M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Beshinchi guruh 
“yarimqalbaki” vositalar deb yuritiladi, ular yetarli 
sifat darajasiga ega, qonuniy ishlab chiqariladigan korxona nomidan ishlab 
chiqariladi, 
nomlanishi, tarkibi va o‘rovlari taniqli firmalarning 
“Brend’Mari bo‘lgan original vositalariga o‘xshash boMib, ammo ularni 
sotishda original vositalarni ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulkka 
bo'lgan huquqlari buziladi. Masalan: “Shering Plau” firmasining
“Selestoderm” vositasiga dizayni va upakovkasi bo‘yicha o‘xshatib 
“Selektoderm” nomli vositani boshqa firma ishlab chiqargan.
Oltinchi guruh 
nusxa vositalari bo‘lib, tarkibida kerakli ta’sir 
qiluvchi moddalarning aynan o‘zi va kerakli miqdorda bo‘ladi, ular 
zamonaviy texnologiyasi bo‘lgan ishlab chiqaruvchi korxonalarda (ba’zida 
ishlab chiqaruvchilar o ‘zi tomonidan) ishlab chiqariladi. Oxirgi uchta 
variantdagi qalbaki dorilar katta yoki kichik qonuniy ishlab chiqaruvchi 
farmatsevtik korxonalar uchun xosdir. Bu hoi, ko‘pincha, taniqli 
firmalarning u yoki bu hududdagi filiallarida kuzatiladi. Bu nushalar 
farqlanishi murakkab bo‘lgan qalbaki dori guruhidir. Bunday vositaning 
originaldan farqini faqat maxsus kimyoviy labaratoriyada amalga oshirish 
mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan qalbaki dori vositalarining barcha guruhlari 
sog‘liq uchun zarar keltiradi, chunki ular qonuniy sifat nazorati 
ro‘yxatidan o‘tmaydi.
Qalbaki dori vositalarining standartga muvofiq kelmaslik
ko‘rsatkichlari
Qalbakilashtirilgan dori vositalari me’yoriy hujjatlarning asosan 
beshta ko‘rsatkichi talabiga javob bermaydi: “jihozlash”, “yorliqlanishi”, 
“tashqi ko'rinishi”, “chinligi” va “ta’sir etuvchi moddalar miqdori”. Dori 
vositasining birinchi uchta ko'rsatkich bo‘yicha standartga muvofiq
130


kelmasligini vizual aniqlash mumkin. Quyida qalbakilashtirishning tez-tez 
uchraydigan belgilarini keltiramiz.
“Yorliqlanishi” bo‘yicha qalbakilashtirilgan dori vositalarining asl 
nusxalardan asosiy farq qiladigan belgilari quyidagilar: ko‘p hollarda 
yorliqlarning kseronusxa bo'lishi, shtrix-kodlari, ishlab chiqaruvchi 
korxonaning nomi, qayd etish raqami bcblmasligi, yozuvlarning noaniq va 
notekis bo‘lishi, ayrim hollarda grammatik hatoliklar uchrashi yoki ayrim 
xarflari belgilangan tartibda bosilmaganligidir.
“Jihozlash” ko‘rsatkichi bo‘yicha quyidagi belgilar bilan farqlanadi: 
ikkilamchi joylash qutisining notekis elimlanganligi, “ishlatish bo‘yicha 
yo‘riqnoma”ning qutilarga aksariyat holda notekis joylashtirilganligi.
“Tasvirlanishi” ko‘rsatkichi bo‘yicha dori shaklining rangi originaldan 
farq qiladi, ko‘p hollarda to‘qroq, tabletkalarning yuzasida yot dog‘lar 
bo'ladi, ampulalar nostandart, turli oichamlarda, bir xi 1 to'ldirilmagan va 
nuqsonli kavsharlangan, yorliqlar notekis yelimlangan bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida aniqlangan qalbaki dori 
vositalarining tahlil natijalari bo‘yicha salmog‘ini quyidagicha taqsimlash 
mumkin:
Tashqi ko‘rinishi, jihozlanishi va yorliqlanishi - 50-60%.
Chinligi - 25-35%.
Miqdoriy tahlili - 5-10%.
Boshqa ko‘rsatkichlar- 1-2%.
Yuqori texnologiyaga ega boMgan qalbaki dori vositalarini faqat 
mutaxassislargina asl nusxadan farqlay oladilar, chunki ular maxsus 
aniqlanadigan ayrim ko‘rsatkichlar bilan farqlanadilar. Bunday qalbaki 
dorilar dorixona tarmog‘ida tez-tez uchrab turadi.
Barcha dori vositalarini qalbakilashtirish holatlari «Dori-Darmon” AK 
tizimidagi nazorat - tahlil laboratoriyasida hamda Dori vositalari va tibbiy 
texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining sertifikatlashtirish 
idorasi tomonidan aniqlanmoqda. Qalbaki dori vositalarining asosiy qismi 
Respublikamizga 
xorijdan 
(Hindiston, 
Xitoy, 
Polsha 
va 
MDX 
mamlakatlaridan kirib keladi). “Pliva”, “Aventis”, “Ebeve”, “Novartis”, 
“Elay-Lilli” 
va 
boshqa 
xorijiy 
ishlab 
chiqaruvchi 
firmalammg 
qalbakilashtirilgan dori vositalari ham 0 ‘zbekistonda aniqlangan. Shu 
bilan birga, Rossiyaning “Biosintez” OAJ, “Krasfarma” OAJ, “Bioximik” 
O AJ, “Ay Si En Tomsk ximfarmzavod” OAJ kabi ishlab chiqaruvchi 
firmalaming qalbaki dorilari ham farmatsevtik bozorimizda uchraydi.
131



Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin