“O‘ZBEKISTON TARIXI” fani bo‘yicha
O‘zbekiston tarixining fan sifatidagi o‘rni. Uning predmeti va o‘rganish
ob’ekti. O‘zbekiston tarixini o‘rganishning metodologik tamoyillari, uning jahon
tarixi bilan bog‘liqligi. Tarixni o‘rganishda insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy
istiqlol g‘oyasiga asoslanish tamoyillari. I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz
kelajak yo‘q» asarida hozirgi kunda O‘zbekiston tarixining yechilishi zarur bo‘lgan
muammolarining ko‘tarilishi. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish, uni o‘rganishda
moddiy va yozma manbalarning o‘rni va ahamiyati. O‘zbekiston umumjahon
sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri. O‘zbekiston tarixining har tomonlama yetuk,
milliy istiqlol g‘oyasi bilan ko‘rollangan insonlarni tarbiyalashdagi ahamiyati.
Insoniyatning dastlabki ajdodlari, ularning makonlari. Odamzod paydo bo‘lishi
masalasining fanda o‘rganilishi. Eng qadimgi odamlarning turmush tarzi,
mashg‘ulotlari. Ibtidoiy jamiyatning davrlari. Paleolit davri va uning
o‘zlashtirilishi. Urug‘chilik jamoasi - ona urug‘i jamoasining shakllanishi va uning
taraqqiyoti. Mezolit davri makonlari. O‘q yoyning ixtiro qilinishi. Neolit davri
yodgorliklari.
Mehnatning
dastlabki
yirik
taqsimoti,
chorvachilik
va
dehqonchilikning shakllanishi. Neolit davrida hunarmandchilik sohalarining
rivojlanishi. Eneolit davri. Sarazm va Zamonbobo madaniyati. Bronza davrining
xususiyatlari va asosiy yodgorliklari. Bronza davrida hozirgi O‘zbekiston
hududlarida o‘troq dehqonchilik va ixtisoslashgan hunarmandchilik. Patriarxal va
ota urug‘i munosabatlarining yuzaga kelishi. Ibtidoiy tasviriy san’atning paydo
bo‘lishi.
Davlatchilik tushunchasi. Jahonda ilk davlatlar paydo bo‘lishining asosiy
omillari. «Avesto» kitobida qadimiy davlatchilik tariximizga oid ma’lumotlar.
O‘lkamiz hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyatining shakllanishi. Qadimgi
Baqtriya, uning o‘zbek davlatchiligining shakllantirishdagi o‘rni. Qadimgi
Baqtriya davlatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti. Qadimgi Xorazm
haqidagi yozma va arxeologik ma’lumotlar. Qadimgi So‘g‘diyonaning ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy hayoti.
Ahamoniylar davlatining paydo bo‘lishi va ularning O‘rta Osiyo davlatlarini
bosib olishi. Mahalliy aholining Ahamoniylar bosqinchiligiga qarshi ozodlik uchun
kurashi. Ahmoniylar davrida O‘rta Osiyodagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot.
Yunon-Makedon qo‘shinlarining Iskandar Zulqarnayn boshchiligida O‘rta Osiyoga
yurishi. Spitamen boshliq xalq qasoskorlarining jasoratlari. «Avesto»-zardushtiylik
dinining muqaddas kitobi. Navro‘z bayramining shakllanishi. Iskandar
imperiyasining parchalanishi.
Salavkiylar sulolasi. Baqtriya davlatining yunonlar boshqaruvi davridagi
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti. Ellinizm madaniyatining o‘ziga xos
xususiyatlari va uning Markaziy Osiyoga yoyilishi. Farg‘ona vodiysida ilk davlat
tuzilmasining shakllanishi. Dovan davlati. Kushonlar sulolasining siyosiy
hokimiyatni egallashi. Qang‘ davlatining paydo bo‘lishi va uning o‘zbek
davlatchiligi tarixida to‘tgan o‘rni.
Kushonlar davrida mamlakatimizning siyosiy va iqtisodiy hayoti. Kushonlar
davrida madaniy hayot. Urug‘, qabila, elat, xalq va millat tushunchalari. Parfiya
davlatining ijtimoiy iqtisodiy hayoti, Turon zaminida turkiy qavmlarning azaliy
etnos ekanligi. Hozirgi o‘zbek xalkining etnik asosini tashkil qilgan qabila, ellatlar.
Chet ellik bosqinchilar mamlakatimiz tub joy aholisi irsiyatini o‘zgartira
olmaganligi. Ilk o‘rta asrlardagi etnik - madaniy jarayonlar. Turkiy elatlar va
eroniy tilli aholi o‘rtasidagi etnik va madaniy munosabatlar. O‘zbekiston
hududlarida to‘rkiy til va etnik ustunlik vaziyatining yuzaga kela boshlashi.
IX-XII asrlarda qarluqlar, o‘g‘uzlar, qipchokqar, chig‘illar va boshqa turkiy
qavmlarning o‘zbek xalqining etnik shakllanishidagi o‘rni. Eski o‘zbek tiliga asos
bo‘lgan qarluq-chig‘il lahjasining rivojlanishi va yozma adabiy til darajasiga
ko‘tarilishi. Yusuf Xos Xojibning «Kutadg‘u bilig», Mahmud Koshg‘ariyning
«Devoni lug‘otit turk», Xo‘ja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» asarlarining
ahamiyati. Xorazm Ma’mun Akademiyasi va uning faoliyati, XV asr oxiri - XVI
asrlarda O‘rta Osiyoga Dashti Qipchoq elatlarining kirib kelishi, «O‘zbek»
atamasining kelib chiqishi. Sovet istibdodi davrida O‘rta Osiyoda «milliy davlat»
chegaralashining o‘tkazilishi va uning oqibatlari. O‘zbekistonning milliy
mustaqillik davridagi etnik holati va bu sohadagi ijobiy o‘zgarishlar.
Eng qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan millatlararo yo‘llar. Buyuk ipak
yo‘lining shakllanish jarayoni. Ipak yo‘lining rivojlanishida Samarqandning tutgan
o‘rni. Buyuk ipak yo‘li tarmoklari. Turk xoqonligi davrida «Buyuk ipak yo‘li»
ning ahamiyati. Buyuk ipak yo‘li ustidan nazorat o‘rnatish uchun hukmdorlar
o‘rtasidagi kurashlar. Ipak yo‘li mamlakatlararo siyosiy, diplomatik, madaniy,
diniy aloqalarni ta’minlovchi omil sifatida. Amir Temur davrida Buyuk ipak
yo‘lining qayta tiklanishi va rivojlanishi. Ipak yo‘li Shark bilan G‘arbni bog‘lovchi
halqa sifatida. Jahondagi buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Buyuk ipak yo‘li
mavkeining pasayishi. YuNESKO rahnamoligida «Buyuk ipak yo‘li» dasto‘rining
tuzilishi va uni amalga oshirishda O‘zbekistonning ishtiroki. «Yevropa - Kavkaz -
Osiyo» transport yo‘lagi - TRASEKAni barpo etish masalasi.
Eftaliylar davlatining shakllanishi, uning xududiy o‘rni. Eftaliylar davrida
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. Mazdak xarakatining paydo bo‘lishi va uning
asosiy g‘oyalari. To‘rk hoqonligi hukronligi davrida O‘rta Osiyo. Turk xoqonligi
davrida mamlakatni idora etish usuli. Mamlakatdagi iqtisodiy va madaniy hayot.
Arab xalifaligining paydo bo‘lishi va uning boskinchilik yurishlari. Yurtimizning
arablar tomonidan istilo qilinishi. Islom dinining yurtimizga yoyilishi. Arab
hukmdorlarining Markaziy Osiyoda yuritgan siyosati. Muqanna qo‘zg‘aloni va
uning tarixiy ahamiyati.
IX asr boshlarida Movarounnaxrning siyosiy axvoli. Toxiriylar davlati.
Somoniylar davlatining tashkil topishi va boshqaruv tizimi. Somoniylar davlatida
yer-suv munosabatlari va soliq siyosati. Ismoil Somoniy islohotlari. Qoraxoniylar
davlatining tashkil topishi va ularning somoniylarga karashli viloyatlarni bosib
olishi. Qoraxoniylar davlatidagi boshqaruv usuli na ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
G‘aznaviylar davlatining tashkil topishi, uning ichki va tashqi siyosati. Saljukiylar
davlatining yuksalishi. Xorazmshoxlar davlatining yuksalishi. Xorazmshohlar
davlatining boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. IX-XII asrlarda moddiy va
ma’naviy madaniyatning yuksalishini ta’minlagan shart-sharoitlar.
IX-XII asrlarda ilm-fan ravnaki. Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Farobiy,
Narshaxiy, Ibn Sino, Beruniy, Rudakiy va boshqa buyuk ajdodlarimiz ijodi. Islom
dinining davlat tayanchiga aylanishi. IX-XII asrlarda turkiy va forsiy adabiyot. IX-
XII asrlarda moddiy madaniyat. IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo tarixida tasavvuf
ta’limoti va uning o‘rni.
Mugullar hujumi arafasida xorazmshoxdar davlatidagi vaziyat. Chingizxon
(Temuchin)ning mug‘ullarni birlashtirib kuchli davlat tuzishi. Chingizxon va
Muhhammad Xorazmshoh o‘rtasidagi elchilik munosabatlari. Utror fojiasi va
mugullarning Markaziy Osiyoga harbiy yurishlari. Temur Malik va Jaloliddin
Manguberdi jasorati. Mugullarning Buxoro va Samarkandni bosib olishi. Urganch
qamali. Xorazmshoh qo‘shinlarining maglubiyati, uning sabablari. Mug‘ullar
istilosining dahshatli okibatlari. Chigatoy ulusining tashkil topishi va undagi
boshqaruv tartibi. Mahmud Tarobiy kuzgoloni, uning tarixiy ahamiyati.
Kebekxonning ma’muriy va pul islohotlari. Chigatoy ulusining parokandalikka
uchrashi. Chigatoy ulusida madaniy hayot, XIV asr o‘rtalarida Movarounnahrdagi
ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
Amir Temo‘rning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. Amir Temur
hokimiyatining urnatilishi. Samarkand - Temur davlatining poytaxti. Amir
Temo‘rning harbiy yurishlari. Qo‘shinning tuzilishi, Amir Temur - buyuk davlat
arbobi, mashxur sarkarda. «Temur tuzuklari» va uning ahhamiyati. Amir Temur
davrida saltanatni boshqarish tizimi. Amir Temur vafotidan keyin imperiyaning
parchalanishi. Temuriylar davrida xo‘jalik va madaniy hayot. Movarounnahrda
Ulug‘bek hukmronligi. Bu davrda Buyuk ipak yo‘lining ahamiyatining oshib
borishi. Soliq siyosati, tovar – pul munosabatlari. Ulug‘bek akademiyasi, XV
asrning ikkinchi yarmida temuriylar o‘rtasidagi ichki kurashlarning avj olishi.
Alisher Navoiyning siyosiy va adabiy faoliyati. Temuriylar xokimiyatining
inqirozga yuz tutishi, uning sabablari.
Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrga yurishlari va shayboniylar
sulolasi hokimiyatining urnatilishi. Bobur buyuk davlat arbobi va uning olim
sifatida jahon tarixidagi to‘tgan o‘rni. «Boburnoma» asari. Shayboniylar davlatida
boshqaruv tizimi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Buxora xoni
Abdullaxon II ning mamlakatni birlashtirish va markazlashgan kuchli hokimiyatni
tiklash uchun olib borgan urushlari, uning pul islohotlari, yer – suv munosatlari,
suvni tejash to‘g‘risidagi qonunlari.
Buxoro xonligining tashkil topishi. Buxoro xonligi - Ashtarxoniylar sulolasi
davrida. Mangitlar davrida Buxoro amirligining ijtimoiy va davlat tuzumi, yer –
suv munosabatlari, soliq siyosati, sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari.
Madaniy hayot. Xiva xonligining tashkil topishi va undagi ijtimoiy- iqtisodiy,
madaniy hayot. Xiva xonligining Rossiya bilan aloqaalari. Qo‘qon xonligining
tashkil topishi. Qo‘qon xonligining ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti.
O‘zbek xonliklarining ilg‘or Yevropa mamlakatlaridan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
va texnika jihatidan orqada qolishi, uning sabablari. O‘zbek xonliklaridagi siyosiy
parokandalik, o‘zaro nizo va besamar urushlar. XIX asr o‘rtalarida o‘zbek
xonliklarining ijtimoiy siyosiy ahvoli va o‘zaro munosabatlari.
O‘rta Osiyo masalasida Angliya bilan Rossiya o‘rtasida raqobat. Chorizmning
Markaziy Osiyoni bosib olish uchun harbiy yurishlari. Kaufmanning Buxoroga
yurishi Samarqandning zabt etilishi. Kaufmanning Xiva xonligiga bosqinchilik
yurishi. Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya vasallariga aylantirilishi.
Chor Rossiyasi tomonidan Kuqon xonligining bosib olinishi va tugatilishi.
Chorizmning ulkamizdagi mustamlakachilik siyosati. Mustamlakachilik boshqaruv
tizimining urnatilishi. Chorizmning Turkistonda iqtisodiy hukmronlikni urnatish
tadbirlari, temiryo‘llar qurilishi va undan ko‘zlangan maqsad. Chorizmning
Turkistonda mustamlakachilikni kuchaytirishiga karatilgan madaniy va ma’rifiy
siyosati. Turkiston xalklarining chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi
milliy ozodlik harakatining boshlanishi, uning bosqichlari.
XX asr boshlarida Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti. Turkistonda jadidlar
hharakatining yuzaga kelishi, uning bosqichlari, atoqli rahbarlari, M. Behbudiy,
Cho‘lpon, Usmon Nosir, Fitrat va ularning g‘oyalari, jadid maktablarining
ochilishi, rus – tuzem maktablari, xayriya jamg‘armalari, teatrlar, “Padarkush”
dramasi. Birinchi jahhon urushining ulka hayotiga salbiy ta’siri. 1916 yilgi xalq
qo‘zg‘oloni va uning xususiyati.
Rossiyada 1917 yil fevral burjua - demokratik inqilobi, uning ulkamizga
ta’siri. «Shuroi Islomiya», «Shuroi Ulamo» tashkilotlarining tuzilishi va ularning
faoliyati. Turkistonda Ishchi va Askar deputatlari soveti va musulmon
mehnatkashlari shurosining tuzilishi. Turkistonda sovetlar hokimiyatining
urnatilishi. O‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi. Turkiston
muxtoriyatining tashkil etilishi. Sovetlar hokimiyatining iqtisodiy tadbirlari va
uning oqibatlari. Farg‘ona vodiysida qarshilik kursatish harakatining boshlanishi,
uning mohhiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, boskichlari.
Turkiston ASSRning tuzilishi. «Harbiy kommunizm» siyosati. 1917-1920
yillarda Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyat. Xiva xonligining
agdarilishi. Xorazm xalk Sovet respublikasining tuzilishi. 1917-1920 yillarda
Buxoro amirligi da ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy ahvol. Kizil armiyaning Buxoroga
hujumi. «Buxoro Xalq Sovet respublikasi»ning tashkil topishi. Buxoro va Xivada
Sovetlar istibdodiga qarshi kurolli harakat. XX asrning 20- yillarida ijtimoiy-
siyosiy
va
iqtisodiy
vaziyat.
O‘zbekiston SSRning tashkil topishi.
Qoraqalpog‘iston muxtor jumhuriyatining tashkil topishi. O‘zbekistonda
sanoatlashtirishi siyosati. Paxta mustaqilligiga erishish uchun kurash va uning
okibatlari. qishloq xujaligini jamoalashtirish siyosati va uning og‘ir okibatlari.
Kuloqlashtirish siyosati va uning mudhish natijalari. XX asrning 50-60 yillarida
suv inshootlarining kurilishi va bunda o‘zbek xalqining mehnat jasorati.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy hayoti.
Urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotini boshqarish sohasidagi
xatolar. XX asrning 50-70 yillarida utkazilgan iqtisodiy islohotlar, ularning
samarasizligi. XX asrning 70-80 yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tangliklar
va nuqsonlar. Paxta yakka hokimligining okibatlari ekologik holatning buzilishi.
Orol fojeasi. XX asrning 50-80 yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy hayot. Madaniy
inqilob tushunchasi, uning mohiyati.
XX asrning 20-30 yillarida O‘zbekistonda madaniy hayot. «Hujum» harakati
va uning moxiyati. XX asrning 40-80 yillarda respublikaning madaniy hayoti.
Ikkinchi jahon urushidan sung Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy-iqtisodiy axvoli.
SSSRda ma’muriy-buyrukbozlik, totalitar tuzumining karor topishi. Siyosiy
katagon, uning boskichlari va og‘ir okibatlari. Mustabid sovet tuzumi tomonidan
o‘zbek ziyolilarining kuvgin etilishi. Stalin vafotidan keyin shaxsga siginish
okibatlarini tugatish sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar, uning
barbod bo‘lishi.
Ikkinchi jaxon urushining boshlanishi. O‘zbekistonning urush girdobiga
tortilishi. O‘zbekiston moddiy va ma’naviy kuchlarining fashizmga qarshi urushga
safarbar etilishi. SSSRning g‘arbiy viloyatlaridan sanoat korxonalari, o‘quv va ilm
maskanlari, madaniyat muassasalarini, kochoklarning kuchirib keltirilishi. Urush
yillarida O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi. Urush yillarida O‘zbekiston fan
va madaniyati. O‘zbekistonlik jangchilarning frontda kursatgan jasoratlari. Urush
yillarida qrim- tatarlar, mesxiti turklari, chechenlar, korachoylar va boshqa
xalslarning o‘z vatanidan badarga qilinishi. Fashizmni tor-mor etishda
O‘zbekistonning munosib o‘rni. O‘zbekistonda Xotira va Qadrlash kuni, uning
mohiyati va ahamiyati.
XX asrning 80-yillari o‘rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
ma’naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi, mamlakat
iqtisodiyotining ekstensiv rivojlanishi, suv inshootlarining qurilishi, paxta
maydonlarining ko‘payishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi, ekologik
vaziyatning yomonlashuvi, Orol fojeasi. «Qayta qurish» konsepsiyasining
cheklanganligi, qiyinchiliklari va ziddiyatlari. «Qayta qurish» yillarida
O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy xayot. «Qayta qurish» yillarida iqtisodiyotni isloh
qilinishining muvaffakiyatsizlikka uchrashi, uning sabablari. O‘zbekistonda
Prezidentlik lavozimining ta’sis etilishi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili
haqida»gi konunnini kabul qilinishi. 1991 yil avgust vokealari, SSSRning
tanazzulga yuz tutishi.
Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash,
komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk
shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o’rni va saboqlari to’g’risidagi fikrlari.
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o’qitishdagi nazariy-
konseptual yondashuv va ilg’or innovasiyalar.
XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan
qatag’on siyosati. “Paxta ishi” “O’zbek ishi” nomli kampaniyalar. Aholi turmush
tarzining og’irlashuvi. Orol fojiasi. Farg’ona voqyealari. 1989 yil o’rtalarida
respublika
ijtimoiy-siyosiy
hayotidagi
o’zgarishlar.
Milliy
manfaatlar
ustuvorligining o’sib borishi. I.Karimov – O’zbekistonning Birinchi Prezidenti.
Mustaqillik deklarasiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991 yil avgust voqyealari.
GKChP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.
O’zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o’zgarishlar.
Mustaqillikning e’lon qilinishi. O’zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.
Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi sa’y-
harakatlar.
Mustaqil
O’zbekiston
davlatining
yuzaga
kelishi
va
mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.
Mustaqil
taraqqiyotning
dastlabki
bosqichidagi
muammolar.
O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi. Taraqqiyotning “O’zbek
modeli” va uning o’ziga xos xususiyatlari. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy
rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo’li. O’zbekistonning iqtisodiy
mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari. Mustaqillik – me’yoriy-
huquqiy asoslarining yaratilishi. Yangi Konstitusiyaning qabul qilinishi va uning
tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari.
Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O’zbekistonda hokimiyatlar
bo’linishi prinsipi. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va
uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O’zbekistonda
parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi
o’zgarishlar. O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy,
ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik. O’z-o’zini
boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi
o’rni. O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya
qilish.
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish konsepsiyasi. O’zbekiston Respublikasida
bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va
xususiyatlari. Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Bozor
infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo’jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va
yo’nalishlari. Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi. Makroiqtisodiyotni
barqarorlashtirishga erishish. Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish
sabablari, oqibatlari va uni O’zbekistonda bartaraf etish yo’llari. Mamlakat
iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi, bank-moliya tizimini
mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Soliq tizimidagi islohotlar.
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va
rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani
rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib
borish, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-
siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo’l-transport
muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim,
madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid
davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy
himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
O’zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi
Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirish,
jamiyatda
korrupsiyaga
nisbatan
murosasiz
munosabatni
shakllantirish.
Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. Milliy istiqlol g’oyasi va
mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta
tiklanishi.
Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo’lgan e’tibor.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi
va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Tarixiy shaharlar (Buxoro,
Samarqand, Marg’ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining
xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Toshkent shahrining “Islom madaniyati
poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati. Madaniyat va san’at sohasining
rivojlanishi. Xalqaro ko’rik-tanlovlarning o’tkazilishi. Milliy sport turlarining
rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni
ta’minlashdagi o’rni. O’zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi
barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati.
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim
va tarbiyaning o’rni va roli. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga
oshirish mexanizmi va bosqichlari. Ta’limning milliy modelining shakllanishi,
rivojlanishi va sohadagi muammolar. O’zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash
sohasidagi o’zgarishlar. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda
belgilangan vazifalar. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilishi:
yutuqlar va kamchiliklar.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jaligi
sohasidagi
o’zgarishlar.
Ma’naviy-madaniy
sohadagi
yangilanishlar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar.
Qoraqalpog’iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni
yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
O’zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati
tomonidan tan olinishi. O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar
bilan
iqtisodiy-siyosiy
aloqalarining
yo’lga
qo’yilishi.
O’zbekiston
Respublikasining BMTga a’zo bo’lishi va jahon hamjamiyatidagi o’ziga xos o’rni.
O’zbekistonning MDHdagi o’rni va mavqyeining oshib borishi. O’zbekistonning
Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalari. O’zbekistonning
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. Tashqi siyosiy faoliyat
konsepsiyasi.
O’zbekiston
tashqi
siyosatida
Rossiya,
AQSh,
Xitoy
mamlakatlarining o’rni.
O’zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o’rni. O’zbekistonning
mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam
savdosiga qarshi kurashda O’zbekiston Respublikasining faolligi. O’zbekistonning
ShHT bilan aloqalari. O’zbekistonning Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar
Hamdo’stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining
imzolanishi. O’zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi.
O’zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib
borgan siyosati. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni
ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga
joriy etilishi va uning ahamiyati.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo’yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo’nalishlar:
−
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor
yo’nalishlari;
−
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilishning ustuvor yo’nalishlari;
−
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari;
−
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari;
−
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash
hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi
ustuvor yo’nalishlar.
|