M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Ilmiy uslubiy va axborot bo‘limi



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Ilmiy uslubiy va axborot bo‘limi 
respublikada farmatsevtika sohasi 
bo‘yicha ilmiy - amaliy yangiliklarni mazkur soha mutaxassislariga va 
aholiga yetkazish bilan shug'ullanadi. Ushbu vazifalar “CFzbekiston 
farmatsevtika xabarnomasi” va har yili bir marta chiqariladigan 
“0 ‘zbekiston Respublikasi Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining 
Davlat reestri”ni tayyorlash va chop etish y o ii bilan amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish sektori 
tibbiy buyumlar va dori vositalariga 
muvofiqlik sertifikatini beradi.
Farmatsevtik nazorat boiimining 
asosiy vazifasi - dori vositalari va 
tibbiy buyumlar bo‘yicha sifat standartlari talablari bajarilishini, shu 
jumladan, sertifikatlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini 
nazorat qilish, saqlash, tashish, sotish va qoilash jarayonini nazorat qilishdir. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan farmatsevtika va tibbiy 
mahsulotlarga qo‘yiladigan davlat va tarmoq standartlarining (farmakopeya 
maqolalari, texnik shartlar, ishlab chiqarish reglamentlari, texnologik 
yo‘riqnomalar va boshqa texnikaviy va me’yoriy hujjatlar) talablariga rioya 
etilishini nazorat qiladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish 
korxonalarida ishlab chiqarishni, ishlab chiqarilayotgan hamda sotilayotgan 
dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini amaldagi standartlarga rioya 
etilishini nazorat qiladi. Dorixona muassasalarida dori vositalarini tayyorlash, 
saqlash va sotish jarayonlarida amaldagi standartlarga rioya etilishini nazorat 
qiladi. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatlangan nazorat- 
tahlil laboratoriyalarida amaldagi standartlarga rioya etilishini nazorat qiladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarda Bosh boshqarmaning sifatni 
yaxshilash va standart talablariga javob bermaydigan dori vositalari va 
tibbiy buyumlar ishlab chiqarilishi va sotilishi oldini olish bo‘yicha yozma 
ko‘rsatmalari bajarilishini nazorat qiladi. Dori vositalari va tibbiy 
buyumlarning sifatiga taalluqli boigan arizalar va shikoyatlar bo‘yicha 
Bosh boshqarma orqali qonunda belgilangan tartibda choralarni ko‘radi.
Farmnazorat bo‘limi xodimlari 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV ning 
Farmatsevtika faoliyati bo'yicha litsenziya komissiyasi ishida ishtirok 
etadi, ya’ni Farmnazorat bo‘limining vakolatlari doirasida Farmatsevtika 
faoliyatini amalga oshiruvchi ho‘jalik yurituvchi subyektlaming shart- 
sharoitlariga 
ekspert 
xulosalarini 
beradi. 
Farmatsevtik 
faoliyatni 
litsenziyalash 
to‘g‘risidagi 
Nizomni 
va 
litsenziya 
shartnomalari 
talablarining bajarilishini nazorat qiladi.
104



Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin