10.5. Davolash -profilaktika muassasalari doimiy faoliyatdagi xay’at
vazifalari
0 ‘zbekiston Respublikasi SSVning 2005-yil 12-oktyabrda 506-sonli
buyrugM asosida dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy asbob - uskunalarni
sotib olish, taqsimlash va ulardan unumli foydalanishni nazorat qiluvchi
“Doimiy faoliyatdagi hay’at” (keyinchalik matnda DFH) 0 ‘zbekiston
Respublikasi SSV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi SSV, viloyatlar
Sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar SogMiqni saqlash Bosh
boshqarmasi va barcha davolash - profilaktika maassasalarida tashkil
etilgan va bevosita 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi SogMiqni saqlash vaziriga, viloyatlar
SogMiqni saqlash boshqarmalari boshliqlariga, Toshkent shahar SogMiqni
saqlash Bosh boshqarmasi boshligMga, Davlat sanitariya - epidemiologiya
nazorati departamenti bosh vrachlariga bo‘ysunadi.
163
DFH o‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlariga, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga,
shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi SSVning buyruq va farmoyishlariga
hamda mazkur nizomga amal qilgan holda olib boradi.
Joylarda dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy asbob - uskunalami
sotib olish, taqsimlash va ulardan unumli foydalanishni nazorat qiluvchi
DFH, o ‘z faoliyatini SSV ning buyrug‘iga va davolash - profilaktika
muassasalari ichki buyrug‘iga asosan tashkil qiladi.
DFH raisi etib Sogliqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, viloyat va
shahar sogliqni saqlash Bosh boshqarmasi boshliqlarining birinchi
o‘rinbosarlari va davolash - profilaktika muassasalari bosh vrachlarining
davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, DFH a’zolari etib yetakchi
mutaxassislar, mos ravishda Vazir, viloyat va shahar sogliqni saqlash
boshqarma boshliqlari va bosh vrachlari tomonidan tayinlanadi va
tasdiqlanadi.
SSY,
sogliqni
saqlash
boshqarmalari
davolash-profilaktika
muassasalari buyruqlariga asosan hay’at a’zolari tarkibi o ‘zgartirilishi,
hay’atning faoliyati tugatilishi yoki yangidan tuzilishi mumkin.
Doimiy faoliyatdagi hay’atning asosiy vazifalari:
Hayotiy zarur dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy asbob -
uskunalarga bo‘lgan talabni o'rganadi va buyurtma tuzadi. Dori vositalari,
tibbiy ashyo va tibbiy asbob-uskunalar, shu jumladan, giyohvandlik
vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojni
bemorlaming soni, kasallik turlari, davolash- profilaktika muassasalaridagi
davolanuvchi bemorlar o‘rinlarining soni va demografik holatni hisobga
olgan holda o‘rganib boradi. Bunda zarur bo‘lganda soha bo‘yicha
yetakchi mutaxassislar jalb etiladi.
Polipragmaziya va politerapiyaga yo‘l qo‘ymaslik, ayni bemorga
birdaniga 3 va undan ortiq antibiotik tayinlash muvofiq deb topilganda
majlisda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Davolash-profilaktika
muassasalarining
dorixonasi,
davolash
boMimlarida dori vositalari va tibbiy ashyolaming yaroqlilik muddati,
saqlash sharoitlari hamda ulaming soni va umumiy miqdorini tekshiradi.
Byudjet mablag‘lari hisobidan xarid qilingan hamda muruvvat
yordami yo‘nalishi bo‘yicha olingan dori vositalarining har bir qutida
muassasa muhri mavjudligini tekshirish asosida aniqlaydi.
Muruvvat yordamidan va beg‘araz texnik ko‘makdan maqsadli
foydalanishni ta’minlanishini tekshiradi.
164
Davolash-profllaktika muassasalari ichki dorixonalarining yillik
faoliyati to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi.
Bolimlarida esa miqdoriy hisobi yuritiluvchi dori vositalari tibbiy
ashyo va tibbiy asbob-uskunalarning qoldiq miqdoriy hisob - kitobini
hamda ular bo'yicha hisobotning to‘g‘ri yuritilishini tekshiradi.
DFH davolash - profilaktika muassasalarida hisob - kitob o ‘tkazish
bo'yicha har 10 kunda sotib olingan dori vositalari haqida shifoxona
dorixonasi mudiridan ma’lumot oladi, har oyda dorixonada va boiimlarda
hisobdagi dori vositalarining o‘matilgan tartibda, hay’at a’zolari
ishtirokida yo‘q qilinishini amalga oshiradi.
DFH yilning har choragi uchun bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot
(keyingi oyning 15 sanasigacha) tayyorlaydi va yuqori tashkilotlarga
topshiradi.
Dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy asbob - uskunalami sotib olishda
ishtirok etadi. Bunda ta’minotchilardan faqat respublika hududida
qollashga ruxsat etilgan va Davlat reestriga kiritilgan, muvofiqlik
sertifikatiga ega boigan hayotiy zarur dori vositalari ro‘yxati hamda
shifoxona formulyariga kiritilgan dori vositalari va tibbiy ashyolarning
xarid qilinishini, saqlash omborxonalari, muzlatkich xonalari va ularning
transportirovkasida muzlatkich me’yoriga rioya qilish holatlari ustidan olib
borilayotgan monitoring o‘tkazilishida ishtirok etadi.
Ta’minot turidan qat’iy nazar, dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy
asbob - uskunalarning barcha taqsimotlari bosh mutaxassislar va barcha
hay’at
a ’zolari
ishtirokida
amalga
oshiriladi,
bayonnoma
bilan
rasmiylashtirilib, hay’at a’zolarining imzolari bilan tasdiqlanadi.
DFH tomonidan dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy asbob -
uskunalami xarid qilishdagi zaruriy mezonlar:
- dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy asbob - uskunalar faqat
farmatsevtika faoliyati bilan shug’ullanishga (sotib olish va sotishga) ruxsat
beruvchi litsenziyasi mavjud boigan ta’minotchilardan xarid qilinishi;
- xarid qilinayotgan dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy asbob-
uskunalar
uchun
vakolatli
sertifikatsiya
organlari
tomonidan
rasmiylashtirilgan va o ‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan muvofiqlik
sertifikati nusxasi mavjud bolishi;
- mahsulotda birlamchi va ikkilamchi o‘ramlarning butunligi, qayd
yozuvlarining bir - biriga mos kelishi, yorliqda mahsulotning nomi,
olchov birligi, seriyasi va partiya raqami, qaysi davlat va firmada ishlab
chiqarilganligi;
1 65
- dori vositalarining yaroqlilik muddati tibbiyot amaliyotida qo‘llash
uchun 60 foizda kam boimasligi;
- cheklangan ulgurji savdo ustamalarining qo‘llanilishi va davolash
muassasalarida hisob - kitob yuritiladigan narxlarning to‘g‘ri belgilanishi;
- dori vositalariga tuzilayotgan buyurtma dori vositalarining xalqaro
nomlanishiga va dozasiga muvofiq boiishi;
- dori vositalarining samaradorligi, xavfsizligi, iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiqligi tahlili;
- muruvvat yordami yuklari o‘rnatilgan tartibga ko‘ra dalolatnoma
asosida qabul qilinishi;
- dori vosilarini sotib olishda raqobat narxlarining o‘rganilganligi va
tahlili asosida buyurtma berilganligi.
Ehtiyojdan ortiq bo‘lgan dori vositalari, tibbiy ashyo va tibbiy asbob -
uskunalarni boshqa davolash - profdaktika muassasalariga qayta taqsimot
uchun yuqori tashkilotlarga ma’lumot tayyorlanadi.
DFH giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlaming
saqlanishi, hisobining yuritilishi va maqsadga muvofiqligi ustidan doimiy
nazorat o‘rnatish bo‘yicha vazifalari:
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-
oktyabrdagi 472-sonli Qarori asosida davolash - profdaktika muassasalari
uchun rejadagi yillik ehtiyojni jamlab SSV qoshidagi “Dori vositalari, tibbiy
buyumlar siyosati markazi”ga
(j°r>y
yilning noyabr oyigacha, keyingi
yillarda yillik ehtiyoj iyun oyigacha) topshirish yuzasidan nazorat o‘rnatadi;
Davolash - profdaktika muassasalarining dorixonalarida giyohvandlik
vositalarini saqlash sharoitlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
2001-yil 21-iyulda 1048-son bilan ro‘yxatga olingan “Giyohvandlik
vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik
talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror talablariga javob berishi ustidan
doimiy nazorat olib boriladi.
1 6 6
|