«Mehmonnomai Buxoro», Xondamirning «Habib as-siyar», Zayniddin Vosifiy
«Badoe’ ul-vaqoe’», Mirzo Muhammad Haydar «Tarixi Rashidiy», Hofiz Tanish
Buxoriy «Abdullanoma», Mahmud ibn Valiy «Bahr ul-asror», Xoja Samandar
Termiziy «Dastur al-muluk», Muhammad Yusuf Munshiy «Tarixi Muqimxoniy»,
Mir Muhammad Amin Buxoriy «Ubaydullanoma», Abdurrahmon Davlat «Tarixi
Abulfayzxon» va o‘zbek tilidagi «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»),
Muhammad
Solih «Shayboniynoma», Zahiriddin Bobur «Boburnoma» kabi asarlarning tarixiy
manbaviy ahamiyati.
Bu davrdagi manbalarga Mir Muhammad Salim «Silsilat as-salotin»,
Muhammad Vafo Karminagiy «Tuhfai xoniy», Mir Olim Buxoriy «Fathnomayi
sultoniy», Axmad Donish «Navodir al-vaqoe’», Abduazim Somiy «Tarixi salotini
mang‘itiya», Mirzo Salimbek «Tarixi Salimiy», Muhammad Solih «Tarixi jadidayi
Toshkand», Niyoz Muhammad Xo‘qandiyning «Tarixi Shohruxiy» asarlarining
o‘rganilishi va tarixiy manbaviy ahamiyati.
Mazkur asrlar tarixiga oid eski o‘zbek tilidagi yozma manbalarga esa, muallifi
noma’lum Abulg‘ozi Bahodurxon «Shajarayi tarokima», «Shajarayi turk va
mo‘g‘ul», Munis va Ogahiy «Firdavs ul-iqbol» va Mirzo Olim Toshkandiyning
«Ansob as-salotin» asarlari manba sifaida.
O‘rta Osiyo haqida XVII asrgacha yozilgan Yevropa tillaridagi yozma
ma’lumotlar sayyoh va elchilarning kundaliklari.
Marko Polo, Rui Gonsales de
Klavixo va Antonio Jenkinson kundaliklari. Shuningdek, XVII-XVIII asrlar rus va
yevropa tillaridagi manbalarda O‘rta Osiyo tavsifi I.D.Xoxlovning ma’lumotlarida
(«Kniga Bolshomu cherteju»); B.A.Pazuxin va S.I. Pazuxin ma’lumotlarida; Florio
Benevini axborotida; V.N.Tatishev «Leksikon geograficheskoy i politicheskoy»;
D.Gladishev
va
Muravin
ma’lumotlarida;
F.Yefremov
safarnomasi,
T.Burnashevning O‘rta Osiyoga safari xotiralari; F.Nazarov safarnomasi;
N.Muravev ma’lumotlari; Ye.K. Meyendorf safarnomalarida O‘rta
Osiyo tarixiga
oid ma’lumotlar.
O‘rta Osiyo tarixiga oid rossiya sharqshunoslari tadqiqotlari. “
Turkiston
arxeolog havaskorlari to‘garagi”, “Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiya”si kabi
ilmiy jamolar tomonidan muntazam nashr etilgan to‘plamlar va maqolalar. XIX asr
ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan istilo qilinishi, Turkiston general-
gubernatorligining tashkil etilishi tarixi.
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi materiallari O‘rta Osiyo
tarixiga oid manba. Turkistonni o‘rgangan rus olimlarining asarlari, Turkiston
arxeologiya havaskorlari to‘garagi materiallari tarixiy manba sifatida. Shuningdek,
XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi Turkistonga oid statistik
ma’lumotlar, arxiv materiallar va davriy matbuot («Turkestanskie vedomosti»,
«Turkestanskiy vestnik»va b.) xabarlarining tarixiy manbaviy ahamiyati.
Rossiyadagi fevral inqilobi va Turkistondagi siyosiy jarayonlarni aks
ettiruvchi materiallar, Oktyabr voqealaridan keyin Turkistonda Sho‘rolar hukumati
tashkil topishi va yangi davlat tarixi bilan bog‘liq manbalar, Sovet hokimiyatining
dekretlari, Sovetlar s’ezdlarining qarorlari, partiya tashkilotlarining hujjatlari
manba sifatida. Turkistonda muxtoriyatchilik va istiqlolchilik harakati tarixiga oid
hujjatlar tarixiy ahamiyati. O‘rta Osiyoda milliy chegaralanish siyosati tarixiga oid
hujjatlar, O‘zbekistonning 1925-1941 yillardagi
tarixini yorituvchi manbalar;
qatag‘onlar tarixi aks etgan hujjatlar, 1941-1945 yillar urushi tarixiga oid
materiallar, O‘zbekistonning 1945-1991 yillardagi tarixiga oid statistik to‘plamlar
va ish yuritish hujjatlarining tarixiy ahamiyati.
Mustaqil O‘zbekiston davlatining tashkil topishiga oid tarixiy materiallar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti
devoni nashrlari, O‘zbekiston Oliy Majlis hujjatlari muhim tarixiy
manba. Mustaqillik davri turli hujjatlari, statistik ma’lumotlar, nashr materiallari,
matbuot materiallari va boshqa ma’lumotlar tarixiy manba sifatida. Tarixiy
manbalarni o‘rganish yuzasidan hukumat rasmiy hujjatlari.
Tarixiy manbalarni
to‘plash va saqlash muammolari.
Dostları ilə paylaş: