8.2. Dorixona binosiga qo‘yilgan talablar va undagi asbob-
uskunalardan foydalanis qoidalari
Davolash-profilaktika muassasalarining dorixonasi alohida qurilgan
binoda yoki davolash-profilaktika muassasasiga qarashli binoning bir
bo‘lagida alohida blok holida tashkil etilishi mumkin.
139
Dorixona amaldagi me’yoriy hujjatlarning sanitariya qoidalari va
me’yorlari talabiga mos keladigan hamda dori vositalarini farmatsevtika
talablariga asosan saqlanishini ta’minlaydigan binolarda tashkil etiladi.
Dorixonaning
umumiy
maydoni,
xonalar
soni
va
odchamlari
shifoxonaning ixtisosi, tuzilishi, faoliyat turi va ish hajmiga qarab
belgilanadi. Bunda dorixonaga sanitariya qoidalari va me’yorlari
talablariga mos keladigan, bajaradigan ish hajmiga qarab xonalar ajratiladi
hamda kirish-chiqish yodlari boshqa bodimlardan alohida bodadi.
Davolash-profilaktika muassasasi dorixonasi binolari va jihozlanishi,
faoliyat yuritish me’yor va qoidalari SaN PiN №0078-98 bilan
tasdiqlangan.
Ishlab chiqarish xonalari texnologik jarayonni hisobga oigan holda
uzviy ketma-ket bogdangan bodishi kerak.
Bu xonalarning ichki devorlari yuzasi va shiftlari tekis bodishi, ular
dezinfektsiyalovchi va yuvish vositalari bilan changdan hodlab tozalashga
chidamli bodgan materiallar bilan qoplanishi kerak. Jumladan, devorlar
yuzasini qoplash uchun suvga chidamli och rangdagi emal bo‘yoqlardan,
kafellardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Ushbu xonalarning pollariga
plitkalar, kafellar yotqizilishi yoki choklari biriktirilgan lenolium, relin
qoplanishi mumkin.
Boshqaruv xodimlari va yordamchi xonalarining ichki devorlari
yuzasi, shifti va pollarini pardozlashda boshqa qurilish materiallaridan
foydalanishga ruxsat etiladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar omborxonasi sanitariya qoidalari
va me'yorlari talablariga javob berishi hamda dori vositalari va tibbiyot
buyumlarini SSV ning amaldagi buyruqlari, qodlanmalari asosida,
farmatsevtika talablari darajasida saqlash uchun kerakli mebellar,
stellajlar, shkaflar, asboblar, uskunalar bilan jihozlangan bodishi kerak.
Omborxona pollari dezinfektsiyalovchi va yuvish vositalari bilan hodlab
tozalashga chidamli materiallar bilan qoplanishi kerak.
Termolabil dori vositalarini saqlash xonasida zarur sharoitlar
yaratilgan bodishi, ya’ni xonaga konditsioner, sovutkichlar qo'yilishi
hamda xona havo harorati va namligini, odchash asbobi (termometr,
gigrometr yoki psixrometr) bilan ta’minlanishi kerak. Bu odchov asbobi
poldan 1,5-1,7 metr balandlikda, kirish eshiklari va isitish asboblaridan
kamida 3 metr masofada o ’matiladi va kundalik harorat ko'rsatkichi
maxsus daftarda qayd etib boriladi. Dañar todgandan so‘ng bir yil
saqlanadi va o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinadi.
140
Dorixonada ishlab chiqarish xonalari (assistent xonasi, aseptika
bloki) dorixona mebellari, dori turlarini tayyorlashda, aralashtirishda,
filtrlashda, qadoqlashda, idishlarga quyishda, idishlar og‘zini berkitishda,
sterillashda, sifatini tekshirish va baholashda, yorliqlashda ishlatiladigan
asbob-uskunalar, shuningdek, o‘lchov asboblari, tosh-tarozilar, kimyoviy
reaktivlar va boshqa kerakli jihozlar bilan ta’minlanishi kerak. Dorixonada
ishlatiladigan o‘lchov asboblari, tosh-tarozilar Davlat qiyoslash markazi
tomonidan belgilangan tartibda metrologiya ko‘rigidan o‘tkazilishi kerak.
Dorixona mebellarining ustki qismi tekis, dori vositalari va
kimyoviy moddalar ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish xonalari va omborxonalarga faqat mas’ul xodimlar
kirishiga ruxsat beriiadi, begona shaxslar kirishi man etiladi.
Tozalangan suv olish va idishlarni yuvish xonalari ish hajmiga qarab
kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlanadi hamda amaldagi sanitariya
qoidalari va me’yorlari talablariga to‘liq javob berishi kerak.
Dorixonada tozalash ishlarini olib borish uchun ishlatiladigan asbob-
anjomlar, dezinfektsiyalovchi va yuvish vositalarini saqlash uchun alohida
xona yoki shkaf bolishi lozim.
Davolash-profilaktika
muassasalarining
dorixonasi
eshigiga
idoraviy bo‘ysunishi, ish tartibi ko‘rsatilgan peshlavha osib qo‘yiladi.
Dorixona binosi yong‘indan xabar beruvchi va tovushli qo‘riqlash
moslamalari hamda jihozlar bilan ta’minlanishi kerak.
Dorixona ish faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunlari,
Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, SSV ning buyruq
va farmoyishlariga hamda boshqa amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari
asosida olib boradi.
Dorixonada miqdoriy buyum hisobiga olinadigan dori vositalarining
ro’yxati SSV ning amaldagi buyruqlari asosida tasdiqlanadi va ularning
hisobi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan maxsus jurnallarda qayd etib
boriladi. Bu jurnallar to‘lgandan so‘ng amaldagi me’yoriy hujjatlar
talablari asosida saqlanadi va saqlash muddati tugagandan so‘ng
belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar hisobini
olib borish, boiimlarga berish, saqlash SSV ning 2001 -yil 28-noyabrdagi
527-sonli buyrug’ining tegishli bandlari talablariga muvofiq olib boriladi.
Etil spirtini hisobi, uni bo‘limlarga berish, saqlash SSV ning 1999-
yil 26-iyuldagi 462-sonli buyrug‘i talablariga muvofiq olib boriladi.
141
|