M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Dorixona tnuassasasidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

8.3. Dorixona tnuassasasidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni
berish tartibi
Davolash-profilaktika muassasalarining boMimlari dori vositalari va 
tibbiy buyumlarni talabnoma asosida dorixonadan oladi. Talabnoma 
muassasaning shtampi, muhri hamda rahbar yoki davolash ishlari bo‘yicha 
rahbar inovunining imzosi bilan tasdiqlanadi. Talabnomada dori 
vositasining norm, dozasi,turi (tabletka, ampula, surtma, qalamcha va b.q.) 
ko‘rsatilishi kerak, umumiy miqdori va o‘ram turi(quti, flakon va b.q.). 
Talabnomada dori vositasining nomi lotin tilida yoziladi va qoMlash usuli 
ko'rsatiladi (ichish uchun, in’eksiya uchun, sirtqi, ko'z tomchisi va b.q.). 
Agar talabnoma (dori vositasi) ma’lum bir bemor uchun yozilsa, unda 
bemorning familiyasi, ismi-sharifi, kasallik varaqasi raqami ko'rsatiiadi. 
Dorixonadan dori vositalari mas’ul xodim tomonidan davolash- 
profilaktika muassasasi boMimi hamshirasiga talabnoma asosida beriladi. 
Talabnoma ikki nusxada toMdiriladi, bittasi dorixonada hisobot uchun olib 
qolinadi, ikkinchisi berilgan tovar bilan bo'limga qaytarib beriladi.
Giyohvandlik, psixotrop vositalari, prekursorlarga hamda zaharli 
moddalar va etil spirtiga alohida-alohida talabnomalar yoziladi. 
Talabnomaga davolash-profilaktika muassasaning shtampi, yumaloq muhri 
bosilgan boMishi hamda bosh shifokor yoki davolash ishlari bo‘yicha 
muovinning imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. Bu dori vositalari bir 
martalik ishonchnoma asosida beriladi.
Davolash-profilaktika 
muassasasi 
boMimlari 
tomonidan 
talabnomalar yozish va toMdirish SSV ning 2002-yil 26-iyundagi 297-sonli 
buyrugMning III ilovasi- “Dorixona muassasalaridan dori vositalarini 
berish tartibi” ning tegishli bandlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
8.4. Hisob va hisobot
Davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari moliyaviy- 
xo'jalik faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari va amaldagi 
me’yoriy hujjatlar asosida olib boradi.
Davolash-profilaktika muassasasi 
dorixonasida tovar moddiy 
boyliklarning tezkor va buxgalteriya hisobi belgilagan shakllar 
b o ‘ y i c h a
amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshiriladi.
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana narxlari 
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va vakolatli 
tashkilotlar tomonidan belgilangan tartiblarga muvofiq shakllanadi.
1 42


Dorixonada mehnatni muhofaza qilish va xavfsizli texnikasini 
ta’minlash uchun quyidagi choralar ko‘rilishi lozim:
- dorixonaning barcha xodimlari maxsus va sanitariya kiyimlari bilan 
ta’minlanishi;
- maxsus asbob-uskunalar (distillyator, avtoklav, quritish shkafi, elektr, 
gaz asboblari kabi) bilan ishlovchi barcha xodimlar maxsus tayyorlov 
kursida o‘qishlari va ishlash huquqini beradigan guvohnomaga ega 
boMishlari;
- ish joylarida xavfsizlik texnikasi va asbob-uskunalar bilan ishlash 
to‘g‘risida qoMlanmalar boiishi;
- dorixonaning barcha xodimlari dispanserizatsiya va xavfsizlik 
texnikasi instruktajidan o'tishi hamda dorixonada bu haqdagi hujjatlarning 
to‘liq mavjud boMishi;
- dorixonada tovar-moddiy boyliklarni talab darajasida saqlash uchun 
yetarli sharoit yaratilishi kerak.
Dorixona faoliyatini tugatish amaldagi qonunchilikka muvofiq 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin