M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


k lin ik a g a clta sin o v i



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

k lin ik a g a clta sin o v i
uning farmakologik ta’sirini 
(dori moddalarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini) o‘rganish, shu 
jumladan, tajriba xayvonlarida sinash va dori shaklini yaratish maqsadida 
o ‘tkaziladi. Klinikagacha sinovning asosiy maqsadi dori vositasining
98


yetarli ravishda samaradorligini va organizmga bo'lgan nojo‘ya ta’sirlar 
darajasini aniqlashdir.
K lin ik sin o v
- dori vositasi samaradorligi va xavfsizligini bemorlarda 
aniqlanishi yoki tasdiqlanishidir, bu sinovlar farmakologiya qo‘mitasining 
klinik bazalarida shartnoma asosida o'tkaziladi. Klinik sinovlami o‘tkazish 
tartibi va bosqichlari O'zR SSV ning 2001-yil 25-iyul 334-sonli 
buyrug‘iga binoan tasdiqlangan.
Klinik sinovning I bosqichi dori vositasining xavfsizligini dastlabki 
baholash hamda uning farmakokinetikasi va farmakodinamikasini rozilik 
bildirgan katta yoshlik bemorlarda o‘rganish asosida davolash dozalarining 
boshlang‘ich sxemasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Klinik 
sinovning 
II 
bosqichi 
dori 
vositasining 
terapevtik 
samaradorligini va qisqa muddatdagi xavfsizligini baholash, muqobil 
terapevtik dozalarni, samaradorlikning dozalarga bog‘liqligini aniqlash 
maqsadida o‘tkaziladi.
Klinik sinovning III bosqichi, odatda, dori vositasi qayd etilgandan 
so‘ng o ‘tkazilib, bunda uning terapevtik samaradorligi va xavfsizligi 
tasdiqlanib, uzoq muddatli noxush yoki boshqa kasalliklarga bog'liq 
ta’sirlari aniqlanadi.
Klinik sinovning IV bosqichi dori vositasining bozordagi muomalasi 
boshlangandan so‘ng o‘tkaziladi. Bu sinovlarning maqsadi - dori 
vositasining terapevtik ahamiyatini, uni kelajakda qo‘llash strategiyasini 
belgilash hamda nojo‘ya ta’sir doirasi, boshqa dorilar bilan mutanosibligi 
bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olishdir.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin