talablariga javob bermaydigan mahsulot ishlab chiqarilishining oldini olishdan
iborat.
Shuningdek,
bu
bo‘lim
ishlab
chiqarishda tartib-intizomni
mustahkamlash va ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarida mahsulot
sifatiga
nisbatan mas’uliyatni oshirish kabi vazifalami ham bajaradi. TNB ning
tuzilishi va shtatlar soni ishlab chiqarish xususiyati,
hajmi va nazorat
jarayonlarining murakkabligidan kelib chiqib belgilanadi va tashkilot rahbari
tomonidan tasdiqlanadi. Korxona bo‘limlari va sexlarining mahsulot texnik
nazorati bilan shug‘ullanadigan barcha xodimlari TNB tarkibiga kiradi.
Farmatsevtik
korxonada
sifatsiz
mahsulot
ishlab
chiqarilsa,
javobgarlik korxona rahbariyati va shunday
mahsulot chiqishiga aybdor
bo‘lgan sex rahbarlari (shu jumladan, TNB xodimlari)ga yuklatiladi.
Korxona faqat TNB qabul qilgan mahsulotnigina sotishi mumkin.
Mahsulotga aynan shu mahsulot uchun belgilangan talablarga javob
berishini
tasdiqlovchi
analitik
pasport
yoki
boshqa
hujjat
rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
Dostları ilə paylaş: