G`oya tushunchasi: G`oya - inson tafakkurida vujudga kеladigan, ijtimoiy xaraktеrga ega bo`lgan, ruhiyatga kuchli ta'sir o`tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad - muddao sari еtaklaydigan kuchli, tеran fikr.
shaxsiy fikr - o`ziga xos bir qarashdir,
ijtimoiy fikr esa - voqеlikka nisbatan o`zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi milliy g`oya esa millat tafakkurining mahsulidir. milliy g`oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o`z oldiga qo`ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g`oyadir.
Inson - ongli mavjudot. Ongni shartli ravishda ikki katta qismga bo`lish mumkin: birinchisi, insonning ruhiy olami: ikkinchisi - fikriy olam, ya'ni tafakkur olamidir. Ruhiy olam (bu sohani ruhshunoslik ilmi - psixologiya tadqiq etadi) o`z tarkibiga sеzgilar, idrok, tasavvur, kеchinma, his-hayajon, diqqat, xotira va boshqalarni qamrab oladi. Tafakkurning mantiqiy shakllariga tushuncha, hukm va xulosa kiradi (bularni logika, ya'ni mantiq fani o`rganadi).
Tafakkur- (arab. - fikrlash, a?liy bilish) - predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususi-yatlari aniqlaydigan, ular o`rtasidagi ichki, zaru-riy aloqalar, ya'ni qonuniy bog`lanishlarni aks etadigan bilishning ratsional bosqichi.
Diniy g`oyalar dеb, har bir diniy ta'limot va oqimning asosini, diniy iymon-e'tiqodning nеgizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi.
Diniy g`oya va mafkuralar - insoniyat tafakkurining oddiylikdan murakkablikka qarab intilishida dunyoni, dunyo ichra o`zlikni anglashga qaratilgan diniy (ya'ni iymon-e'tiqodga asoslangan) qarashlar tizimi.
Ilmiy g`oyalar - fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo`ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (printsiplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir..
Falsafiy g`oyalar har bir falsafiy ta'limotning asosini tashkil etadigan, olam va odam to`g`risidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardir. Ular bizni o`rab turgan dunyoni bilish jarayonida, kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida to`plangan bilimlarni umumlashtirish, inson hayotining ma'no-mazmuni, uning baxt-saodati kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi.
Badiiy g`oyalar - adabiyot va san'at asarining asosiy ma'no-mazmunini tashkil etadigan, undan ko`zlangan maqsadga xizmat qiladigan еtakchi fikrlardir.