M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


bob. FARMATSEVTIKA BOZORIDA ULGURJI SAVDO



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

11 bob. FARMATSEVTIKA BOZORIDA ULGURJI SAVDO
FAOL1YATINI TASHKILLASHTIRISH
11.1. Dori vositalarning muomala sohasida logistik yondashuvi
Dori vositalarini muomala sohasida xomashyo, substantsiya olish yoki 
dorivor o‘simlikni o‘stirishdan boshlab, toki so‘nggi iste’molchiga dori 
preparatlarini yetkazib berguncha boigan y o lni ikki qismga ajratish 
mumkin. Xomashyoni olishdan boshlab, toki tayyor mahsulot ishlab 
chiqarguncha boigan yo‘lning bir qismi texnik-ishlab chiqarish 
maqsadidagi 
mahsulotning harakati
deb aytiladi.
Y olning ikkinchi qismi tayyor mahsulotning ishlab chiqaruvchidan 
iste’molchiga yoki foydalanuvchiga yetib borish harakati 
tovar harakati
deb ataladi.
Bu ikki oqim birlashtirilganiga uncha ko‘p bolgani yo‘q va uni, 
orasidagi munosabat moddiy oqim
deb nomlandi. Bu esa o‘z navbatida 
mahsulot harakati jarayonida paydo boigan yangi obyekt 
logistika
(grekcha 
logistics
- hisoblash, fikrlash san’ati) fanini o‘rganish predmetiga 
aylandi.
Hozirgi kunda logistikani ko‘pgina ta’rifi mavjud bo‘lib, ulardan biri 
logistika - istiqbolni aniqlash, harid qilishni amalga oshirish, ishlab chiqarish 
hajmlarini rejalashtirish, buyurtmalarni qayta ishlash, zaxiralarni boshqarish, 
omborxona faoliyati va transport orqali tashishlarni rejalashtirishni o‘z ichiga 
oladigan kompleks ho‘jalik faoliyati deb ko‘riladi.
Farmatsevtik bozorda ulgurji savdoning rivojlanishi, farmatsiyani 
tashkil qilish va iqtisodiyotining kelajak yo‘nalishini belgilashda logistik 
yondashuvlarni qollanishi farmatsevtik logistika deb ataladi.
Farmatsevtik logistika 
-
farmatsevtik va boshqa tovarlar hamda ular 
bilan bogliq boigan farmatsevtik yordamda iste’molchilarni qoniqtira 
oladigan axborotli, moliyaviy va xizmat qilish oqimlarini o‘z ichiga 
oladigan boshqarish va qulaylashtirishni ta’minlaydigan fan va amaliy 
faoliyatdir.
Logistika moddiy resurslami taqsimlash, ishlab chiqarishni texnik,
- texnologik, tashkiliy ta’minlash to‘g ‘risidagi fan sifatida, ilmiy -
texnik - taraqqiyot ta’siri natijasida mahsulotlar aylanuvi jarayonini
- takomilashtirib borishga boigan doimiy talab ta’siri ostida paydo
boldi.
Logistika quyidagilarga asoslanadi:
- texnikaga (materiallar oqimi);
167


- informatikaga (axborotlar oqimi);
ishlab chiqarishga (mos holdagi boshqaruv modellari bilan).
Tovar harakati jarayonining murakkablashuviga bir qator omillar 
sabab boiadi, ularning eng asosiylari quyidagilardir:
- o‘tkazuvchi bozorlar uchun olib borilgan konkret kurashlar, ulami
egallash, 
kengaytirish, 
bozordagi 
mavqeni 
mustahkamlash,
iste’molchilar xohish - irodasini o‘rganish, tovarning hayotiylik 
davrini o‘rganish, raqobatchilar bozorga taklif qilayotgan tovarlarni 
va iste’molchilar talabini o‘rganish;
- aniq o‘tkazuvchi bozorlarga yo‘naltirilgan va iste’molchilar 
buyurtmasiga asosan ishlab chiqarishni tashkil etish, barcha 
bosqichlarda moddiy resurslar harakati. Aniq va puxta o‘ylab 
chiqilgan, rejalashtirilgan va tashkil etilgan ishlab chiqarish 
jarayonlarini amalga oshirish;
- tovar harakati to‘g ‘risidagi axborotning muomala jarayonining 
barcha bosqichlarida va mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida 
tartibga solingan harakat;
- logistik tizim faoliyati logistik qoidalar asosida amalga oshiriladi. 
Logistik qoidalar deganda logistik tizimda eng maqbul yo‘nalishlarni 
aniqlash uchun, yuklar va usullar yig‘indisi tushuniladi;
Logistik tizim (LT) deganda elementlar va ular o‘rtasida yuk 
(material) oqimini, u paydo boMgan nuqtadan iste’mol qilinadigan 
nuqtagacha boshqarish maqsadida paydo boMadigan o‘zaro aloqalar va bu 
jarayonlar uchun zarur boigan axborot oqimlari yig'indisi tushuniladi.
Logistik tizimning elementlari quyidagilardir: ishlab chiqaruvchi, 
qayta ishlovchi korxonalar va boshqa tarmoqlarning korxonalari, tijorat- 
vositachilik korxonalari transport va ombor quvvatlari, yetkazib 
beruvchilar, buyurtmachilar, axborot tizimlari, axborotni yig‘ish, qayta 
ishlash va uzatish moslamalari, boshqaruv organlari (menejment).
Moddiy 
oqimlar 
tizimining 
muvaffaqiyatli 
ishlashi 
logistik 
infrastrukturaning rivojlanishiga juda bogMiqdir.
Logistika infrastrukturasi deganda bir korxonadan boshqa korxonaga 
moddiy va axborot oqimlarini ishonchli hamda bir maromda yetkazib 
turilishini ta’minlaydigan transport va boshqa zaruriy elementlarning 
yig‘indisi tushuniladi.
Logistika faoliyatining asosiy sohalaridan biri mahsulotni ta’minlash, 
ulami bevosita iste’molchiga yetkazib berish hisoblanadi. Logistik faoliyat 
birinchi navbatda yuklami tashish uchun zarur boladigan transport bilan 
juda bogMiqdir. Transport faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi - bu bajarilgan
16 8


transport ishlarining hajmi, ya’ni yuklarni ma’lum bir masofaga eng kam 
xarajatlar bilan tashish hajmi hisoblanadi.
Quyidagilarga qilingan xarajatlar logistik sarf- xarajatlar hisoblanadi: 
tashishga, ortishga, tushirishga, qayta ortishga, yuklarni manipulyatsiya 
qilishga;
- transport - ombor ishlarining hamma turlari bo‘yicha taxlash;
- axborot xizmatini ko‘rsatish, ya’ni axborot oqimlarini tashkil etish;
- aylanma mablag‘larni tutib turishga va omborlarda yuklarni saqlab
turish natijasida qilinayotgan tavakkalchilik;
- logistik boshqarishga.
Moddiy (yuk) oqimlarining faoliyat yuritishi bilan bog‘liq boigan 
zarur tushunchalardan biri axborot oqimlaridir. Shuningdek, teskari aloqa, 
ya’ni rejalashtirilgan ish qanday natija bilan tugaganini solishtirish uchun 
zarur boiadigan axborot, aloqa tushunchasidagi ham keng foydalaniladi. 
Teskari aloqa logistik jarayonlami yanada samaraliroq boshqarishga 
imkon beradi. Axborot oqimlari logistik kanallar orqali o‘tadigan axborot 
kanallarining yig‘indisidir.
Logistik kanal - yetkazib beruvchi, iste’molchi, tashuvchi, vositachi, 
sug‘urtachilardan iborat qisman tartibga solingan ko‘plik. Iste’molchi yoki 
etkazib 
beruvchi 
bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
tashuvchilarni, 
sug’urtachilarni va h.k. larni turli xil usullar bilan (reytingini hisoblash, 
operatsiyalarni tadqiq qilish usullarini qoMIash va h.k) tanlash 
imkoniyatiga egadir. Tanlash amalga oshirilgandan so‘ng logistik kanal 
logistik zanjirga aylanadi.
Logistik zanjir - bu chiziqli tartibga solingan ko‘plab jismoniy va 
yuridik shaxslarning (ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, umumiy 
foydalaniladigan omborlar) ko'pligi bo‘lib, ular tashqi moddiy oqimni bir 
LT dan boshqa LT ga etkazib berish bo’yicha yoki yakuniy iste’molchiga 
yetkazib berish bo‘yicha (noishlab chiqarish iste’moli, shaxsiy iste’mol) 
operatsiyalarni amalga oshiradilar. Umumiy holatda logistik zanjir ishlab 
chiqaruvchi, iste’molchi, vositachi va tashuvchilarni birlashtiradi.
Bu oqimlarning o‘zaro harakati va o‘zaro aloqasi tadbirkorlik 
logistikasi faoliyatida o‘z aksini topadi, u korxonalar, yetkazib beruvchilar 
va buyurtmachilar o‘rtasidagi barcha moddiy va axborot oqimlarini 
birlashtiradi va tashkil qiladi.
Logistik 
jarayonlar 
muvaffaqiyatli 
borishi 
uchun 
logistik 
boshqaruvdan 
foydalaniladi, 
bu 
boshqaruv 
korxonani 
umumiy 
boshqarishning bir qismi hisoblanadi. Logistik boshqaruv o ‘zida 
rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish kabilarni aks yettiradi va
169


ularning asosida mos holdagi axborot yotadi. Logistik boshqaruv 
korxonani umumiy boshqarish bilan birga faoliyat yurita turib, u moddiy 
(yuk) oqimlarning tejami va ildam bodishini, zaruriy zaxiralarning eng 
qulay hajmini ta’minlashi kerak, moddiy oqimlar mavjud bodishining 
sharoiti va talablari to‘g‘risida axborotga ega bodishi kerak.
Olimlar va amaliyotchilar tasdiqlashi bo‘yicha moddiy zaxiralami 30- 
70 % qisqartirilishi, saqlash vaqtini kamaytirish, mahsulotni ishlab 
chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borishini tezlatib, tovar aylanishining 
iqtisodiy samaradorlikka ega bodishiga imkon yaratadi. Bunda 7-R 
logistik qoida joriy qilindi: Right product (kerakli mahsulot); Right 
quantity (kerakli miqdorda); Right condition (berilgan sifatda); Right place 
(kerakli joyda); Right time (belgilangan vaqtda); Right customer (aniq 
iste’molchi uchun); Right cost (kam chiqimli).
Orasidagi moddiy oqimning qaysi qismida harakat o‘rganilishiga 
qarab, 

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin