- yilning har choragida dorixonalarda tozalangan suv, tez eskiruvchi va
noturg‘un vositalar sifatini nazorat qiladi.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun laboratoriya talabga javob
beruvchi ish joylariga ega va zamonaviy asbob-uskunalar bilan
jihozlangan bo‘lishi kerak. Nazorat-tahlil laboratoriyalarining asosiy
xonalariga quyidagilar kiradi:
- analitik zal - kimyoviy tahlillami o ‘tkazish uchun mo‘ljallangan
asosiy ishlab chiqarish xonasi. Analitik zal analitik stollar, mo‘rili
javonlar, titrlangan
eritmalar uchun aylanma taglik, ¡dish va reaktivlar
saqlash uchun javonlar. shtativlar, oMchov idishlari va h.k. bilan
ta’minlangan bo‘ladi;
- o‘lchov xonasi - analitik tarozilar bilan jihozlangan bo‘ladi;
- fizik-kimyoviy tahlil asboblari xonasi (optika xonasi) - refraktometr,
fotokolorimetr,
potentsiometr, spektrofotometr va boshqa asboblar bilan
jihozlangan bo‘ladi;
- biologik tahl il o'tkazish xonasi yoki mustaqil boks (katta
laboratoriyalarda mavjud);
- idishlar, byuretkalar , pipetkalami yuvish xonasi;
- laboratoriya mudiri xonasi. Bu xonada dori vositalari yo‘riqnomalari
kartotekasi, so‘rovnomalar va maxsus
adabiyotlar uchun javonlar, tahlillar
bo‘yicha qo‘llanmalar kartotekasi joylashgan boMadi;
- uslubiy xona (katta laboratoriyalarda);
- xodimlar xonasi;
- tez alangalanuvchi moddalami saqlash va tez portlovchi suyuqliklar
g ‘amlamasi uchun omborxona.
Dostları ilə paylaş: