistik kanallar orqali o‘tadigan axborot
kanallarining yig‘indisidir.
Logistik kanal - yetkazib beruvchi, iste’molchi, tashuvchi, vositachi,
sug‘urtachilardan iborat qisman tartibga solingan ko‘plik. Iste’molchi yoki
etkazib
beruvchi
bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
tashuvchilarni,
sug’urtachilarni va h.k. larni turli xil usullar bilan (reytingini hisoblash,
operatsiyalarni tadqiq qilish usullarini qoMIash va h.k)
tanlash
imkoniyatiga egadir. Tanlash amalga oshirilgandan so‘ng logistik kanal
logistik zanjirga aylanadi.
Logistik zanjir - bu chiziqli tartibga solingan ko‘plab jismoniy va
yuridik shaxslarning (ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, umumiy
foydalaniladigan omborlar) ko'pligi bo‘lib, ular tashqi moddiy oqimni bir
LT dan boshqa LT ga etkazib berish bo’yicha yoki yakuniy iste’molchiga
yetkazib berish bo‘yicha (noishlab chiqarish iste’moli, shaxsiy iste’mol)
operatsiyalarni amalga oshiradilar. Umumiy holatda logistik zanjir ishlab
chiqaruvchi, iste’molchi, vositachi va tashuvchilarni birlashtiradi.
Bu oqimlarning o‘zaro harakati va o‘zaro aloqasi tadbirkorlik
logistikasi faoliyatida o‘z aksini topadi, u korxonalar, yetkazib beruvchilar
va buyurtmachilar o‘rtasidagi barcha moddiy
va axborot oqimlarini
birlashtiradi va tashkil qiladi.
Logistik
jarayonlar
muvaffaqiyatli
borishi
uchun
logistik
boshqaruvdan
foydalaniladi,
bu
boshqaruv
korxonani
umumiy
boshqarishning bir qismi hisoblanadi. Logistik boshqaruv o ‘zida
rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish kabilarni aks yettiradi va
169
ularning asosida mos holdagi axborot yotadi. Logistik boshqaruv
korxonani umumiy boshqarish bilan birga faoliyat yurita turib, u moddiy
(yuk) oqimlarning tejami va ildam bodishini, zaruriy zaxiralarning eng
qulay hajmini ta’minlashi kerak, moddiy oqimlar mavjud bodishining
sharoiti va talablari to‘g‘risida axborotga ega bodishi kerak.
Olimlar va amaliyotchilar tasdiqlashi bo‘yicha moddiy zaxiralami 30-
70 % qisqartirilishi, saqlash vaqtini kamaytirish, mahsulotni ishlab
chiqaruvchidan iste’molchiga
yetib borishini tezlatib, tovar aylanishining
iqtisodiy samaradorlikka ega bodishiga imkon yaratadi. Bunda 7-R
logistik qoida joriy qilindi: Right product (kerakli mahsulot); Right
quantity (kerakli miqdorda); Right condition (berilgan sifatda); Right place
(kerakli joyda); Right time (belgilangan vaqtda); Right customer (aniq
iste’molchi uchun); Right cost (kam chiqimli).
Orasidagi moddiy oqimning qaysi qismida harakat o‘rganilishiga
qarab,
Dostları ilə paylaş: