M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

8.5. Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi
143


9-bob. FARMAKOIQTISODIYOTNING ILMIY ASOSLARI
9.1.Farmakoiqtisodiyot to‘g‘risida tushuncha
Farmakoiqtisodiyot - bu bemorlarni dori vositalari bilan davolash 
qiymatini kompleks tahlil qilishdir.
Farmakoiqtisodiyot tadqiqotlari dori vositalaridan foydalanish hamda 
davolashning alternativ usullari qiymatlarini taqqoslash bilan olib boriladi.
Farmakoiqtisodiy tahlil shifoxonalarda aksariyat hollarda qanday dori 
vositalaridan foydalanish zarurligini, bemor uchun berilgan eng yaxshi va 
samarali dori vositasini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, ikki 
davolash usulini taqqoslash mumkinki, bunda ushbu davolash sxemasini 
qoilashda bemorning sogiig'i yaxshilanishi hamda kasallikni davolash 
uchun aniq vositani tanlash mumkin.
Farmakoiqtisodiy izlanishlar predmeti:
- kamida ikki xil davolash usulini taqqoslab olingan tahliining 
farmakoterapevtik natijalari;
- yangi dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligi;
- farmakoterapiya va diagnostika o'tkazishdagi iqtisodiy harajatlar;
- farmakoiqtisodiy statistika ;
- dori vositalarining bir guruh kasalliklarda klinik sinovlarini 
hujjatlashtirish.
Bir davlat yoki dunyo miqyosida olib qaraganimizda sog‘liqni 
saqlash tizimi harajatlari, ya’ni davolashga ketadigan harajatlar doimiy 
oshib bormoqda. Shuning uchun alternativ davolash usullarini tanlash 
muammosini hal qilishda iqtisodiy omillar asosiy o ‘rinni egallaydi. Ya’ni 
hozirgi kunda quyidagi muhim savol o‘z javobini topishni talab etadi: dori 
vositasi aks ettirgan narxidagi darajada samaradorlikka egami?
Dori vositalarini iqtisodiy baholash - bu nafaqat alternativ davolash 
usullari narxini solishtirish, balki davolash usulining barcha klinik 
jarayonlami, yangi dori vositasini qo‘llagandagi oqibatlarini, shuning bilan 
barcha asosiy davolash usuli, dori vositalari bilan birga ishlatiladigan 
vositalar (tibbiy texnika anjomlari), tibbiy personal harajatlarini o ‘z ichiga 
olgan holda butun moliyaviy harajatlarni baholashdir. Odatda, davolash 
jarayoni davolashning samaradorligi va xavfsizligiga ko‘ra baholangan. Bu 
maqsadda aniq terapevtik ko‘rsatkichlar bo’yicha davolash natijalarini 
baholaydigan yondashuvlar ishlab chiqilgan, masalan GCP (Good Clinical 
Practice) Standard. Shuning bilan birga, yuqorida qayd etilganidek, dori
14 4


vositalarining samaradorligi va xavfsizligini 
baholashda iqtisodiy 
kriteriyalarga tayanish maqsadga muvofiq.
XX-asrning fannakoiqtisodiyotning maqsadi minimal iqtisodiy 
harajatlarda maksima! klinik samaradorlikka erishishni ta’minlashdir. 
Minimal harajatlar deyilganda faqat eng arzon dori vositalarini qo'llash 
nazarda tutilmaydi. Farmakoiqtisodiyotda asosiy maqsad dori vositasi 
qiymatidan, narxidan tejash emas, balki yuqori samaradorlikka ega va 
xavfsizroq dori vositasini qodlagan holda umumiy davolash harajatlaridan 
tejashga harakat qilishdir.
Umumiy davolash harajatlarini tejashga yuqori samarali va xavfsiz 
dori vositasini qoMlagandan key in davolash kursining qisqarishi, birga 
qo‘llanuvchi vositalarning kamayish, nojo‘ya ta’sirlarning kamayishi 
hisobiga ularni bartaraf qilishga ketadigan harajatlaming qisqarishi, 
statsionar yoki ambulatoriya sharoitida davolashdagi harajatlar qisqarishi, 
bemorning tezroq sog'ayib ish qobiliyatini tiklanishi keladigan foyda 
hisobiga erishiladi.
Farmakoiqtisodiyotning rivojlanish tarixi haqida fikr yuritganda, uni 
80-yillarda Kanada, Buyuk Britaniya va AQShda paydo bo‘lib, sekin-asta 
izlanishlar natijalari umumlanib, sog‘liqni saqlash tizimida alohida 
yo‘nalishga aylanib borayotganini aytish mumkin. Avvaliga izlanishlar 
sogdiqni saqlash tizimi dasturlarini iqtisodiy baholash usullari sifatida 
o’rganilgan. Keyinchalik 90-yillarda izlanishlar yaxshi natija berganligi va 
sogMiqni saqlash tizimida iqtisodiy baholash muhim o‘rin tuta 
boshlangandan so‘ng. “farmakoiqtisodiyot” atamasi kirib kelgan.
Bu vaqt ichida qilingan ishlar mahsuli sifatida AQSh sog‘liqni 
saqlash tizimi, tibbiy xizmat ko‘rsatish va tibbiy tovarlar ishlab chiqarish 
assotsiatsiyasi (U.S. Yealth and Human Services, Aqency for Health Gare 
Policy and Reseaarch, and the Health Outcomes Work Group of 
Pharmaceutical Research Manufacturer’s Association ) tomonidan ta’sis 
etilgan ISPOR ( International Sociatary o f Pharmacoeconomies and 
Outcames Research) - Xalqaro farmakoiqtisodiyot izlanishlar tashkilotini 
keltirish mumkin. Bu tashkilot butun dunyo bo‘yicha farmakoiqtisodiyot 
izlanishlarni 
moliyalashtiradi, 
olingan 
natijalarni 
yig’adi 
va 
umumlashtiradi.
Bu tashkilot tomonidan 1998-yil fevral oyida o’tkazilgan ilmiy- 
amaliy uchrashuv va konferensiyada farmakoiqtisodiyot bo‘yicha uslubiy 
qoilanmalar muhokamadan o‘tkazildi va tasdiqlandi. Bu qoilanmalar 
yordamida farmakoiqtisodiyot izlanishlarni o‘tkazish, natijalarni tahlil
10-№ 96
145


qilish 
va 
sog‘liqni 
saqlashda 
yakuniy 
xulosalar 
chiqarishda 
ko‘maklashadigan axborot bazalaridan foydalanish mumkin.
Aytish mumkinki, farmakoiqtisodiyotni fan sifatida tan olinishiga 
asos shu erda qo‘yildi.
Farmakoiqtisodiyotning Yevropadagi rivoji haqida ma’lumotlarni 
shu sohaga ulkan xizmatlari singgan M.Drummond yiqqan. Uning 
aytishicha, farmakoiqtisodning umumiy rivojlanishi ko‘p hollarda 
Evropada sogMiqni saqlash tizimi olib borayotgan siyosatga bogiiq.
Ilgari Yevropa davlatlari qonunchiligida dori vositalariga narx 
belgilash bo‘yicha iqtisodiy asos yo‘q edi. Biroq yaqindan bir qancha 
Evropa davlatlarida bunday talablar qonunga kiritilmoqda. Bundan 
tashqari, ba’zi davlatlarda farmakoiqtisodiyot izlanishlar o‘tkazish 
bo'yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilgan.
Yevropada farmakoiqtisodiyot izlanishlar 13 ta davlatda olib borildi. 
Har bir davlatdan 5 tadan yirik tadqiqot natijalari olindi. Shuningdek, 
o ’tkazilgan farmakoiqtisodiyot izlanishlar va qoMlanilgan tahlil usullari 
o‘rganildi. Natijalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.
Ba’zi davlatlarda farmakoiqtisodiyot tadqiqotlar natijalari rasmiy 
organlar tomonidan so’ralmoqda. Masalan, Portugaliyada yangi qonunda 
dori vositalari harajatlarini qoplash masalalari bilan shug’ullanuvchi 
agentlik Infarmed dori vositasini formulyarga kiritishda iqtisodiy 
ekspertiza xulosasini talab qiladi. Finlandiyada 1998-yil boshidan dori 
vositasiga 
ulgurji 
narx 
belgilash 
uchun 
kompaniyalardan 
farmakoiqtisodiyot baholanganligi haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim 
etishi talab etiladi. Izlanishlar yangi dori vositasining qiymati va 
samarasini baholashda boshqa mavjud vositalardan ustunligi haqida keng 
va ishonchli ma’lumotlarga ega boMishi kerak.
Daniyada formulyarga yangi dori vositalarini kiritishda Daniya tibbiy 
agentligiga farmakoiqtisodiyot izlanishlar natijalari ilova qilinadi. Bunday 
kelishuv farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi va 
SSV o‘rtasida ham mavjud bo‘lib, ulaming maqsadi dori vositalariga 
harajatlami kamaytirishdir.
Buyuk Britaniyada SogMiqni saqlash departamenti tomonidan klinik 
afzallik milliy instituti (NICE - National Institut Sor Clinical excelence) 
tashkil etilgan. Bu institut har yili 30 ta yangi dori vositasi va 
texnologiyalami to’liq baholaydi. NICE izlanishlari natijalariga ko‘ra 
yangi texnologiyalar, dori vositalarini muvofiq qoMlash bo’yicha 
tavsiyanomalar ishlab chiqiladi. Umuman olganda Yevropa davlatlarida 
farmakoitqtisodiyot izlanishlarga juda jiddiy yondashilmoqda.
146


Bizga yaqin boigan Rossiyada sogiiqni saqlash tizimidagi 
farmakoiqtisodiyotning o'mi haqida biroz kengroq ma’lumot bersak, 
1999-yilni Rossiya uchun farmakoiqtisodiyotning qad rostlashi desak 
boiadi. 1998-yil oxirida Moskva shahrida RAMN qoshidagi onkologiya 
markazida birinchi bor “Rossiyada farmakoiqtisodiyot. Birinchi tajriba” 
mavzusida ilmiy konferentsiya oikazildi. Konferensiya onkologik 
kasalliklarni davolashda farmakoiqtisodiyotning asosiy muammolariga 
bag‘ishlandi. 1999-yil aprel va noyabr oylarida “Chelovek i Lekarstvo” 
kongressida va Moskva tibbiyot akademiyasida farmakoiqtisodiyot 
bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot kurslari oikazildi va 
eshituvchilarga sertifikatlar berildi.
1999-yil 22-23 noyabrda Moskva shahrida birinchi umumrossiya 
“Farmakoiqtisodiyot. Uchinchi ming yillik bo‘sag‘asida iqtisodiyot” 
mavzusida kongress oikazildi. 2000-yil 20-22 noyabr kunlari esa ikkinchi 
umumrossiya farmakoiqtisodiyot kongressi bo‘lib o ‘tdi.
Umuman olganda Rossiyada farmakoiqtisodiyot so‘nggi yillarda 
yaxshigina rivojlandi. Buni RF SSV dori vositalari bilan ta’minlash, 
ulaming sifatini vaxshilash va muvofiq foydalanish bo‘yicha ilmiy 
asoslangan islohotlar o‘tkazayotganida va bunda farmakoepidemiologik va 
farmakoiqtisodiyot 
ilmiy 
yondashuvlarga 
tayanganida 
koiishimiz 
mumkin.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin