M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Birinchi guruh 
- ta’sir qiluvchi moddasi umuman bo‘lmagan dori 
vositalari. Bunday dori vositalarini “platsebo” (bo‘sh vositalar) deb ataladi. 
Bu dori vositalarini ishlab chiqarishda, odatda, oddiy neytral komponentlar 
(talk, ohak, bo‘r va h.k.) hamda tabiiy bo‘yoqlar (lavlagi, sabzi va 
boshqalar) qo‘llanadi. Bunday qalbakilashtirish turi kam uchraydi va 
qalbaki vosita originaldan oson farqlanadi. Bu dori vositalari nisbatan 
xavfsiz bo‘lsada, lekin davolanish jarayonida samara bermaydi. Bu usul 
bilan, asosan, tabletka hamda surtma dori va gellar qalbakilashtiriladi.
Ikkinchi guruh 
- bu guruh vositalari tarkibiga asosiy ta’sir qiluvchi 
modda o ‘rniga boshqa unga o'xshash ingredientlar kiradi, ya’ni asosiy 
ta’sir qiluvchi modda o'rniga arzonroq, ammo samarasizroq modda kiradi. 
Ko’pincha arzonroq dori vositasining yorliqlanishi qimmatbaho vositaning 
yorliqlanishiga almashtiriladi. Masalan: oddiy fiziologik eritma flakoniga 
samarali og‘riq qoldiruvchi yoki onkologik vositalarning yorliqlari 
yopishtiriladi. Bunday guruh dorilar xavfli bo‘lib, kutilayotgan terapevtik 
ta’sirni ko‘rsatmaydi.
Uchinchi guruh 
- bu guruh vositalari yorlig‘ida ko‘rsatilgan asosiy 
ta’sir qiluvchi moddadan olinishi bo‘yicha farqlanadigan modda saqlaydi. 
Tekshirish natijasida dori vositasining tarkibi mos keladi. Ammo baribir
9-№ 9 6
129


vosita qalbaki boladi. Masalan: Bayer (Germaniya) konsernining aspirin 
qutichasiga mahalliy ishlab chiqarilgan atsetil salitsil kislotasi solingan 
bo'ladi. Bu guruh dorilari bemorga katta ziyon keltirmaydi, ammo ko‘p 
hollarda qollanayotgan vositaning terapevtik ta’siri past boiadi.
To‘rtinchi guruh 
- bu guruh vositalari o‘z tarkibida aniq miqdorda 
ta’sir qiluvchi moddalarini saqlab, ammo birlamchi qadoqlash bo‘yicha 
originaldan 
ayrim 
elementlari 
bilan 
farq 
qiladi. 
Masalan:
“Aventis’Tirmasining 
“Klaforan”, “Xinoin” 
firmasining 
“Noshpa”
vositalari originallariga mos keladigan holda qalbakiligi aniqlangan. Bu 
guruh vositalaridan bemor terapevtik samarani olishi mumkin, ammo dori 
vositalarini qonuniy ishlab chiqaruvchilari katta ziyon ko‘radilar.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin