Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar (xizmatlar)
ro'yxati o ‘rnatilgan tartibda,
qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi ( 0 ‘zR VM
2004-yil 6-iyun 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish
tartibini
soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g ‘risida” gi qarorining 1-ilovasi).
Xorijiy davlatlarda farmatsevtik mahsulotni sertifikatlashtirish
amaliyoti
Farmatsevtik mahsulotning xavfsizligi va bezararligining nazorati
barcha davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan. Turli organlar va tashkilotlar
tomonidan amalga oshiriladigan xavfsizlik nazoratining juda ko‘p usullari
va jarayonlari ma’lum. Bularga turli standartlar (FDA, ISH, NASR, JCCT
va h.k.) talablariga rioya etish bo‘yicha davlat nazorati,
sanitariya-gigiena
nazorati, mutasaddi tashkilotlar nazorati va ishlab chiqarilgan mahsulotni
qabul qilish nazorati (texnik-nazorat bo‘limi va ishlab chiqarish sifatini
nazorat qilish tizimlari) misol boiadi.
Sifatni nazorat qilish bo‘yicha yaxshi rivojlangan qonunchilik
mavjudligi va xususiy biznesning shakllangan an’analari sharoitida ishlab
chiqarilgan
farmatsevtik mahsulot sifati, bezararligi va sinovlari nazorati
bo'yicha mas’uliyat ishlab chiqaruvchi korxonaga yuklatiladi.
Bu holatlarda ishlab chiqaruvchi ixtiyoriy sertifikatlashtirish ishlarini
ko'pincha amalga oshiradi.
Davlat nazorat organlari, odatda, yalpi tekshiruvlami o‘tkazmaydi,
faqat sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaga nisbatan jabrlanuvchi
taraf yoki uning vakili murojaat qilgan holatdagina
belgilangan tartibda
zaruriy jazo choralarini ko‘radi.
Shu bilan birga, Yevropa Hamjamiyatiga a’zo mamlakatlaming davlat
organlari farmatsevtik mahsulot sifatining davomli nazorati mexanizmiga
ega, shuningdek, bu mamlakatlarda farmatsevtik taqsimot kanallarining
nazorati yo‘lga qo‘yilgan.
Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyat qoidasiga asoslangan holda Yevropa
Ittifoqi mamlakatlarining davlat nazorat organlari chegaralarda “uchinchi
mamlakatlari’dan import qilinayotgan dori vositalarining seriyali nazoratini
amalga oshiradi.
Farmatsevtik mahsulotni sertifikatlashtirish rivojlangan mamlakatlarda
uzoq vaqtdan beri keng qo‘llanadi, faqat bu tizim o‘ziga xos nomlanishi va
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Buning yaqqol misoli
116
sifatida GMP sertifikatiga egalik qilish va GMP talablariga asoslangan
ishlab chiqarishni olish mumkin.
Ba’zi davlatlar o‘z hududida amal qiluvchi milliy standartlar yoki
boshqa amaldagi texnik me’yorlarga muvofiq bo‘lmagan mahsulotlar kirib
kelishining oldini olish maqsadida qator xalqaro sertifikatlar (ISO, NET,
GMP va b.)ni talab qilish orqali o‘z bozorlarini himoya qiladi.
Aynan bir turdagi mahsulot sifat standartlari va me’yoriy texnik
hujjatlami rasmiylashtirish tartibi hamda sertifikatlashtirish jarayonlarini
o‘tkazish tartibi turli mamlakatlarda turlicha.
Bu esa xalqaro savdo
tizimida texnik to‘siqlami yuzaga keltiradi. Shuning uchun mahsulotga
ishlab chiqilgan standardarning va sertifikatlashtirish qoidalarining
uyg‘unligi xalqaro bozorda raqobatchilaming teng huquqli hamkorligini
ta’minlovchi va xalqaro miqyosda hal qiluvchi omil hisoblanadi.
1 17