Magistratura mutaxassisligiga kirish sinovlari uchun maxsus fanlardan



Yüklə 118,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix24.12.2023
ölçüsü118,43 Kb.
#191548
1   2   3   4   5   6   7
15) 5A234101 – RAQAMLI IQTISODIYOT

 
 


Iqtisodiy tahlil va audit fani bo’yicha:
 
Iqtisodiy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shakllanishi. Iqtisodiy 
tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni. Iqtisodiy tahlilning metodi va unda 
qo’llaniladigan an’anaviy usullar. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari va 
iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil etish. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini 
ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish usullari.Korxonalar moliyaviy faoliyatini 
tahkil qilish usullari. Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari. O’zbekiston 
Respublikasida auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari. Auditorlik tekshiruvining 
turlari va shakllari. Auditorlik tekshirishni rejalashtirish. Auditorlik tekshiruvining 
yakuniy bosqichi. 
Buxgalteriya hisobi fani bo’yicha: 
 
Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari. Buxgalteriya balansi, 
schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv.Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi. 
Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va materiallar hisobi. Mehnat va unga haq 
to’lash hisobi. Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot 
tannarxi hisobi. Tayyor mahsulot va uning sotilishini, soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlarni hisobga olish.Kapital fondlar va moliyaviy natijalar hisobi. 
Hisobotlarni tuzish va taqdim etish. 
Moliya va soliqlar fani bo’yicha: 
Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bo’lgan ehtiyojining 
rivojlanishi. Tovar-pul, taqsimlash, qayta taqsimlash munosabatlari va moliya.
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul 
munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli 
jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funktsiyalari bilan belgilanishi. 
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ifodalovchi ta’rif. Moliya va moliyaviy 
munosabatlarning xarakterli belgilari. Moliya yordamida ifodalanadigan pul 
munosabatlari. Moliya va YaIM hamda MDni taqsimlash va qayta taqsimlash. 
Zamonaviy iqtisodiyot va davlat moliyasi. Moliya va ishlab chiqarish kuchlari 
taraqqiyotining darajasi. Mamlakat iqtisodi-yotining ahvoli va moliya. Moliyaning 
moddiy mazmuni. Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida. Moliya va baho. Moliya va 
kredit. Moliya va ish haqi. Moliya va soliq. Ularning o’xshash va farqli jihatlari. 
Moliyaning taqsimlash va nazorat funktsiyalari. Ularning o’zaro bog’liqligi.
 
Moliya tizimining sohalari va bo’g’inlari.Moliya tizimining ta’rifi.Moliya 


tizimining sohalari va bo’g’inlari. Davlat moliyasi va mahalliy moliya hamda 
xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasining bo’g’inlari. Moliya tizimining har bir 
sohasi va bo’g’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan 
foydala-nishning o’ziga xos bo’lgan shakllari va metodlarining tegishli ekanligi. 

Yüklə 118,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin