9-sxemani qo'llashning zaruriy sharti - buyurtmachida mahsulotning
belgilangan talablarga muvofiqligini bilvosita yoki bevosita tasdiqlovchi
barcha
xujjatlar
boMishidir.
Agar
mazkur
shart
bajarilmasa.
sertifikatlashtirish idorasi buyurtmachiga mahsulotni boshqa sxema
bo‘yicha sertifíkatlashtirishni taklif etadi.
«Bir turdagi mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish qoidalari»ning
VI bandiga muvofiq («Ckzstandart» agentligi tomonidan 2005-yil 7-
sentyabrda
340-sonli
buyruq
bilan
tasdiqlangan)
0 ‘zbekiston
Respublikasida farmatsevtik mahsulotlarga faqat 3, 4 va 7-sxemalar
qoMlanishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasida dori vositalarini sertifikatlashtirish, asosan,
mahsulot partiyalarini sertifikatlashtirish yo‘l¡ bilan amalga oshiriladi (7-
sxema), bu Respublikada sotilayotgan dori vositalarining asosiy qismi yaqin
va uzoq xorijiy mamlakatlardan import qilinishi bilan bog'liqdir.
Farmatsevtik bozorning ko‘p qismini egallagan mahalliy va xorijiy
farmatsevtik korxonalar uchun ishlab chiqarish holatining nazoratini o‘z ichiga
oigan sxemaning qoilanishi maqsadga muvofiqdir (3, 4-sxemalar). Bunda
korxonaga seriyali ishlab chiqarish uchun muvofiqlik sertifikati taqdim
etiladi va korxona o'z mahsulotining seriyaviy nazoratidan ozod etiladi.
Sertifikat uch yil muddatga beriladi, mahsulotga muvofiqlik belgisi bilan
yorliqlanishi mumkin. Bunda ishlab chiqarishning sifat nazorat tizimi
mavjudligi yoki "Sifatli ishlab chiqarish amaliyoti" (GMR) talablariga
muvofiqligi asosiy shart hisoblanadi.
Har bir muayyan holatda qoMlanishi mumkin bo‘lgan sertifikatlashtirish
sxemasi sertifikatsiya idorasi tomonidan buyurtmachining taklifi, keltirilgan
mahsulotlarning xajmi va muddati, sinov usullari, mazkur mahsulotni
ishlab chiqarish va iste’molining o‘ziga xos tarafiarini hisobga oigan holda
belgilanadi.
Buyurtmachi muvofiqlik sertifikati bo'lgan va muvofiqlik belgisi bilan
yorliqlangan mahsulotni reklama qilish
huquqiga ega.
Majburiy
sertifikatlashtirishdan o‘tishi lozim boMgan, animo sertifikatga ega
boMmagan mahsulotni reklama qilishga ruxsat etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: