asosida mahsulotga muvofiqlik belgisi berilib,
korxonada davriy ravishda
inspektsion nazoratni o‘tkazish maqsadida mahsulot sinovlari amalga
oshiriladi.
4- sxema.
Sertifikatlashtirish
idorasi
akkreditatsiyadan
o‘tgan
laboratoriyada o‘tkazilgan sinovlar bayonnomasi asosida muvofiqlik va -
gigienik sertifikatni berish bilan birga, ishlab chiqaruvchi korxona va
savdo tizimidan tanlab olingan namunalar sinovlarini o'tkazish orqali
sertifikatlangan
mahsulotning
inspektsion
nazoratini
ko‘zda
tutadi.
Mahsulotning saqlanish muddati asosida nazoratning davriyligi belgilanadi.
Mazkur sxemada mahsulotning muvofiqlik belgisi bilan yorliqlanishi ham
ko'zda tutiladi.
5-
sxema. Sertifikatlashtirish idorasi
mahsulot sinovlari bilan birga, ishlab
chikarish yoki sifat menejmenti tizimining nazorati va bu nazoratdan keyingi
sertifikatlashtirilgan mahsulot va ishlab chiqarish jarayonining inspektsion
nazoratini ham ko‘zda tutadi. Bu sxemada ishlab chiqarish holati nazoratida
ishlab chiqarish (sifat) tizimlari sertifikatsiyasi bo'yicha ekspertlaming
ishtiroki zaruriy shart hisoblanadi.
6- sxema. Sifat menejmenti tizimini baholash va keyinchalik uning
inspektsion
nazorati uchun
“O'zstandart”
agentligi
tomonidan
akkreditatsiyadan o'tgan sifat menejmenti tizimini
sertifikatlashtirish
organi jalb etiladi va shu bilan 5-sxemadan farqlanadi.
7-
sxema. Asosan import mahsulotlar partiyasini sertifikatlashtirish
uchun qoMlaniladi. Bu sxema bo‘yicha sertifikatlashtirish idorasi, odatda,
o'zining akkreditatsiyadan o'tgan laboratoriyasiga me’yoriy xujjatlar
talablariga asosan mahsulot identifikatsiyasini, seriyadan namunalar tanlab
olishni va keyinchalik amalga oshiriladigan
sinovlami olib borish uchun
ko'rsatma beradi.
8-
sxema. Yakka holda ishlab chiqaruvchi, import qilinuvchi yoki
sotiluvchi mahsulotning sinovlarini amalga oshirishda qo'llanadi. Bunda
sinovlar, baholash va sertifikat muayyan bir mahsulotga oid boMib,
keyinchalik
buyurtmachi
tomonidan
sertifikatlangan
mahsulotning
muvofiqlik belgisi bilan yorliqlanish amalga oshiriladi.
9-
sxema. Mahsulot sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini
tasdiqlovchi ta’minotchining deklaratsiyasi va unga ilova qilingan me’yoriy
xujjatlar muvofiqligining isboti sifatida qoilanadi. Bu sxema bilan
buyurtmachi
akkreditatsiyadan
o'tgan
laboratoriyada
sinovlarning
o'tkazilishi yoki sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishni
yohud ham
unisi, ham bunisining o'tkazilishini ta’minlab, keyinchalik deklaratsiya
qabul qilib, standartlashtirish idorasiga sertifikatsiyaga buyurtma beradi.
124
9-sxemani qo'llashning zaruriy sharti - buyurtmachida mahsulotning
belgilangan talablarga muvofiqligini bilvosita yoki bevosita tasdiqlovchi
barcha
xujjatlar
boMishidir.
Agar
mazkur
shart
bajarilmasa.
sertifikatlashtirish idorasi buyurtmachiga mahsulotni boshqa sxema
bo‘yicha sertifíkatlashtirishni taklif etadi.
«Bir turdagi mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish qoidalari»ning
VI bandiga muvofiq («Ckzstandart» agentligi tomonidan 2005-yil 7-
sentyabrda
340-sonli
buyruq
bilan
tasdiqlangan)
0 ‘zbekiston
Respublikasida farmatsevtik mahsulotlarga faqat 3, 4 va 7-sxemalar
qoMlanishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasida dori vositalarini sertifikatlashtirish, asosan,
mahsulot partiyalarini sertifikatlashtirish yo‘l¡ bilan amalga oshiriladi (7-
sxema), bu Respublikada sotilayotgan dori vositalarining asosiy qismi yaqin
va uzoq xorijiy mamlakatlardan import qilinishi bilan bog'liqdir.
Farmatsevtik bozorning ko‘p qismini egallagan
mahalliy va xorijiy
farmatsevtik korxonalar uchun ishlab chiqarish holatining nazoratini o‘z ichiga
oigan sxemaning qoilanishi maqsadga muvofiqdir (3, 4-sxemalar). Bunda
korxonaga seriyali ishlab chiqarish uchun muvofiqlik sertifikati taqdim
etiladi va korxona o'z mahsulotining seriyaviy nazoratidan ozod etiladi.
Sertifikat uch yil muddatga beriladi, mahsulotga muvofiqlik belgisi bilan
yorliqlanishi mumkin. Bunda ishlab chiqarishning sifat nazorat tizimi
mavjudligi yoki "Sifatli ishlab chiqarish amaliyoti" (GMR) talablariga
muvofiqligi asosiy shart hisoblanadi.
Har bir muayyan holatda qoMlanishi mumkin bo‘lgan sertifikatlashtirish
sxemasi sertifikatsiya idorasi tomonidan buyurtmachining taklifi, keltirilgan
mahsulotlarning xajmi va muddati, sinov usullari, mazkur mahsulotni
ishlab chiqarish va iste’molining o‘ziga xos tarafiarini hisobga oigan holda
belgilanadi.
Buyurtmachi muvofiqlik sertifikati bo'lgan va muvofiqlik belgisi bilan
yorliqlangan mahsulotni reklama qilish
huquqiga ega.
Majburiy
sertifikatlashtirishdan o‘tishi lozim boMgan, animo sertifikatga ega
boMmagan mahsulotni reklama qilishga ruxsat etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: