kelmasligini vizual aniqlash mumkin. Quyida qalbakilashtirishning tez-tez
uchraydigan belgilarini keltiramiz.
“Yorliqlanishi” bo‘yicha qalbakilashtirilgan dori vositalarining asl
nusxalardan asosiy farq qiladigan belgilari quyidagilar: ko‘p
hollarda
yorliqlarning kseronusxa bo'lishi, shtrix-kodlari, ishlab chiqaruvchi
korxonaning nomi, qayd etish raqami bcblmasligi, yozuvlarning noaniq va
notekis bo‘lishi, ayrim hollarda grammatik hatoliklar
uchrashi yoki ayrim
xarflari belgilangan tartibda bosilmaganligidir.
“Jihozlash” ko‘rsatkichi bo‘yicha quyidagi belgilar bilan farqlanadi:
ikkilamchi joylash qutisining notekis elimlanganligi, “ishlatish bo‘yicha
yo‘riqnoma”ning qutilarga aksariyat holda notekis joylashtirilganligi.
“Tasvirlanishi” ko‘rsatkichi bo‘yicha dori shaklining rangi originaldan
farq qiladi, ko‘p hollarda to‘qroq, tabletkalarning yuzasida yot dog‘lar
bo'ladi, ampulalar nostandart, turli oichamlarda, bir xi 1 to'ldirilmagan va
nuqsonli
kavsharlangan, yorliqlar notekis yelimlangan bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida aniqlangan qalbaki dori
vositalarining tahlil natijalari bo‘yicha salmog‘ini quyidagicha taqsimlash
mumkin:
Tashqi ko‘rinishi, jihozlanishi va yorliqlanishi - 50-60%.
Chinligi - 25-35%.
Miqdoriy tahlili - 5-10%.
Boshqa ko‘rsatkichlar- 1-2%.
Yuqori texnologiyaga ega boMgan qalbaki dori vositalarini faqat
mutaxassislargina asl nusxadan farqlay oladilar,
chunki ular maxsus
aniqlanadigan ayrim ko‘rsatkichlar bilan farqlanadilar. Bunday qalbaki
dorilar dorixona tarmog‘ida tez-tez uchrab turadi.
Barcha dori vositalarini qalbakilashtirish holatlari «Dori-Darmon” AK
tizimidagi nazorat - tahlil laboratoriyasida hamda Dori vositalari va tibbiy
texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining sertifikatlashtirish
idorasi tomonidan aniqlanmoqda. Qalbaki dori vositalarining asosiy qismi
Respublikamizga
xorijdan
(Hindiston,
Xitoy,
Polsha
va
MDX
mamlakatlaridan kirib keladi). “Pliva”, “Aventis”, “Ebeve”, “Novartis”,
“Elay-Lilli”
va
boshqa
xorijiy
ishlab
chiqaruvchi
firmalammg
qalbakilashtirilgan dori vositalari ham 0 ‘zbekistonda aniqlangan. Shu
bilan birga, Rossiyaning “Biosintez” OAJ, “Krasfarma” OAJ, “Bioximik”
O AJ, “Ay Si En Tomsk ximfarmzavod”
OAJ kabi ishlab chiqaruvchi
firmalaming qalbaki dorilari ham farmatsevtik bozorimizda uchraydi.
131