Madaniy zona umurtqali hayvonlarini biologiyasi va ekologiyasi
3. Hayvonot olamini himoya qilish choralari. Hayvonlarni muhofaza qilib, ularning tabiatdagi muvozanatini saqlab qolish, turi va miqdori kamayib ketayotgan hayvonlarni qayta ko'paytirish uchun qo'yidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak:
1. Ovchilik va baliq ovlashni tartiga solish – bu hayvonlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va takror ishlab chiqarishdagi eng muhim tadbirlardan biridir.
2. Qo'riqxona va zakazniklar – turi va soni kamayib ketayotganhayvonlarni muhofaza qilish va qayta tiklashda juda katta rol o'ynaydi. Chunki qo'riqxonalarda ma'lum tabiiy maydonlarda tabiat komponentlarini, asosan hayvonlarni tabiiy holicha saqlab qolinadi yoki insonning ta'siri natijasida turi va soni kamayib ketgan hamda ketayotgan hayvonlar (tuvaloq, suvsar, qunduz, los, zubr, xongul bug'usi, sayg'oq, chipor bug'u, qulon va b.q.) ko'paytirilib, so'ngra boshqa joylarga tarqatiladi. Bulardan tashqari qo'riqxonalarda noyob hayvonlarni seleksiyasi yaxshilanadi, yashash sharoitlari va biologiyasi o'rganiladi, biotexnik tadbirlar amalga oshirilib, ularga qo'shimcha ravishda qishda ozuqa tayyorlanadi, in va uya qo'yishlari uchun joylar ajratiladi, ov qilish taqiqlanadi va oqibatda hayvonlar tez ko'payib, qayta tiklanadi.
3. Hayvonlar yashaydigan joylarning ekologik sharoitini yaxshilash hayvonlarni muhofaza qilishning muhim choralaridan biridir. Hayvonlar yashaydigan joyning ekologik sharoitini yaxshilashning eng muhim yo'li bk biotexnik tadbirlardir. Biotexnik tadbirlarga qo'yidagi ishlar kiradi: qishloq xo'jalik ishlarida, o'rmonlarni kesishda, hayvonlaruchun ozuqa va muhofaza bo'ladigan maydonlarni qoldirish; hayvon va qushlar yashaydigan joyi va uyalarning atrofiga o'simliklardan himoya qilish polosasini tashkil etish va yangi yashaydigan joylar, uyalar qurish.
4. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida erlardan foydalanish jarayonidan hayvonlar uchun tabiiy fitosenozlar qoldirish ham ularni muhofazasiga qaratilgan chora-tadbirlardir. Ko'pgina mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Polsha kabi davlatlarning tajribalari shuni ko'rsatadiki, qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan erlar (madaniy landshaftlar) orasida hayvonlarni yashashi uchun tabiiy fitosenozlarni – to'qayzorlar, o'tloqlar va o'rmonlarni saqlab qhamda zovurlar, jarlar, kanal va ariqlar atrofida o'rmon polosalari tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
5. Hayvonlarni tabiiy ofatlardan saqlash. Bunda suv toshqini, jala, bo'ron, qo'rg'oqchil va qattiq sovuq bo'lganda Hayvonlarga yordam ko'rsatiladi.
6. Hayvonlarni akklimatizasiya va reakklimatizasiya qilish – ularni muhofaza qilib, qayta tiklashda juda katta rol o'ynaydi.
Akklimatizasiya (iqlimlashtirish) – ma'lum bir hayvon turining yangi tabiiy sharoitga, xususan yangi iqlimga, ya'ni yangi hayot sharoitiga moslashishdir.
Reakklimatizasiya – qayta iqlimlashtirish bo'lib, o'tmishdama'lum regionda ko'plab yashagan, so'ngra noyob bo'lib qolgan hayvonlarni ko'paytirib, o'sha territoriyaga qayta moslashishdir.
Nerv to’qimalari jami bir butun bo’lib, organizmda yuqori darajada ixtisoslashgan va takomillashgan murakkab nerv sistemasini tashkil etadi. bu sistema har qanday tashqi va ichki ta'sirni qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga etkazib berish va u erda analiz-sintez jarayonida hosil bo’lgan javob impulsini (reaksiyasini) harakat organlariga etkazib berish kabi o’ta murakkab vazifani bajaradi. Demak, nerv sistemasi orqali organizmda doimo tashqi va ichki muhit bilan uzluksiz bolanish bo’lib turadi.
Ma'lumki, organizmning tashqi va ichki organlarida har xil ta'sirni qabul qiluvchi appartlar-reseptorlar joylashgan. tashqi ta'-sirni qabul qiluvchi reseptorlar eksteroreseptorlar, ichki ta'sirni qabul qiluvchi reseptorlar interoreseptorlar deyiladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, tashqi va ichki reseptorlar qabul qilgan ta'sir impuls tariqasida markazga intiluvchi nerv (afferent) hujayralari (neyronlar) orqali tezda markaziy nerv sistemasiga (MNS) etkazila-di. U erda analiz-sintez qilinib, javob impulsi harakat neyronlari, ya'ni markazdan qochuvchi (efferent) neyronlar orqali harakat organlariga (muskul yoki bezlarga) etkaziladi.
Shundan keyin bu organlar qisqaradi yoki bo’shashadi, bezlari esa mahsulot (sekret) ishlab chiqaradi.
Hayvonlar tashqaridan qabul qiladigan impulslarning analiz-sintezi bilan atrof-muhitda o’zining turgan joyi va yo’nalishini aniqlab oladilar. Odam esa dunyo sirlarini chuqur o’rganib chiqib, o’rgangan narsa-hodisalarni amalda qo’llaydi.
Nerv to’qimasi tarkibida faqat sezuvchi (markazga intiluvchi) va harakat (markazdan qochuvchi) nervlari uchrab qolmay, balki uchinchi guruh-oraliq (assositiv) neyronlar ham uchraydi. Ular bir neyrondan ikkinchi neyronga impuls o’tkazish vazifasini bajaradi. Masalan, impulsni ular afferent neyrondan efferent neyronga o’tkazishi mumkin.
Umuman olganda, nerv to’qimasi ikkita katta tarkibdan: o’ziga xos vazifani bajaruvchi nerv hujayralaridan (1) va to’qimada tayanch, trofik, sekretor, himoya vazifalarini bajaruvchi bir necha xil neyrogliyadan (2) tashkil topgan. Bular hammasi bir butun holda organizmda morfologik va funksional jihatdan yaxlit nerv sistemasini tashkil etadi.
Nerv hujayrasi (neyrosit yoki neyron) nihoyatda ixtisoslashgan murakkab morfologik tuzilishga ega bo’lib, har xil tashqi va ichki ta'sirni qabul qilib, uni impulsga aylantirish va hujayra o’simtalari orqali uzatib berish xususiyatiga ega. Neyron sitoplazma va yadro qismlarini tashkil etuvchi tanasi, ya'ni perikariondan hamda bir nechta o’simtalardan tarkib topgan. Ayniqsa uning o’simtalari juda ko’p bo’lib, ulardan bittasi uzun bo’ladi, mana shu uzuni akson yoki neyrit deyiladi. Neyrit orqali hujayra tanasidan boshqa nerv o’simtasiga yoki harakat organlariga impuls o’tkaziladi. Aksonning uzunligi bir nechp mikrondan 1-1,5 metrgacha bo’lishi mumkin. Uning yo’on-ingichkaligi butun uzunligi bo’ylab bir xil. ayrim vaqtlarda u yon tomonlarga o’simtalar chiqaradi, ularga yon kollateral o’simtalar deyiladi. Neyronning qolgan qsimtalari kalta bo’lib, ular dendritlar deyiladi. Dendritlr, odatda, hujayra tanasidan yo’on bo’lib chiqib, uchiga tomon ingichkalashib boradi. Ular ikkinchi nerv hujayrasi o’simtalari bilan tutashib, sinapslar hosil qiladi. Sinaps ikkita neyron o’simtalarining bir-biri bilan tutashgan qismidir. Ular impulsni bir neyrondan ikkinchi neyronga o’tkazish funksiyasini bajaradi. Ayrim vaqtlarda dendritning uchlari ta'sirni qabul qiladigan reseptorga aylanib, ta'sirni qabul qilishda ishtirok etadi.
Odam va hayvonlar organizmida uchraydigan neyronlar o’zidan chiqaradigan o’simtalarning soniga qarab quyidagilarga bo’linadi:
Unipolyar (lotincha unus-bir degani)-bir qutbli, ya'ni bir o’simtali neyronlar.
Bipolyar (lotincha bi-ikki degani)-ikki qutbli, ya'ni ikki o’simtali neyronlar.
Multipolyar (lotincha mulfum-ko’p degani)-ko’p qutbli, ya'ni ko’m o’simtali neyronlar.
Unipolyar neyronlarning tanasidan, odatda, bitta o’simta chiqadi. Ular qatoriga dendrit o’simtalari paydo bo’lmaydigan neyroblast hujayralari kirishi mumkin. Unipolyar neyronlar asosan umurtqasiz hayvonlar organizmida uchraydi. Odam tanasida esa bunday neyronlar bo’lmaydi.
Bipolyar neyronlar qarama-qarshi qutblaridan ikkita o’simta chiqaradi. Bittasi akson, ikkinchisi lenlrit vazifasini bajaradi. Bipolyar neyronlar ham odam organizmida kam uchraydi. Ular faqat ko’zning to’r pardasida, ichki quloqning spiral gengliyasida hamda hid bilish organlarida uchraydi. Bipolyar neyronlar ko’proq hasharotlar terisida bo’ladi. Ayrim adabiyotlarda psevdounipolyar neyronlar qatoriga qo’shib o’rganiladi. Bu yodda tutish kerak. Psevdounipolyar neyronlar tanasidan, odatda, bitta o’simta chiqib, so’ng u «T» harfi singari ikkiga ajraladi. Lekin o’simtaning o’zagi bitta bo’ladi. Shaning uchun ularni psevdounipolyar deyiladi. O’simtalarning bittasi dendrit vazifasini bajarsa, ya'ni ta'sirni qabul qilsa, ikkinchisi akson vazifasini o’taydi, ya'ni ta'sirni markazga etkazib berishda ishtirok etadi.
Multipolyar ya'ni ko’p qutbli (tarmoqli) neyronlardan har tomonga qarab bir nechta o’simta chiqadi. Ularning bittasi, odatda, uzun bo’lib, akson vazifasini bajarsa, qolganlari mayda, kalta bo’lib, dendrit rolini o’ynaydi. Multipolyar neyronlarga orqa miyaning barcha harakat neyronlari kiradi.
Nerv hujayrasi morfologik tuzilishiga ko’ra, tana, ya'ni perikarion va o’simtalardan tashkil topgan. Tana qismi yadro, sitoplazma, organoidlar va o’ziga xos kiritmalardan iborat. O’simtalari esa akson va dendritlardan iborat. Yadrosi, odatda, yumaloq yoki oval shaklda bo’lib, har bir hujayrada bitta bo’ladi, kamdan-kam ikkita yoki ko’p yadroli nerv hujayralari uchraydi. Masalan, prostata bezining nerv sistemasini tashkil qiluvchi neyronlarda ko’p yadroli nerv hujayralari bor. Ularning soni 15 tagacha etadi. Neyronlarda intensiv ravishda fiziologik jarayonlar kechishi natijasida yadro tarkibida xromatin moddasi kamroq bo’ladi. Bitta yoki ikkita RNK ga boy yadrochaga ega. Sitoplazmasi (neyroplazmasi) tarkibida hamma organoidlar va spesifik hujayra kiritmalari: mitoxondriylar, endoplazmatik to’r, Golji kompleksi (apparati), sentrosoma, lizosoma, neyratubula va neyrofilimantalar, spesifik elementlardan-neyrofibrillalar va tigroid moddalar uchraydi.
Quruqlikda yashashga oʻtish bilan Suvda va quruqlikda yashovchilarning tuzilishi balikdarga nisbatan takomillashgan, xususan, skeletning tayanch vazifasini bajarishga oʻshii bilan uzun naysimon suyaklar paydoboʻlishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Quruqpikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ — oʻpkaning rivojlanishiga, qon aylanishi, nerv sistemasi va sezgi organlarining takomillashuviga olib kelgan.
Shuning bilan birga Suvda va quruqlikda yashovchilar skeletida togʻayning koʻp boʻlishi, nafas olish, qon aylanishi, ayirish, nerv sistemasi va boshqa organlarning sodda tuzilganligi, lichinkasining yon chiziqlari, dumi, yuragining 2 kameradan, qon aylanish sistemasining bir doiradan iboratligi ularni quruqlikda yashovchi eng sodda tuzilgan umurtqali hayvonlar ekanligini koʻrsatadi. Koʻpchilik Suvda va quruqlikda yashovchilarning hayoti voyaga yetgan davrida ham suv bilan bevosita bogʻliq.
Suvda va quruqlikda yashovchilar yuqori devon davrida qadimgi panja qanotli baliqlardan kelib chiqqan; ular baliqlar bilan haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar (amniotlar) oʻrtasida oraliq oʻrinni egallaydi. Stegotsefallar deb atalgan qadimgi Suvda va quruqlikda yashovchilar bosh qutisi skeleti 1 m gacha boʻlgan. Ular karbonning oʻrtalarigacha quruklikda yashovchi yagona umurtqalilar boʻlgan. Karbon davri oxiridan boshlab quruqlikda sudralib yuruvchilar hukmronlik qila boshlagan. Hozirgi sudralib yuruvchilar yura davridan maʼlum.