Tayanch iboralar:
kamtarlik, biznesmenlarga xos fazilatlar.
Nazorat savollari:
1.
Kamtarlik – bu nima?
2.
Kamtar va madaniyatli biznesmenlarga qanday fazilatlar xos bo’ladi?
3.
Siz biladigan kamtar kishilarga qanday xususiyatlar xos?
7. Biznes korxonalarida o’zaro munosabat qilish qoidalari
7.1. Bir–birlariga murojaat qilish shakllari
Xalqaro
tajribada xizmat korxonalarida, shu jumladan biznes
korxonalarida, xamkasblar bir–birlariga murojaat
qilishda uning asosiy
quyidagi shakllaridan foydalanishadi: “sen”, “siz” va neytral shaklidan.
Lekin hamma mamlakatlarda ham murojaat qilishning barcha shakllaridan
foydalanishavermaydi: ba’zilarda faqat bitta, ba’zilarida
esa uchta shakli
ham ishlatiladi. Masalan, Angliyada faqat bitta “sen” shaklidan, Polsha,
Shvesiya va Fransiyada kattalarga va boshqalarga murojaat qilishda uning
uchinchi neytral shakllaridan (pani, madam) ham foydalanishadi.
Dunyoning qolgan aksariyat mamlakatlarida hamkasblar bir–birlariga
murojaat qilishda uning faqat “sen” va “siz” shakllarini ishlatishadi.
Bundan O’zbekiston xizmat korxonalarining xodimlari ham istisno emas.
Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish lozimki,
aksariyat Yevropa
mamlakatlarida, shu jumladan Rossiya Federasiyasida hamkasblar
o’zlarining tengqurlariga yoshi kichiklarga va o’ziga yaqin kishilarga va
yoshi, jinsidan qat’iy nazar, shu jumladan ota–onalariga, murojaat qilishda
uning “sen” shaklidan foydalanishadi.
Shuning uchun ham Yevropa
mamlakatlarida murojaat qilishning “sen” shakli “siz” shakliga nisbatan
keng tarqalgan.
O’zbekistonda murojaat qilishning ikkala
shakli ham ishlatilishiga
qaramasdan uning “siz” shaklidan ko’proq foydalanishadi. O’zbekiston
xizmat korxonalarida yoshi ulug’, obro’li, mansabdor hamda notanish
kishilarga murojaat qilishda uning “siz” shaklidan keng qo’llaniladi.