M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Farmatsevtik mahsulotlarni sertifikatlashtirish va sifatini



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

7.6. Farmatsevtik mahsulotlarni sertifikatlashtirish va sifatini
boshqarish tizimi
Mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha umumiy ma’lumotlar
Sertifikatsiya lotincha so‘z bo‘lib, “to‘g ‘ri bajarilgan” degan ma’noni 
anglatadi. Mahsulot “to‘g‘ri bajarilganini” bilish uchun sertifikatsiya 
jarayoni amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish - mahsulot, jarayon yoki xizmatning belgilangan 
talablarga muvofiqligini yozma ravishda tasdiqlash jarayonidir. Bunday 
tasdiqlanishning, shu jumladan, farmatsevtik mahsulot uchun ham 
ommaviy e’tirof etilgan tun - muvofiqlik sertifikatidir. “Muvofiqlik” 
atamasi belgilangan talablarda rioya etilishini anglatadi.
Muvofiqlikni 
tasdiqlash 
jarayoni 
uchinchi 
tomonning 
(sertifikatlashtirish idorasi) ishtirok etishini taqozo etadi. Sertifikatlashtirish 
idorasi (uchinchi tomon) - sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (birinchi tomon) va 
iste’molchi (ikkinchi tomon) lardan mustaqil bo‘lishi lozim.
Farmatsevtik mahsulot iste’mol tovarlarining o‘ziga xos guruhini 
tashkil etadi, buning sababi shundaki, bu mahsulot sifatini faqat maxsus 
laboratoriya sinovlari, shu jumladan, kimyoviy, mikrobiologik va biologik 
tahlillar yordamida tasdiqlash mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan sinovlar 
natijasida farmatsevtik mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini 
- sifatini tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Farmatsevtik mahsulotning 
sifatiga bo‘lgan talablar sifat standartlarida (farmakopeya, farmakopeya 
maqolasi, vaqtincha farmakopeya maqolasi, korxona farmakopeya 
maqolasi, farmatsevtik mahsulot spetsifikatsiyasi va h.k.) kabi me’yoriy -
tahlil hujjatlarida aks ettirilgan.
Farmatsevtik mahsulotni sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi - dori 
vositalari va tibbiy buyumlarning me’yoriy hujjatlar majburiy talablariga 
muvofiqligini isbotlashdir. Sertifikatlashtirish tizimini yaratish orqali bu 
jarayonni amalga oshirish qoidalarini belgilash va boshqarish amalga 
oshiriladi.
114


Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirishning huquqiy asosi 
0 ‘zR “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Oziq-ovqat 
mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘r¡sida”, 
“Iste’molchilaming 
huquqiarini himoya qilish”, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati 
to‘g‘risida” qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 12.08.94 yil №409, 
03.11.2002 yil № 342, 05.12.2002 yil № 427, 06.07.2004 yil №318, 
05.08.2004 yil №373 qarorlari hisoblanadi.
Muvofiqlikni tasdiqlash o ‘rnatilgan tartibda tashkil etilgan, o‘z ichiga 
qoidalar, yo‘riqnomalarni va boshqaruv organini mujassam qilgan 
sertifikatlashtirish tizimi orqali amalga oshiriladi.
Umumiy holatda sertifikatlashtirish tizimi quyidagilardan tashkil 
topgan:
- tizim faoliyati boshqaruvini va nazoratini olib boruvchi markaziy 
organ;
- sistema a’zolari (sertifikatlash idoralari. sinov laboratoriyalari va 
nazorat organlari);
muvofiqligini 
tasdiqlash 
bo‘yicha 
me’yoriy 
hujjatlar; 
sertifikatlashtirish va inspektsion nazoratning tartib qoidalari.
Har qanday sertifikatlashtirish tizimida muvofiqlikni tasdiqlash va 
muvofiqligi to‘g ‘risida ma’lumot etkazish bo‘yicha ikki xil uslub 
qo'llanadi: muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin