M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


partiyasining yo'q qilingunga qadar saqlanishi va javobgarligi ichki



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish


partiyasining yo'q qilingunga qadar saqlanishi va javobgarligi ichki 
bnyruq asosida familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan moddiy 
javobgar shaxsga yuklatilib, saqlashga topshirilgan dori vositalari va tibbiy 
buyumlarning nomi, seriyasi va o‘rov miqdori ko‘rsatiladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar partiyasining yo‘q qilinishi 
mahsulot egasi yoki uning vakili ishtirokida amalga oshiriladi.
Mahsulot partiyasi yo‘q qilingandan keyin komissiya a’zolari dori 
vositalari va tibbiy buyumlarning yo‘q qilinganligi to‘glrisida dalolatnoma 
tuzadi.
Dalolatnomada quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak:
- dori vositalari va tibbiy buyumlar partiyasining yo’q qilingan joyi, 
sana va vaqti;
- dalolatnoma tuzilgan joy, sana va vaqt;
- dori vositalari va tibbiy buyumlar nomi (seriya nomeri, yaroqlilik 
muddati va ishlab chiqaruvchi nomi);
- yo‘q qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar miqdori;
- dori vositalari va tibbiy buyumlar egasi (moddiy javobgar shaxs);
- yo‘q qilish uchun ruxsat kim tomondan qabul qilingan;
- tibbiy maqsadlarda ishlatiladigan tovarlarni yo‘q qilishda ishtirok 
etgan komissiya a’zolari (familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimlari 
ko‘rsatilgan holda). Dalolatnoma komissiya a’zolari imzosi bilan 
tasdiqlanadi.
Eslatma.
1. Yo‘q qilishga ruxsat etilmaydi:
1.1. Sud va tergov organlari tomonidan ish qo‘zg‘atilgan dori vositalari 
va tibbiy buyumlar partiyasi, ularning saqlash muddatidan qat’iy nazar.
1.2. Agar dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan shug’ullanuvchi 
shaxslar sifatsiz mahsulot partiyasini O'zbekiston Respublikasidan 
tashqariga chiqarib yuborish to‘g‘risidagi reklamatsiyaga ega bo‘lsa.
136


8-bob. DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASASINING
DORIXONASI
8.1. Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi vazifalari
Davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi dorixona bemorlarni 
SSV tomonidan tibbiyotda qo'llashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy 
buyumlar, 
bog‘lov 
materiallari, 
sanitariya va gigiena ashyolari, 
dezinfektsiya vositalari hamda boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash 
maqsadida tashkil etiladi.
Statsionar sharoitda shifoxonalarda, dispanserlarda, tug‘uruqxonalarda 
va boshqa davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlaming 
dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanishi turli mulk shaklidagi 
dorixonalar yoki shifoxonalar qoshidagi dorixonalar (shifoxona dorixonasi) 
orqali amalgaoshirilishi mumkin.
Davolash-profilaktika 
muassasasining dorixonasi 
farmatsevtika 
faoliyatini SSV tomonidan berilgan litsenziyalar asosida olib boradi va 
litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turlaridan boshqa faoliyat bilan 
shug‘ullanishga ruxsat etilmaydi.
Davlat tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi, 
bevosita shifoxona bosh shifokoriga bo‘ysunadi, ushbu muassasaning tuzilma 
tarkibi hisoblanadi va bo'limlari bilan bir xil teng xuquqqa ega bo’Iadi. 
Dorixonaning ish tartibi bosh shifokor tomonidan belgilanadi.
Davolash-profilaktika 
muassasasining 
ixtisosligi, 
bemorlarga 
ajratilgan o'rinlar soni va boshqa ko‘rsatkichlariga qarab dorixonaga 
yetarli ish o’rinlari ajratiladi.
Dorixonada ish o ‘rinlari soni va oylik maoshlari 0 ‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari, SSV ning amaldagi buyruqlari hamda me’yoriy 
hujjatlar asosida belgilanadi.
Dorixonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- davolash-profilaktika muassasasi boiimlarini ishlab chiqarish 
korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va ulgurji savdo bilan 
shug'ullanuvchi ta’minotchilardan belgilangan tartibda, shartnoma asosida 
sotib olingan dori vositalari, bogiov materiallari, bemorlar parvarishida 
ishlatiladigan sanitariya va gigiena ashyolari, dezinfektsiya vositalari 
hamda tibbiyot buyumlari va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash;
- harid qilingan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini o’rnatilgan 
tartibda dorixonaga kirim qilish va fizik-kimyoviy xossasalariga qarab 
saqlash;
137


- respublikaga chetdan keltiriladigan va mahalliy dori vositalari ishlab 
chiqaruvchi korxonalarda mavjud bo‘lgan dori vositalari va tibbiy 
buyumlarning turlari hamda narxlari to‘g‘risida maMumotga ega bo‘lish va 
harid qilish bo‘yicha takliflami o ‘rganish;
- davolash-profilaktika muassasasi boiimlaridan dori vositalari va 
boshqa tibbiy buyumlar uchun talabnomalar qabul qilish;
- qabul qilingan talabnomalar bo‘yicha SSV ning amaldagi buyruqlari 
asosida belgilangan tartibda dori turlarini tayyorlash, ular sifatini nazorat 
qilish, yorliqlash va tegishli boMimlarga tarqatish;
- shifoxonaning bo'limlari va xonalaridagi dori vositalari, bog‘lov 
materiallari, bemorlar parvarishida ishlatiladigan sanitariya va gigiena 
ashyolari, dezinfektsiya vositalari va boshqa tibbiy buyumlarning amaldagi 
me’yoriy hujjatlar talablari darajasida saqlanishi, ishlatilishini nazorat 
qilish va yo'l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlab, ulami bartaraf etish 
choralarini ko'rish uchun rahbariyatga axborot berish;
- tibbiyot xodimlariga farmatsevtika yangiliklari, dorixonada mavjud 
boMgan yangi dori vositalari va ularning ishlatilishi haqida axborot berish;
- davolash-profilaktika muassasasining ehtiyojiga ko‘ra dori vositalari 
va tibbiy buyumlar zahirasini doimiy ravishda to‘Idirib borish;
- ixtisoslashgan davolash-profilaktika muassasasi dorixonalari uchun 
O'zbekiston Respublikasi SSV ning buyruqlarida belgilangan tartibda va 
yetarli miqdorda zardob dori vositalari hamda vaksinalar zahirasini tashkil 
etish;
- davolash-profilaktika muassasasi bo‘limlarida dori vositalari 
ta’minotini sifatli va yuqori madaniyat bilan olib borish;
dorixonada mavjud bo‘lgan dori vositalarini saqlashda amaldagi 
sanitariya qoidalari va me’yorlariga hamda farmatsevtik talablarga rioya 
qilish.
Dorixonaga yuridik shaxslardan muvofiqlik sertifikati va kerakli 
ma’lumotlari 
yetarli 
bo‘lmagan 
hamda 
talab 
darajasida 
rasmiylashtirilmagan hujjatlar asosida dori vositalari va tibbiyot 
buyumlarini qabul qilish taqiqlanadi.
Dorixona ishini boshqarish oliy farmatsevtika ma’lumotiga ega 
bo'lgan va mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yil ishlagan malakali shaxsga 
ruxsat etiladi.
Dorixonaga ish hajmi, ish tartibi va turiga qarab davolash- 
profilaktika muassasasi rahbari tomonidan o ‘rnatilgan tartibda ish o‘rinlari 
ajratiladi.
138


Xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish davolash- 
profdaktika muassasasi rahbari tomonidan dorixona mudiri bilan 
kelishilgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dorixona mudiri davolash-profilaktika muassasasi rahbari tomonidan 
o‘rnatilgan tartibda ishga tayinlanadi va ishdan bo‘shatiladi, davolash- 
profilaktika muassasasi rahbariyati va dorixona mudiri o‘rtasida moddiy 
javobgarlik to’grisida shartnoma tuziladi.
Dorixona mudiri dorixona ishini tashkil etadi va uning faoliyati uchun 
javobgar hisoblanadi.
Dorixonaning ish tartibi davolash-profilaktika muassasasi rahbari 
tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
Farmatsevtika sohasida tugallanmagan oliy ma’lumoti bo‘lgan 
shaxslarning bu sohada o ‘rta maxsus ma’lumoti bo‘lgan xodimlar 
ishlaydigan lavozimlarda ko‘rsatishi SSV tomonidan belgilangan tartibda 
yo‘l qo‘yiladi.
Dorixona xodimlari belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari 
kerak.
Ishlab chiqarish xonalarida va ish o‘rinlarida chekish, ovqatlanish, 
shaxsiy va ishga kerakli bo’lmagan buyumlarni saqlashga ruxsat etilmaydi.
Rahbar dorixona xodimlariga qonunchilik bilan kafolatlangan 
mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoya choralarini ta’minlab berishi kerak.
Belgilangan 
tartib-qoidalarga 
rioya 
qilmaydigan 
hamda 
farmatsevtika faoliyati bilan g‘ayriqonuniy shug‘ullanuvchi shaxslar 
qonun oldida javobgar hisoblanadi.
Davolash-profilaktika muassasalarining dorixonasi o‘zaro tuzilgan 
shartnoma asosida farmatsevtika institutlarining talabalari, farmatsevtika 
kollejlarining o ‘quvchilari, farmatsevtlar malakasini oshirish kurslarining 
tinglovchilari, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchilar uchun ishlab 
chiqarish amaliyotini o ‘tkazish markazi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Davolash-profilaktika muassasalari dorixonasining rahbari va 
xodimlari belgilangan tartibda 5 yilda bir marta malaka oshirish kurslarida 
0
‘qishlari kerak.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin