original vositalar, balki generik dori vositalariga ham taalluqli boMishi
mumkin. Qalbaki dori vositalariga kerakli ingredientli yoki boshqa
ingredientli, aktiv ingredienti yo‘q bo‘lgan yoki keragidan kam miqdorda
aktiv ingredient saqlagan hamda qalbaki qadoqlangan dori vositalari
kiradi.
Farmatsevtik bozor tizimiga qalbaki mahsulotlarning kirib kelishi
natijasida quyidagi nojo‘ya holatlar kuzatilishi mumkin:
- Dori vositasi tarkibida asosiy ta’sir qiluvchi moddaning kam miqdorda
boMishi yoki umuman boimasligi natijasida bemor organizmida tegishli
farmakoterapevtik ta’sir vujudga kelmaydi.
- Agar vosita tarkibida yorliqda ko‘rsatilmagan ta’sir qiluvchi modda
bo‘lsa saqlasa, bemor organizmiga salbiy ta’sir qiluvchi zaharli yoki
keraksiz biologik faol moddaning tushib qolishiga olib keladi.
- Rasmiy ishlab chiqaruvchilar va ularning mahsulotiga nisbatan
ishonchning susayishi kuzatiladi.
- Ishlab chiqaruvchi firmalar va davlat muassasalariga iqtisodiy zarar
yetadi.
Qalbakilashtirilgan dori vositalarining tasniflanishi
O'zbekiston Respublikasiga kirib kelgan va sotilgan qalbaki dori
vositalari ishlab chiqarilish sharoitlariga ko‘ra 6 guruhga boMinadi:
Dostları ilə paylaş: