amaliyotga qo‘llaniiishiga va sanoat miqyosida ishlab chiqarishga tavsiya
qilish, eskirib qolgan dori vositalarini tibbiy amaliyotdan chiqarish
to‘g‘risida tavsiya berish vazifasini bajaradi, shuningdek, xorijdan
keltirilgan hamma dori vositalariga ham klinik tadqiqotlar olib boradi.
- Farmakologiya qo‘mitasi tavsiyalari SSV mas’ul Bosh boshqarmasi
tomonidan tasdiqlangandan so’ng kuchga kiradi.
Bundan tashqari, Farmokoiogiya qo'mitasiga quyidagi mas’uliyatlar
yuklatiladi:
- yangi dori vositalarini va yangi dori shakllarini klinik sinovdan
o‘tkazish uchun ruxsat etish;
- yangi dori vositalari va shakllarini amaliyotda qoMlanishi yoki
qo‘llanmasligi to‘g‘risidagi tavsiyanomani ko‘rib chiqib, uni tasdiqlash;
- yangi dori vositalari uchun berilgan nomlarni ko‘rib chiqib, berilgan
nomni tasdiqlashga tavsiya qilish;
- yangi dori vositalarini yuqori bir martalik va yuqori sutkalik
dozalarini aniqlab tasdiqlash, qaysi guruhga mansub bo‘lishini aniqlash;
- eskirib qolgan dori vositalarini sanoat miqyosida ishlab chiqarishdan
olib tashlash to‘g‘risidagi tavsiyani tayyorlash;
- yangi dori vositalari va shakllarini tibbiyot amaliyotida qo‘llash va
ishlab chiqarish uchun tavsiyanomalarni tayyorlash.
Ushbu faoliyatlarni amalga oshirishda qo‘mita oldindan tekshirish,
tajribalar o‘tkazish vategishli adabiyotlardan aniqlanishiga muxtoj bo‘lgan
dori
vositalari
to‘g'risidagi
ma’lumotlarni
o‘zlarining
tegishli
komissiyalari, ilmiy tekshirish institutlari mutaxassislariga xulosa
chiqarish uchun yuboradi.
Eksperimental tajribalar va klinik sinovlar o‘tkazish uchun alohida
klinikalar, shifoxonalar va laboratoriyalar ajratiladi, ular ro‘yxati SSV
tomonidan tasdiqlanadi.
Farmakologiya qo‘mitasi muntazam ravishda yangi dori vositalari
to‘g ‘risida rasmiy ma’lumotlarni chop etadi.
Farmakologiya qo'mitasi o'zining vakolati doirasida ilmiy tekshirish
institutlari va oliy ta’lim muassasalari ilmiy kengashlari bilan bogManib
turadi. Qo‘mita o‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasi
Fanlar
akademiyasi, 0 ‘zbekiston Respublikasi “0 ‘zfarmsanoat” konserni va
boshqa tegishli mahkama va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boradi.
Dori vositasining
Dostları ilə paylaş: