Yangi tibbiy texnika qo‘mitasi SSV Dori vositalari va tibbiy texnika
sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining tarkibiy qismi bo‘lib,
0 ‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida qoMlanadigan
tibbiy texnika, tibbiy ashyolar hamda tashhis vositalarining samaradorligi
va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularning ekspertizasi, standartlash,
qayd etish va qayta qayd etish faoliyatini olib boradi.
Tibbiy texnika, tibbiy ashyolar va tashhis vositalari
kasalliklarni oldini
olish, davolash, tibbiy muolaja hamda tashhis qo‘yish maqsadida
qoMlanadigan asbob-anjomlar, moslamalar, qurilmalar va yordamchi
vositalar boMib, ular tibbiyot maqsadlarida qoMlashga moMjallangan.
Qayd etish jarayoni mahalliy hamda xorijiy tibbiy texnika, tibbiy
ashyolar hamda tashhis vositalarining halqaro standartlar va me’yoriy
hujjatlar talablariga mosligini aniqlashga va ularni tibbiyot amaliyotida
qoMlashga bosqichma - bosqich ruxsat
etishga qaratilgan boMib, quyidagi
talablarni o ‘z ichiga oladi:
- me’yoriy - texnik hujjatlar ekspertizasi;
- texnik sinovlar;
- laboratoriya sinovlari;
- tibbiy sinovlar;
- kimyoviy toksikologik, mikrobiologik tadqiqotlar;
- kimyoviy, toksikologik,
mikrobiologik tadqiqotlar, texnik laboratoriya
va tibbiy sinovlar dalolatnomalari tahlili;
tibbiy ashyo ishlab chiqarish va tibbiyot amaliyotida qoMlash taklifmi
kiritish;
- qayd etish guvoxnomasini rasmiylashtirish;
- qayd etilgan ashyoni 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat reestriga
kiritish.
Yangi tibbiy texnika qo’mitasining vazifalari:
- yangi tibbiy texnika, tibbiy ashyolar hamda tashhis vositalari
me’yoriy hujjatlarini ko‘rib chiqish, ularning texnik talablari va sinovlari
loyihalarini belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etish;
- ekspertlar xulosalari, laboratoriya tekshiruvlari
va texnik sinovlar
natijalari asosida tibbiy texnika, ashyolar va tashhis vositalari klinik
sinovlariga ruxsat berish;
- sinov natijalarini ko‘rib chiqish va ular asosida tibbiy texnika, tibbiy
ashyolar hamda tashhis vositalarini qayd etish va tibbiyot amaliyotida
qoMlash masalasini hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- yangi tibbiy texnika, tibbiy ashyolar hamda tashhis vositalarini ishlab
chiqarish uchun tavsiyanomalar berish;
102
- tibbiy
ashyolar
ishlab
chiqarilishini
takomillashtirish
yoki
to‘xtatishga tavsiyalar berish maqsadida tibbiy
ashyolar nomenklaturasini
qayta ko‘rib chiqish;
- yangi tibbiy texnika, tibbiy ashyolar va tashhis vositalarini tibbiyot
amaliyotida qo‘llashga ruxsat etish, eskirgan va amaliyotga joriy etilmagan
tibbiy ashyolarni ro‘yxatdan chiqarish haqida 0 ‘zbekiston Respublikasi
SSV ning buyruqlari va me’yoriy hujjatlari loyihalarini tayyorlash;
- yangi tibbiy texnika, tibbiy ashyolar hamda tashhis vositalarini
standartlash va sifat nazorati bo‘yicha uslubiy qoMlanma, byulleten,
axborot xati, yo‘riqnoma va boshqaruv hujjatlarini ko‘rib
chiqish hamda
tasdiqlashga tayyorlash;
- mahalliy va xorijiy tibbiy texnika, tibbiy ashyolar hamda tashhis
vositalari klinik va texnik sinovlarini belgilangan tartibda o'tkazish uchun
tayanch klinikalar, markazlar ro’yxatini tayyorlash va tasdiqlash uchun
taqdim etish;
- tibbiy texnika, tibbiy ashyolar hamda tashhis vositalarining yangi
me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash,
bekor qilish, texnik sharoitlarning amal
qilish muddatlarini uzaytirish yoki chegaralash borasida o ‘z takliflarini
kiritish;
- tibbiyot amaliyotida qo’llashga ruxsat etilgan tibbiy texnika, tibbiy
ashyolar hamda tashhis vositalari ro‘yxatlarini muntazam ko'rib chiqish,
yangilarini o‘z vaqtida Davlat reestriga kiritishni taklif etish, eskirgan,
muomalasi to'xtatilgan ashyolarni r o ‘yxatdan chiqarish;
- tibbiy texnika, tibbiy ashyolar hamda tashhis vositalari ekspertizasini
o‘tkazish uchun tegishli tashkilot va muassasa
xodimlarini va muassasa
rahbarlarining roziligi asosida ekspertiza o'tkazishga jalb etish;
Qo‘mita quyidagi huquqlarga ega:
- tibbiy texnika, tibbiy ashyolar va tashhis vositalari sifati haqidagi
tegishli ma’lumotlar, me’yoriy hujjatlar va ular na’munalarini korxonalar,
tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari laboratoriyalaridan olish;
- davlat reestriga kiritilmagan va 0 ‘zbekiston Respublikasi tibbiyot
amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilmagan tibbiy texnika va tibbiy ashyolar
hamda tashhis vositalarini ishlab chiqarish, sotish va olib kirish,
ulardan
foydalanishni ta’qiqlash haqida yuqori tashkilotlarga xabar berish;
- tibbiy texnika, tibbiy ashyolar va tashhis vositalarini ishlab
chiqarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni keltirib chiqaruvchi
sabablarni bartaraf etish borasida takliflar kiritish.
103
Qo'mita ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida tegishli soha
mutaxassislaridan tashkil topgan ekspertlar guruhlari tuzib o‘z ish
faoliyatini yuritadi.
Dostları ilə paylaş: