asosan harid qilinayotgan tovarlarning sifati va bezararligini ta’minlab
berilishi - iste’molchilarning asosiy huquqi hisoblanadi.
Dori vositalarining sifatini ta’minlash
muhim tibbiy-ijtimoiy va
iqtisodiy muammo boiib, dori vositalarining yaratilishidan to bevosita
iste’molchiga yetib borishigacha bo‘lgan hamma bosqichlarda turli omillar
majmuini hisobga olishni talab qiladi. Turli muassasalar - ishlab chiqaruvchi
korxonalar, davolash-profilaktika muassasalari. dori vositalari bilan ulgurji
va chakana savdo qiluvchi tashkilotlar dori vositalari sifatini ta’minlashga o‘z
hissalarini qo‘shadilar. Dori vositalarini bozorga chiqarishda asosiy
ko'rsatkichlar ularning sifatliligi, samarali va bezarar bo'lishidir.
Bozor munosabatlari sharoitida dori vositalari sifatini nazorat qilish
davlat tomonidan tartibga solinishi zarur. Bu dori vositalari sifatini
baholashda yagona davlat siyosatini ta'minlash va iste’molchilarning
huquq - manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda dori vositalarining sifati bevosita davlat
organlari tomonidan nazorat qilinadi. Oxirgi yillarda dori vositasi sifatini
kafolatlashga
qaratilgan
bir qancha zarur chora-tadbirlar
ishlab
chiqilmoqda. Resurslarni bir tizimga keltirish va hamkorlikdagi harakatlar
dori
vositalari
sifatini
ta’minlashning
samarali
konsepsiyasini
shakllantirishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: