M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Umumiy farmakopeya maqolasi



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Umumiy farmakopeya maqolasi 
(UFM) konkret dori shakli uchun 
me’yoriy ko'rsatkichlar ro'yxatini yoki sinovning umumiy usullarini keltirib, 
dori vositalarining fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy, biokimyoviy, biologik, 
mikrobiologik tahlil usullari ta’rifini, tahlilda qodlanadigan reaktivlar, 
titrlangan eritmalar, indikatorlarga bo‘lgan talablarni o‘z ichiga oladi.
Farmakopeya 
maqolasi 
(FM) 
dori 
vositasiga 
(xalqaro 
patentlanmagan nomli) ishlab chiqiladi va amaldagi farmakopeyaning 
talablariga mos sifat nazoratining majburiy ko‘rsatkichlari ro‘yxatini va 
usullarini (dori shaklini hisobga olgan holda) o'z ichiga oladi.
Umumiy farmakopeya maqolalari va farmakopeya maqolalari odatda 
5 yildan so‘ng qayta ko‘rib chiqiladi va qayta ishlanadi, vaqtincha 
farmakopeya maqolasi esa 3 yildan oshmagan muddatda qayta ishlanadi.
Original (patentlangan) dori vositasiga patent himoyasining ta’sir 
muddati davomida farmakopeya maqolasini ishlab chiqish va uni Davlat 
farmakopeyasiga kiritish faqat patent muddati tugagandan so‘ng yoki dori 
vositasini yaratuvchi tashkilot bilan kelishilgan holda anialga oshiriladi.
Umumiy farmakopeya maqolalari va farmakopeya maqolalari 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini tashkil etadi. Davlat 
Farmakopeyasi 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV farmakopeya qo‘mitasi 
tomonidan nashr qilinadi.
Vaqtincha farmakopeya maqolasi 
(VFM) tibbiyot amaliyotida 
qo‘llanishga tavsiya etilgan va to‘liq hajmda ishlab chiqarishga taqdim 
etilgan yangi dori vositalarining birinchi sanoat seriyalari uchun ishlab 
chiqiladi va tasdiqlanadi.
Korxonaning farmakopeya maqolasi 
(KFM) ma’lum bir ishlab 
chiqarish korxonasining dori vositasi sifatini nazorat qilish usullari va 
ko‘rsatkichlari ro‘yxatini o‘z ichiga oladi va Davlat farmakopeyasi, 
umumiy farmakopeya maqolalari va mazkur standart talablariga muvofiq 
ishlab chiqiladi. KFMdagi sifat ko'rsatkichlari Davlat farmakopeyasida
107


qayd etilgan talablardan past bo‘lmasligi lozim. Korxona farmakopeya 
maqolasining muddati dori vositasining texnologik ishlab chiqarish 
jarayonini hisobga olgan holda 5 yildan ortiq bo'lmagan muddatga 
belgilanadi.
Dori vositasini yaratuvchi tashkilot yoki ishlab chiqaruvchi korxona 
tomonidan ishlab chiqilgan korxonaning farmakopeya maqolasi ularning 
ishlab chiqarish sohasiga tegishli bo‘lib, faqat ularning mualliflik huquqi 
obyekti hisoblanadi.
0 ‘zR SSVning Farmakopeya qo'mitasi hamda dori vositasini 
yaratuvchi 
tashkilot yoki 
ishlab 
chiqaruvchi 
korxonalar 
Davlat 
farmakopeyasi, umumiy farmakopeya maqolasi, farmakopeya maqolasi va 
vaqtincha farmakopeya maqolasining asl nushalarini taqdim etuvchi 
tashkilotlar hisoblanadi .
Dori vositalarining sifat standartlari reestrini yuritish va ularga 
o‘zgartirishlar kiritish va, shuningdek, manfaatdor tashkilotlarni Davlat 
farmakopeyasi, umumiy farmakopeya maqolasi va farmakopeya maqolasi 
bilan ta’milash 0 ‘zbekiston Respublikasi SSVning Farmakopeya qo'mitasi 
tomonidan amalga oshiradi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin