M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Tovar harakatining kanallari. savdo tarmog‘ining asosiy



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

11.2. Tovar harakatining kanallari. savdo tarmog‘ining asosiy
turlari
Farmatsevtik bozorda tovar harakatining kanallari bir yoki bir necha 
kompaniyalar bilan amalga oshirilmoqda, ular dori vositalarini so‘nggi 
iste’molchiga yetkazib berishda ishtirok etadilar va ularni tovar 
harakatining ulgurji va chakana savdo korxonalari deb ta’riflash mumkin.
Tovar harakatining kanallari - tovar (yoki xizmat)ga bo‘lgan huquqni 
ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga o‘tkazishni ta’minlovchi tashkilot 
yoki alohida shaxslaming yig‘indisidir.
Tovar harakatining 2 ta asosiy turi mavjud:
To‘g‘ri.
Egri.
Agar mahsulot ishlab chiqaruvchidan bevosita iste’molchiga yetib 
borsa, bu kanalning to‘g‘ri turi hisoblanadi. Bunda faqat 2 ta qatnashuvchi 
ishtirok etadi:
Ishlab chiqaruvchi
So’nggi iste’molchi
To‘gri kanallarning yana bir nomi bu - nol darajali kanaldir.
Egri (ko‘p darajali) kanal - mahsulotni ishlab chiqaruvchidan 
iste’molchiga vositachilar tizimi orqali sotilishidir. Agar vositachi 1 ta 
bo‘lsa - bu birinchi darajali kanal:
Ishlab chiqaruvchi

Chakana bo’g’in
So’nggi iste’molchi
Agar vositachi 2 ta bo‘ls a - ikkinchi darajali kanal:
Ishlab
Ulgurji bo’g’in —>
C h a k a n a
bo’g’in
S o ’ n g i i s t e ’m o l c h i
Tovar harakati kanallari vertikal va gorizontal bo‘lishi mumkin:
171


- vertikal tovar harakati kanallari yagona tizim sifatida ish ko’rsatadi, 
ishlab chiqaruvchi, ulgurji va chakana vositachilar, iste’molchilarni 
o‘z ichiga oladi. Ular umumiy maqsadlami ko‘zlaydilar va 
birlashgan nazoratda xizmat ko‘rsatadilar;
- gorizontal tovar harakati kanallari, bir qancha firmalar birlashmasi 
boiib, aniq bozorni birgalikda egallash uchun mo’ljallangan. Bunday 
sotish tizimidan dorixona tizimida ham foydalansa bo‘ladi. Masalan: 
keng koiamda reklama kompaniyasini o’tkazish va o ‘z tovarlari 
savdosini ko‘paytirish maqsadida aniq hudud dorixonalarini 
birlashtirish.
Dorixona savdo qilish tarmog‘i uchun bilvosita ikkinchi darajali 
(vositachi bilan) kanallari xos. Ikkinchi darajali kanal qatnashuvchilari:
Savdo qilish tarmog’ining asosiy turlari.
Savdo qilish tarmog‘ini tashkillashtirish 3 ta asosiy omillarga bog‘liq:
- Mahsulot turi.
- Bozorning geografik koiami.
- Iste’molchining fe’l-atvori.
Ularga muvofiq savdo tarmog‘ining 3 asosiy turi ajratiladi:
1. Mahsulot turlari bo’yicha.
2. Hududlar bo‘yicha.
3. Iste’molchining fe’l-atvori bo’yicha.
1. Mahsulot turlariga qarab savdo tarmog'i.
Mahsulot turiga qarab savdoni tashkil qilishda bir yoki bir necha xil 
tovar turlariga ixtisoslashtirilgan alohida boiinmalar shakllanadi. 
Qachonki mahsulot nomlari assortimenti bo’yicha ajralib tursa va maxsus 
bilimlarni talab qilinsa, shunda bu savdo qilish tarmog’i afzalroq ko’riladi.
Shunday qilib, dorixona tovarlari ancha farqlanadigan assortimentli 
guruhlarga bo’linadi: dori vositalari va sanitariya - gigiena ashyolari, 
bog’lov vositalari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan 
buyumlar; tibbiy texnika, optika va boshqalar.
Shu bilan dorixona tarmog’ida aniq tovarlar guruhlari savdosi 
bo'yicha ixtisoslashtirilgan bo’linmalar shakllanadi (masalan, tibbiyot
172


texnika uchun - «Tibtexnika» do‘konlari, ko‘zoynak, gardish, linzalarni 
sotish uchun - «Optika» va b.).
Keyinchalik bundan ham kengroq ixtisoslashtirish ehtimoli bor. 
Masalan, tayyor dori vositalari, dorivor o‘simlik xomashyoni hamda dori 
vositalarining aniq guruhlari (sil, diabet, o‘sma kasalliklariga qarshi va 
boshqa preparatlarni sotish bo'yicha ixtisoslashgan dorixonalar) savdosi 
bo‘yicha ixtisoslashgan dorixonalar, gomeopatik dorixonalar.
2. Hududlar bo ‘yicha savdo qilish tarmog'i.
Hududlar bo‘yicha savdoni tashkillashtirishda hududiy savdo qilish 
tarmoq bolinmalari shakllanadi. Masalan: hududlarda dori vositalari va 
tibbiyot buyumlari savdosini tashkillashtirish uchun shaharlar, viloyatlar va 
Qoraqalpog'iston Respublikasi bo‘yicha dorixona tarmog'i shakllangan.
Savdo faoliyatining mahsulot turlari buyicha hamda hududlar 
(mamlakatlar) bo‘yicha tashkillashtirilgan mustaqil turi bu eksport - chet 
el bozorida mahsulotning savdosi.
3. Iste ’molchi fe ’l-atvori bo
‘yicha savdo qilish tarmog'i.
Iste’molchi fe’l-atvoriga qarab savdoni tashkil qilganda, bir yoki bir 
nechta iste’molchilar turlarini xizmat qilishiga ixtisoslashtirilgan, alohida 
bo‘linmalar shakllanadi. Masalan, dori vositalari va tibbiyot buyumlar 
sotishi uchun quyidagicha tashkillashtiriladi:
- faqat aholiga xizmat qiluvchi dorixonalar;
- bitta davolash-profdaktika muassasasiga (shifoxona) xizmat qiluvchi
dorixonalar;
- bir 
nechta 
davolash-profdaktika 
muassasalari 
va 
boshqa
tashkilotlami ta’minlaydigan dorixonalar.
Dorixona tizimida to‘gri shakllangan sotish tarmog'i iste’molchilarning 
talablarini to'liq qondirishga imkon beradi, bu o‘z navbatida, tovarni 
optimal harakatini ta’minlab beradi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin