M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorida dori vositalarini



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorida dori vositalarini
qalbakilashtirish muammosi va uning holati
XX asr oxirida Butun jahon hamjamiyati farmatsevtik bozorga qalbaki 
dori vositalarining kirib kelishi kabi katta muammoga to‘qnashdi. 
Qalbakilashtirish to‘g'risidagi birinchi ma’lumotlar Jahon SogMiqni 
saqlash tashkiloti tomonidan 1982-yilda aniqlangan. Dori vositalarini 
qalbakilashtirish muammosi hozir butun dunyo uchun dolzarb bo'lib 
turibdi. Xalqaro farmatsevtik 
ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi 
ma’lumotlariga ko‘ra, qalbakilashtirilgan dori vositalari rivojlangan 
mamlakatlar farmatsevtik bozori ulushining 5-8% ini tashkil etadi.
Bundan 6 - 8 yil avval dori vositalari sifatining kuchli nazorati tashkil 
etilgan O‘zbekiston Respublikasini ham dori vositalarini qalbakilashtirish 
muammosi chetlab o'tmadi. Birinchi qalbaki dori vositasi to‘g ‘risidagi 
ma’lumot 1998-yil Krasnoyarskning “Krasfarma” farmatsevtik zavodi 
ishlab chiqargan, qon o‘mini bosuvchi qalbaki “Poliglyukin” dori vositasi 
asosida aniqlangan. O ‘zbekiston Respublikasi SSV ma’lumotiga ko‘ra 
qalbaki dori vositalar miqdori 1998-yilga nisbatan bir necha marta oshgan.
126


Hozir 0 ‘zbekiston farmatsevtika bozorida barcha farmakoterapevtik 
guruhlar bo‘yicha qalbaki dori vositalari aniqlangan. Ularni aniqlash 
ko‘rsatkichlari o’rtacha quyidagi guruhlar asosida taqsimlanadi:
- antibakterial vositalar - 47,8%;
- me’da-ichak tizimiga ta’sir qiluvchi dori vositalari - 13,5%;
- analgetiklar - 10,9%;
- to‘qimalar almashinuviga ta’sir qiluvchi vositalar - 9,5%
- zamburugMarga qarshi vositalar - 7,7%
- gormonal vositalar - 5,6%
- boshqa dori vositalari - 5%
Dori vositalarini qalbakilashtirish muammosi ko‘lamlari haqida
ma’lumotlar hozircha yetarli emas. Hozir bu muammo rivojlangan 
mamlakatlar bilan bir qatorda, rivojlanib kelayotgan mamlakatlarga ham 
ta’sir qilmoqda. Bu muammo ko’proq dori vositalarini ishlab chiqarish, 
importi, tarqatilishi, yetkazib berish tizimining tartibga solinishi va 
nazorati kuchsiz bo’lgan mamlakatlarda ko’proq kuzatiladi.
Qalbaki dori vositalari miqdorining ko'payishiga bir qancha omillar ta’sir 
qiladi. Bu omillar yaxshilab o‘rganib chiqilib, muammoni Davlat miqyosida 
belgilab, dori vositalarini taqsimlash tizimida qalbakilashtirishning oldini olish 
bo’yicha 
samarali 
dasturlar 
ishlab 
chiqilishi 
kerak. 
Quyida
qalbakilashtirilishga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillar keltirilgan:
-qonun bazasining yetarli emasligi. Har bir mamlakatda dori vositalari 
qalbakilashtirilishining oldini olish va bu muammoni bartaraf etishga 
qaratilgan qonunlar mavjud bo’lishi kerak. Agar dori vositalarini ishlab 
chiqarish va sotish jarayonlarini nazorat qiluvchi qonunlar yetarli boMmasa 
yoki umuman yo‘q bo'lsa, qalbakilashtirish jazosiz qolishi mumkin. 
-amaldagi qonunlarning yetarli darajada qo’llanilmasligi.
Mavjud qonunlarning so‘zsiz bajarilishi yo’lga qo’yilmaganligi 
qalbakilashtirish kabi jinoyatlarning sodir bo‘lishiga olib keladi, chunki bu 
holda jinoiy javobgarlik yoki jazodan qo’rqish hissi bo‘lmaydi.
-jazo sanktsiyalarining kuchsizligi.
Dori vositalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jazo 
sanktsiyalari yumshoqligi yoki umuman jazolanmasligi qalbakiiashtirishga 
olib keladi.
-k o ‘p sonli vositachilar ishtirokidagi kelishuvlar.
Mahsulot ko‘plab vositachilar yoki rasmiy kelishuvlardan o‘tsa va 
nazorat 
tizimi 
yetarli 
bo'lmasa, 
bu 
holatda 
dorilarni 
qalbakilashtiruvchilarga bozorga o'z mahsulotlarini kiritishga qulay 
imkoniyat yaratiladi.
1 2 7


-talabning taklifdan yuqoriligi.
Dorilarga talabning taklifdan ustunligi qalbakilashtirishga olib 
keluvchi omil hisoblanadi. Chunki, bu holatda qalbaki mahsulotni ishlab 
chiqarish va sotish katta foyda olish imkonini beradi. Ba’zan dorilarga 
talabning ortishi dorilarning kerak bo‘lmagan hollarda ham iste’mol 
qilinishi tufayli yuzaga keladi.
-narhlarning yuqoriligi.
Dorilar narxining yuqoriligi va narxlar orasida katta farq bo'lishi 
arzonroq qalbaki dori vositalarini bozorga kiritish imkonini beradi;
-dorilarni noqonuniy ishlab chiqarilishining mukammallashuvi.
Dori vositalarini ishlab chiqarish va qadoqlash uchun taklif 
etilayotgan murakkab zamonaviy asbob-uskunalarning paydo boMishi 
qalbaki dorilarni haqiqiylaridan farqlashni murakkablashtirdi. Chunki, bu 
holat dorilarni qalbakilashtiruvchilarga haqiqiy dori vositalariga aynan 
o‘xshash bo‘lgan qalbakilarini chiqarish imkonini berdi;
-manfaatdor tomonlar orasidagi samarasiz hamkorlik.
Ulgurji ta'minotchilar va ishlab chiqaruvchilarning tegishli nazorat 
organlariga dori 
vositalarini 
qalbakilashtirish 
holatlari 
to‘g‘risida 
ma’lumotlarni berish istagining yo4]ligi milliy hokimiyat organlariga 
ushbu faoliyatni to‘xtatishga imkon bermayapti.
-eksport qiluvchi mamlakatlar tomonidan va erkin savdo zonalarida 
nazoratning mavjud emasligi;
Eksport uchun ishlab chiqariladigan farmatsevtik vositalar mazkur 
mamlakat o‘zi uchun ishlab chiqargan dori vositalariga qabul qilingan 
standart 
bo‘yicha 
nazorat 
qilinmaydi. 
Bundan 
tashqari, 
xorijiy 
mamlakatlar uchun modjallangan dorilar nazorati kuchsiz bo‘lgan erkin 
savdo zonalari orqali eksport qilinadi. Bu esa shu zonalarda qayta 
qadoqlash va yorliqlash imkonini beradi. Natijada qalbaki dorilar savdosi 
ko'payadi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin