M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Dori vositalarini qalbakilashtirishni bartaraf etish maqsadida



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Dori vositalarini qalbakilashtirishni bartaraf etish maqsadida
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari bo‘yicha ko‘rilayotgan
chora-tadbirlar
Farmatsevtika sanoati.
Farmatsevtika sanoati qalbaki dori vositalarini 
aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Qollanadigan choralar:
dori vositalarining himoya tizimini tatbiq etish, o‘z mahsulotlarining 
qalbakilashtirilishini oldini olish maqsadida himoya yorliqlaridan va 
boshqa vositalardan foydalanish chora-tadbirlarini qo‘llash;
o‘z omborida dori vositalari va qadoqlash materiallarini noqonuniy 
ishlab chiqaruvchi va qadoqlovchilarga sotish maqsadida o‘g‘irlanishining 
oldini olish.
Dori vositalarini xorijdan keltiruvchi tashkilotlar.
Farmatsevtika mahsulotlarini xorijdan olib keluvchi tashkilotlar 
quyidagi choralami ko‘rishlari kerak:
xorijdan olib kelinayotgan dori vositalari tegishli davlatlarda qonuniy 
yo‘l bilan ishlab chiqarilganligi kafolatlanishi;
keltirilayotgan davlatlarda xavfsizlik choralarini o‘rganish va 
foydalanish;
chetdan olingan dori vositalariga Jahon sogMiqni saqlash tashkiloti 
tavsiyalari asosida rasmiylashtirilgan farmatsevtika mahsulotining sifat 
sertifikatini imkoniyat darajasida olish.
Ulgurji va chakana savdo tashkilotlar i.
Farmatsevtika mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo 
qiluvchilar quyidagi choralarni ko‘rishlari kerak:
- dori vositalarini faqat qonuniy va ishonli manbalardan sotib olish;
- dorilarning qalbakiligiga yoki dorining sifati, samaradorligi, xavfsizligi 
shubhali boigan dorilarni sotib olmaslik, sotmaslik yoki etkazib 
bermaslik;
dori vositalarining sifat nazoratini vizual va boshqa noanalitik usullar 
bilan o'tkazish, shu bilan birga, yorliqlash sifatini va qadoqlash 
materiallarini, ishlab chiqaruvchining nomi va manzilini tekshirish. 
Sog'liqni saqlash tizimi mutaxassislari.
Flamma sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari 
qalbaki dori 
vositalariga qarshi kurashga o‘z hissalarini qo‘shishlari kerak. Dori 
vositalarini tavsiya etuvchi shifokorlar ba’zi bir dorilar ishlatilganda 
davolanishning samarasiz kechishiga alohida ahamiyat berishlari kerak, 
chunki bu - dori qalbakiligining belgisi boMishi mumkin. Qalbaki, deb 
taxmin qilingan dori vositalari haqida dori vositalari sifatini nazorat
133


qiluvchi milliy organlarga xabar qilinishi, ular esa o’z navbatida 
namunalar olib, ekspertiza oMkazishlari kerak.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin