M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


 ‘zbekiston Respublikasida farmatsevtik mahsulotni



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

0 ‘zbekiston Respublikasida farmatsevtik mahsulotni
sertifikatlashtirish tizimining qonuniy asoslari
Farmatsevtik mahsulotlarni sertifikatlashtirish 0 ‘zbekiston Res- 
publikasining “Mahsulot va xizmatlami sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi 
Qonuniga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan 2002-yil 5-dekabrdagi 427-sonli qarorida tasdiqlangan 
majburiy sertifikatlashtirishdan o ‘tadigan mahsulot va xizmatlarning 
ro‘yxati asosida amalga oshiriladi. Qonunda import va eksport qilinadigan 
mahsulotlarni sertifikatlashtirish shartlari belgilangan. Bunda majburiy 
sertifikatlashtirishdan o‘tadigan mahsulot uning belgilangan talablarga 
muvofiqligini tasdiqlaydigan muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisiga 
ega bo‘lishi kerakligi qayd etilgan. Muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan 
mahsulot 
Milliy 
sertifikatlashtirish 
tizimi 
qoidalariga binoan
sertifikatlashtirish o‘tkazish muammosi hal etilmaguncha bojxona 
organlarida ushlab turiladi.
Qonunda, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tashabbusi bilan 
istalgan mahsulotning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini qayd etish 
maqsadida ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi ham ko‘zda tutilgan. Undan 
tashqari, qonunda, majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzgan ishlab 
chiqaruvchilarning javobgarligi hamda asoslanmagan holda sertifikat 
bergan 
yoki 
buyurtmachining 
tijorat 
sirlarini 
oshkor 
etgan 
sertifikatlashtirish organlariga nisbatan javobgarlik tartiblari keltirilgan. 
Majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tish lozim boMgan mahsulotning savdosi 
bilan uning sertifikatisiz shug‘ullanganlik uchun sotilgan mahsulot 
qiymatiga teng jarima undiriladi. Jarima to‘lash sertifikatlashtirishni 
o‘tkazishdan ozod etmaydi.
Sertifikatlashtirish qoida va talablarini buzgan sertifikatlashtirish 
subyektlariga belgilangan qonunchilik asosida chora va sanksiyalar 
qo‘llanadi. Ularga mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish, 
jarimalar, litsenziya va akkreditatsiya attestatlarining amal qilishini 
to‘xtatish yoki ulardan mahrum qilish, tovarlarni davlat hisobiga musodara 
qilish yoki nomuvofiqlik aniqlanganda uni yo‘q qilish, mol-mulk 
musodarasi, tartib-qoidani buzganligi uchun mas’ul shaxslarni ozodlikdan 
mahrum etish kabi choralar kiradi.
Aholini yuqori sifatli va bezarar dori vositalari bilan ta’minlashda 
yagona davlat siyosatini amalga oshirish va iste’molchilar manfaatini 
himoya qilish maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasida 2003-yil 1-
yanvardan dori vositalarining majburiy sertifikatsiyasi joriy etildi. Bunda
1 19


sertifikatlashtirish idoralari tomonidan buyurtmachiga sertifikatlashtirish 
sxemasiga asosan farmatsevtik mahsulotning yagona namunadagi 
muvofiqlik sertifikati beriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida faqat 
muvofiqligi tasdiqlangan dori vositalarining savdosiga ruxsat etiladi.
Respublika farmatsevtika tizimida majbariy sertifikatlashtirish joriy 
etilishi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi va distribyutsiyasi bilan 
shug‘ullanuvchi korxonalarga sifatli mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
bo‘yicha mas’uliyat va majburiyat yuklaydi.
Dori vositalarini sifat standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish 
bo‘yicha sertifikatsiya sinovlari akkreditatsiyadan o ‘tgan dori vositalari 
sifatini nazorat qilish laboratoriyalarida o'tkaziladi. Hozir Respublikada 
akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalari va sertifikatsiya idoralari 
asosida faoliyat yuritayotgan sertifikatlashtirish tizimi shakllangan. Ularga 
quyidagi sertifikatlashtirish organlari kiradi:
0 ‘zR SSV dori vositalari ekspertiza va standartizatsiya Davlat markazi 
qoshidagi tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirishning Markaziy idorasi; 
DVESDM Markaziy sertifikatlashtirish idorasining Andijon filiali; 
DVESDM Markaziy sertifikatlashtirish idorasining Urgench filiali; 
DVESDM Markaziy sertifikatlashtirish idorasining Samarqand filiali; 
DVESDM Markaziy sertifikatlashtirish idorasining Qarshi filiali;
Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi dori vositalari standartizatsiyasi 
ilmiy markazi (DVSIM);
MCHJ “S o f D o r i” tibbiy mahsulot sertifikatsiya organi.
Yuqorida 
ko‘rsatilgan 
sertifikatlashtirish 
idoralari 
qoshida 
akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalari faoliyat yuritadi.
Markaziy idora sertifikatlashtirish tizimini bir markazdan turib 
muvofiqlashtiradi va faoliyatining nazoratini amalga oshiradi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin