M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


 Dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash usullari



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

10. 3. Dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash usullari
Dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun bir necha usullar 
keng miqyosda qo‘llaniladi:
Me’yoriy usul 
- aniq kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan maxsus 
ta’sirga ega bo‘lgan vositalar (diabetga, silga, shishga qarshi va b.) uchun. 
Bu usul bitta davolash kursidagi vositalarni optimal to’plamiga va 
kasallikning obyektiv statistikasiga asoslangan. Usul oddiyligi, arzonligi, 
qulayligi bilan ajralib turadi.
Iqtisodiy-matematik usullar 
keng omilli korrelyatsion-regression 
tahlilga asoslangan.
Mantiqiv-iqtisodiv usullar ekspertli baholashga asoslangan. Bu 
usullar muammolarni hal qiluvchi mutaxassislarning fikrlari bilan bogiiq. 
Dori vositalarining tahlili va ehtiyojini istiqbollashda turli guruh vositalari 
iste’moli shakllanishi o'ziga xos ekanligini hisobga olish zarur.
iste’moliga ko‘ra dori vositalari 3 guruhga bo‘linadi:
- me’yori 
cheklangan 
dori 
vositalari 
(giyohvandlik vositalari, 
psixotrop moddalar. etil spirti va.b.).
- maxsus ta'sirga ega, 1-2 ta kasallikni davolashda ishlatiladigan 
vositalar.
- keng qatnrovli ta’sir etuvchi, ko‘p kasalliklarni davolashda yoki 
ularning oldini olishda ishlatiladigan dori vositalari (isitma tushiruvchi, 
sulfanilamidlar, vitaminlar va b.).
Me’yori cheklangan dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.
Ushbu guruh giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va etil spirtini 
o ‘z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasi SSV tomonidan (17.06.96y. 
489-sonli buyruq) giyohvand va psixotrop dori vositalariga 1 yilga 1000 
nafar aholi uchun aniq miqdoriy me’yorlar hisoblangan. Xususan: morfin - 
0,3 promedol - 5,0, omnopon - 0,3g va h.k.
Davolash - profilaktika muassasalarida bu me’yorlar o‘rinlar soni va 
muassasa yo’nalishiga ko‘ra belgilanadi.
Etil spirtining me’yori davolash muassasasining turi, ijtimoiy 
ta’minoti bilan bog’liq.
Masalan. davolash muassasalari uchun quyidagi me’yorlar qo’yilgan:
157


1. 
Dorixona muassasalari uchun: 
1000 ta yakka tartibda
tayyorlanish lozim bo'lgan retseptlar uchun 2800 g.
2. Kasalxona uchun: jarrohlik profilaktikasida bitta bemor uchun -
400g, terapiyada -170 g.
3. Ambulatoriya-poliklinika uchun: bitta ro‘yxatda turuvchi bemor 
uchun yiliga- 50 g.
SogMiqni saqlash muassasalariga spirtlar turli eritmalar, bor, salitsil, 
mentol ko‘rinishida ham yuboriladi.
Ijtimoiy ta’minot muassalarida etil spirti me'yorlari quyidagicha;
1) Maktablarga: bitta o‘quvchi uchun yiliga 2 g.
2) Maktabgacha tarbiya muassasalarida: bitta o‘rin uchun yiliga 20 - 100 
g-
Me’yori cheklangan vositalarga ehtiyoj quyidagi formula orqali 
aniqlanadi:
M ■
S
1000
Bu erda M - 1000 nafar aholi uchun yillik iste’mol me’yori, 1000 ta 
retsept va boshqalar.
S - aholi soni, retseptlar soni va boshqalar.
E - dori vositalariga bo‘lgan ehtiyoj.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin