-talabning taklifdan yuqoriligi.
Dorilarga talabning taklifdan ustunligi qalbakilashtirishga olib
keluvchi omil hisoblanadi. Chunki, bu holatda qalbaki mahsulotni ishlab
chiqarish va sotish katta foyda olish imkonini beradi. Ba’zan dorilarga
talabning ortishi dorilarning kerak bo‘lmagan hollarda ham iste’mol
qilinishi tufayli yuzaga keladi.
-narhlarning yuqoriligi.
Dorilar narxining yuqoriligi va narxlar orasida katta farq bo'lishi
arzonroq qalbaki dori vositalarini bozorga kiritish imkonini beradi;
-dorilarni noqonuniy ishlab chiqarilishining mukammallashuvi.
Dori vositalarini ishlab chiqarish va qadoqlash uchun taklif
etilayotgan murakkab zamonaviy asbob-uskunalarning paydo boMishi
qalbaki dorilarni haqiqiylaridan farqlashni murakkablashtirdi. Chunki, bu
holat dorilarni qalbakilashtiruvchilarga haqiqiy dori vositalariga aynan
o‘xshash bo‘lgan qalbakilarini chiqarish imkonini berdi;
-manfaatdor tomonlar orasidagi samarasiz hamkorlik.
Ulgurji ta'minotchilar va ishlab chiqaruvchilarning tegishli nazorat
organlariga dori
vositalarini
qalbakilashtirish
holatlari
to‘g‘risida
ma’lumotlarni berish istagining yo4]ligi milliy hokimiyat organlariga
ushbu faoliyatni to‘xtatishga imkon bermayapti.
-eksport qiluvchi mamlakatlar tomonidan va erkin savdo zonalarida
nazoratning mavjud emasligi;
Eksport uchun ishlab chiqariladigan farmatsevtik vositalar mazkur
mamlakat o‘zi uchun ishlab chiqargan dori vositalariga qabul qilingan
standart
bo‘yicha
nazorat
qilinmaydi.
Bundan
tashqari,
xorijiy
mamlakatlar uchun modjallangan dorilar nazorati kuchsiz bo‘lgan erkin
savdo zonalari orqali eksport qilinadi. Bu esa shu zonalarda qayta
qadoqlash va yorliqlash imkonini beradi. Natijada qalbaki dorilar savdosi
ko'payadi.
Dostları ilə paylaş: