M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


dorixona om borlari bajaradi



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

dorixona om borlari bajaradi.
Omborxonalar kelib tushgan tovarlarni 
qabul qilish, joylashtirish va saqlash qoidalariga rioya qilgan holda, 
iste’molchilarga berish uchun mo'ljallangan bo'ladi.
Dorixona omborining asosiy vazifalariga: dorixona, davolash- 
profiklaktika muassasalari va boshqa tashkilotlarga sifati va amaldagi 
qonunchilikning hamma talablariga javob beradigan dori vositalari, tibbiy 
buyumlar, dorixona jihozlari va inventarlarni qabul qilish, saqlash va 
berish kiradi.
Dorixona ombori asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalami 
bajaradi:
- ta’minotchilar bilan shartnomalar tuzish;
- dorixona assortimentiga mos tovarlar va tibbiyot buyumlarini sotib 
olish;
- da’vo va izlanish ishlarini olib borish;
- iste’molchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini 
nazorat qilish;
- dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilardan sifati, 
miqdori va qiymati bo'yicha qabul qilishni amalga oshirish;
- dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fizik-kimyoviy xususiyatlari 
va DF talablarini hisobga olgan holda ular saqlanishini tashkil qilish;
- farmatsevtik, parafarmatsevtik va boshqa tovarlarni hisobga olish va 
berish tartibiga qat’iyan rioya qilishni tashkil qiladi.
Dorixona omboriga qo'yilgan farmatsevtik talablar tegishli tarmoq 
standartida belgilangan.
Dorixona ombori bajarilayotgan ish hajmiga, sanitariya-gigiena 
qoidalariga, yong'inga qarshi, boyliklarni saqlash talablariga javob 
beradigan sharoitda joylanishi kerak. Omborxona alohida turadigan binoda
176


(bino tizimining ijara huquqida yoki 
boshqa xuquqlar asosida 
qonunchilikka zid keltirmagan holda) joylashishi mumkin.
U yerda, albatta, suv bilan ta’minlanish, kanalizatsiya, issiqlik, tortib 
ketadigan ventilyatsiya qurilmalari mavjud bo‘lishi shart.
Tashqarida tashkiliy-huquqiy shakli, korxona nomi, joylashgan o‘rni 
(yuridik manzili) va ish tartibi yozilishi kerak.
Dorixona ombori dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fizik- 
kimyoviy, farmakologik, toksikologik xususiyatlariga asosan saqlash va 
tegishli butligini hamda dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini 
standartlar talablarini hisobga oigan holda ta’minlab beruvchi ajratilgan va 
maxsus jihozlangan binolarga ega boMishi kerak. Omborxonada alohida 
kirish yo‘li, tovarlarni qabul qilish uchun ajratilgan joy bo‘lishi kerak. 
Agar omborxona ko'p qavatli uylarda joylashgan bo‘lsa, tovami ortish 
yoki tushirish xonadonlarning derazasi tagida amalga oshirishga ruxsat 
etilmaydi. Tibbiyot yoki dorixona sifatida xizmat qiluvchi binolarda 
mayda ulgurji ombor joylashganda ma’muriy-maishiy xonalar umumiy 
boMishi mumkin.
Omborxona xonalari bajariladigan funksiyalariga qarab uzviy qabul 
qilish, saqlash, buyurtmalami jamlash va mahsulotlarni berish ishlari 
funksional bog‘liq boMishi lozim.
Omborxona xonalarining maydoni, saqlanishi ko‘zda tutilgan 
mahsulotlar hajmiga mos kelishi va 150 m2 dan kam boMmasligi lozim:
- mahsulotlarni qabul qilish joyi;
- tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlar va dori vositalarini saqlash joyi;
- maxsus saqlash sharoitini talab qiluvchi dori vositalarini saqlash
xonalari;
ekspeditsiya (jo‘natish) joyi.
Ma’muriy-maishiy xonalaming umumiy maydoni xodimlarning 
soniga bogiiq, lekin amaldagi me’yorlar va qoidalarga binoan 34 m2 kam 
bo‘lmasligi kerak.
Dorixona ombori bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqib, tegishli 
jihoz va inventariar bilan ta’minlanishi lozim.
Dorixona omborida bo‘lish lozim boMgan 
jihozlarning tahminiy
ro
\yxati:
- stellajlar, poddonlar, podtovarlar, tovar osti moslamalari;
- muzlatkich kameralari;
- yukni yuklash-tushirish mexanizatsiya vositalari;
- havo ko‘rsatkichlarmi rasmiylashtiruvchi asboblar;
- yog‘och va metall shkaflar (seyflar);
l2-№ 96
177


- ishchi stol va stullar;
- maxsus va ustki kiyimbosh hamda poyafzal saqlanadigan alohida
shkaflar;
- sanitar holatni saqlash uchun inventar va dezinfektsiyalovchi
vositalar.
Saqlash xonalarining soni alohida xonalarda saqlanishni talab 
qiluvchi 
dori 
vositalari 
guruhlariga 
qarab 
belgilanadi. 
Odatda, 
omborxonaning ish hajmi qancha bodishidan qat’iy nazar quyidagi saqlash 
boiimlari bodishi ko‘zda tutiladi: quruq dori vositalari, suyuq dori 
vositalari, tayyor dori vositalari, sanitariya va gigiena tovarlari, bogdov 
materiallari, zaharli va giyohvandlik dori vositalari (agar ularni saqlash 
uchun alohida litsenziya bo‘lsa).
Bundan tashqari, dorixona omborida dori vositalarini qadoqlash va 
o‘rab joylash, yordamchi bodimlari, transport boiimi va v. h.k. tashkil 
qilinishi mumkin. Moliyaviy ishlarni bajarish uchun buxgalteriya, 
iqtisodiy rejalashtirish bo‘limi ham ko‘zda tutiladi.
Dorixona omborlariga boshqa soha omborlaridan farqli ravishda, 
asosan, oliy farmatsevtik va o ‘rta maxsus ma’lumotli malakali xodimlar 
ishlashi talab etiladi. Dorixona ombori xodimlari soni ular bajaradigan ish 
hajmiga (savdo hajmi) asosan belgilanadi,
Dorixona omborida tovarlar harakati quyidagi logistik jarayonlardan 
iborat: tovar qabul qilish, sifat nazorati, saqlash joylariga joylashtirish, 
saqlash bodimlaridan tovarlarni berish. Omborxonada tovarlami saqlash 
ishlari amaldagi tarmoq standard va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar 
asosida olib boriladi.
Qabul qilish bodimi boshqa xonalardan alohida bo‘lishi, lekin asosiy 
dori vositalari saqlash xonalari bilan uzviy bog‘liq bodishi lozim.
Dorixona omborida kelib tushgan mahsulotlarni qabul qilish va 
tegishli bodimlarga berishni amalga oshirish maqsadida kamida uch 
kishidan iborat qabul xay’ati tashkil etiladi. Qabul xay’ati raisi qabul 
bodimi boshligd, kichik ish xajmiga ega omborlarda esa dorixona ombori 
mudiri hisoblanadi.
Qabul qilish hay’ati tarkibiga bodim mudirlari, mahsulot qabul 
qilishga tegishli boshqa shaxslar ham kirishi mumkin. Ba’zi hollarda 
xay’at tarkibiga mutaxassis-ekspertlar yoki betaraf tashkilot vakillari 
kiritilishi mumkin.
Qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar dori vositalarini son va sifat 
jihatdan qabul qilish qoidalarini, tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlarni 
yuborishning asosiy va alohida sharoitlarini, dori vositalari fizik-kimyoviy
178


xossalarini, dori turlarini ishlab chiqarish shakllarini, narx-navo va 
boshqalami yaxshi bilishi majburiydir.
Dorixona omboriga zaharli yoki giyohvandlik vositalari kelishi bilan 
darhol zaharli va giyohvan vositalari saqlash boMimiga topshiriladi. Ularni 
son jihatidan va kuzatuv hujjatlariga mosligi omborxona mudiri tomonidan 
tekshiriladi.
Qabul qilish bo‘limida mahsulotlar qaysi bo‘limga tegishli bo‘lsa shu 
bo‘lim mudirlari (o‘rinbosarlari) ishtirokida ochib ko‘riladi, lozim bo‘lgan 
taqdirda betaraf tashkilot vakili yukni qabul qilishda ishtirok etish 
huquqini beruvchi hujjat asosida qatnashadi.
Tovarlarni yetkazib berish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Dori vositalarini amaldagi reglamentlari asosida ulgurji va chakana 
dorixona tarmoqlari orqali sotishda quyidagi hujjatlar boiishi talab etiladi: 
- muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik bo‘yicha deklaratsiya;
- muvofiqlik sertifikatining asl nusxasi egasi tomonidan, notarius yoki 
sertifikat 
bergan 
tovarlarni 
sertifikatlashtirish 
idorasi 
tomonidan 
tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
- tovar-kuzatuv hujjatlari (schet-faktura) ishlab chiqaruvchi yoki 
ta’minotchi (sotuvchi) tomonidan rasmiylashtirilgan bo‘lib har bir tovar 
norm bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga ular muvofiqligi haqida ma’lumotlar;
- muvofiqlik sertifikati nomeri va uning amal qilish muddati;
- sertifikat bergan idora; yoki muvofiqlik bo‘yicha deklaratsiya qayd 
qilingan nomeri va uning amal qilish muddati;
- deklaratsiyani qabul qilgan ishlab chiqaruvchi yoki ta’minotchining 
(sotuvchining) nomi va qayd qilgan idora.
Barcha hujjatlar nusxasi ishlab chiqaruvchining (ta’minotchi, 
sotuvchi) imzo va muhri bilan manzili va telefonlari ko‘rsatilgan holda 
tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Dori vositalarini qabul qilishdan oldin ularning yaroqlilik muddatiga 
e’tibor berish lozim.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin