Maftunaning



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/30
tarix02.01.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#40354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
biologiya va inson hayotiy bolimi

  O ` z b e k i s t o n  

 

t e r r i t o r i y a s i n i n g  

m i n t a q a l a r g a  

 

b o ` l i n i s h i .                                                              

( Q o r a q o l p o g ` i s t o n   b i l a n   b i r g a )  

 

Mintaqalar 

Ming ga 

                % 

Cho`l 


27594,8 

61.16% 


Adir 

2479,7 


9,5% 

Tog` 


961,9 

2,13% 


Yaylov 

701,8 


1,55% 

Ekin ekiladigan yerlar 

11577,7 

25,66% 


      JAMI    

45115,9 


100% 

                               

 

 


 



                              Cho`l     mintaqasi.    

Ekstraarid  cho`l  mintaqasi  butun  respublikamiz  teritoriyasining  61,6%  ni  tashkil 

etadi.  Cho`l  mintaqasi  dengiz  sathidan  500-600  m  gacha  bo`lgan  balandlikda 

joylashgan.  bunday  yerlar  asosan  O`zbekistonning    g`arbiy  qismidagi  Qizilqum 

cho`llarining  ancha  qismini,  Amudaryo  deltasining  barcha  maydonini,Ustuyrt 

tekisliklari  va  Qarshi  va  Surxon  cho`llarni  o`z  ichiga  oladi.Bu  mintaqada  asosan 

O`zbekistonning  g`arbiy  qismidagi  Qizilqum  cho`lining  ancha  qismini,Amudaryo 

deltasining  barcha  maydonlarini  ,Ustuyrt  tekisliklarini  hamda  Kimerikum,Qarshi 

va Surxon cho`llarini o`z ichiga oladi .Bu mintaqadaasosan kserofit,ya`ni quruq va 

issiq yoz sharoitiga moslashgan o`simliklar o`sadi.cho`l mintaqasi respublikamizda 

juda  ko`pmaydonni  egallaydi.Cho`llarning  tuprog`I  uch  hil:a)sho`rxor    tuproqli 

cho`l (tuz konlari , sho`rhor yerlar,taqirlar, sho`rdan bo`rtgan yerlar) tipi ,b) qumli 

cho`l  (qum,qumloq,  oq  qumlar,  uchib  yurivchi  qumli  yerlar  )  tipi,v)gipsli  cho`l 

(mayday  tosh  aralash  karbonatli  yerlar)  tuproq  tiplaridan  iborat.  Cho`l 

mintaqasining  turli hil tuproqdan iboratligi  undagi o`simliklarni ham turli tuman  

bo`lishiga  sabab  bo`lgan.Masalan  sho`rxor  tuproqli  ylarda  sho`r  o`simliklar,qum 

tuproqli  yerlarda  qumda  yaxshi  o`suvchi  ksereofit  o`simliklar,  gipsli  yerlarda  shu 

sharoitga moslashgan ba`zi o`simliklar o`sadi. 

Ekstrarid  (o`ta  issiq)  iqlimli  cho`l  mintaqasida  harorat  juda  yuqori 

bo`lib,yozda+40,  +45  C*  ga  yetadi.Yozda  kunlarning  juda  isishi  , 

yog`ingarchilikning  butunlay  bo`lmasligi  ,kuchli  issiq  shamollarning    esib 

turishi,bulutli  kunlarning  butunlay  bo`lmaslgi  bilan  xarakterlanadi.Cho`l 

mintaqasida  yillik  namlik  120-200  mm  ni  tashkil  etadi.  Yozda  4-5  oygacha  bir 

tomchi  ham  yog`in  tushmaydi.Shu  sababli  havoning  absolute  namligi  iyulda 

30%ga  zo`rg`a  yetad.Cho`llardan  esadigan  issiq  havo  oqimini hech  qanday  to`siq 

qaytara  olmaydi  va  u  boshqa  nam  havo  bilan  qo`shilmaydi.Cho`l  mintaqasi 

sho`rxoq  ,  qum,  gips  vas  oz  tuproqli  yerlardan  iborat.  Bu  mintaqaning  iqlimi 

,o`simliklari va tuprog`I tuli tuman bo`lganligi sababli u ikki qismga : pastki cho`l 

va yuqori  cho`lga bo`linadi. 

 

 



 

KOVRAK          Asosan  qumliklar,  cho'llar,  adirlar  va  tog'oldi  hududlarida  o'suvchi 

sassiq kovrak o'simligining bo'yi 1.0-1.5 metrgacha yetadi

uning  yo'g'on  ildizi,  tuproqning  1.5  metr  chuqurligigacha 

kirib  boradi.  Shakli  silindrsimon,  bochkasimon  yoki 

tuxumsimon  bo'lishi  mumkin.  Bu  o'simlikning  poyasi  tik 

o'suvchi,  ichi  biroz  g'ovak,  yuqori  qismidan  shoxlangan, 

asosan  bir  genertiv  novda  hosil  qilib  7-9  yilda  bir 

marotaba  gullab,  urug'lab  keyin  nobud  bo'ladi.  Barglari, 

yumshoq, tez so'liydigan, ustki tomoni tuksiz, pastki qismi 

esa  biroz  tukli,  ildiz  bo'g'zidagilari  qisqa,  yo'g'on  bandli, 

poyadagilari  maydaroq  bo'lib,  uchki  qismdagilari  faqat 

barg  novini  hosil  qiladi.  Ildiz  bo'g'zidagi  barglarning 




 



shakli    piramidasimon,  barg  plastinkasi  ikkilamchi  qirqilgan,  barg  bo'laklari 

lansetsimon,  chekkalari  tekis  bo'lib,  uzunligi  14-18,  eni  5-7  santimetrga  yetad. 

Poyadagi  barglar  yuqoriga  qarab  maydalashib  boradi,  eng  uchdagilari  faqat 

bargqinidan 

(novdan) 

iborat. 


Kovrak 

vegetatsiyasini 

fevral 

oyining 


oxiridanboshlaydi.  Mart,  aprel  oyida  gullab,  mayning  oxirida  urug'laydi.  Mevasi 

may  oyining  oxiri  va  iyun  oyining  birinchi  yarmida  pishib  yetiladi.  Urug'lar 

yetilgach,  hasharotlar,  qushlar  va  shamol  yordamida  tarqaladi.  Kovrak  tarkibida 

efir  moylari,  smola  (elim),  uglevodlar  va  boshqa  biologik  faol  moddalar  mavjud. 

Tibbiyotda  ishlatiladigan  yelim-smola  tarkibi  efir  moylari,  unga  qo'lansa  hid 

beruvchi organik sulfidlar, pinen va terpenoidlar, kumarin va boshqa birikmalardan 

iborat.  Kovrak  ildizidan  qirqish  yo'li  bilan  ajratib  olingan  yelim-smola  kina, 

asafetida,  sapagen,  al`banum,  sumbul,  ammoniakum  kabi  turli  nomlar  bilan 

qadimdan tibbiyotda keng qo'llanilib kelingan. 

QORASAKSOVUL-(Halahulon apholu lijin) 

Sho`radoshlar  oilasidan  bo`lib,  bo`yi  3  -5  m  diometri  60  -80  sm  ga  yetadigan 

daraxt.  Uning  bir  yillik  novdalari  juda  ham  sersuv,  bo`g`imli  va  yashil  rangda 

bo`lib, barg vazifasini bajaradi. Barglari yoqolib ketgan va mayday tangalar bilan 

almashgan.  Qorasoksovul  aprel  –may  oylarida  ko`karadi  va  gullaydi  gullari 

ko`rimsiz,  juda  mayday  bo`ladi.  Uning  mevasi  oktabr  oyida  pishadi  mevalari 

qanotchali  bo`lib,  eni  bir  sm  yetadi.  Tashqi  tomondan  gulag  o`xshaydi.  U 

urug`idan yaxshi unadi. U rugini sho`rxok qum tuproqli yerlarga kuzda (noyabrda) 

yoki erta bahorda(fevralning oxiri mart oyida) ekish mumkun. Qorasoksovul sho`r 

tuproqda  yaxshi  o`sadi  shuning  uchun  bazan  sho`rxok  saksaul  deyishadi.  Tanasi 

ko`ndalangiga kesilsa, unda 150 dan ortiq yillik halqalar ko`ramiz. U bir yilda bir 

necha yillik halqalar hosil qiladi.o`simlik 30-35 yilda to`liq voyaga yetadi . 50-60 

yildan  keyin  quriy  boshlaydi.  Agar  5-6  yillik  eski  novdalari  kesib  olinsa  ham 

ildizidan  yana  ko`karadi.  Chorva  uchun  to`yimli  ozuqa  ,  yog`ochi  ogir  tez 

sinuvchan  ,  usti  to`q  kulrang  po`stloq  bilan  qoplangan  ,  chirigan  poyalari  eng 

yaxshi yoqilg`i bo`lib, undan ko`mir tayyorlanadi. 




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin