Internet/intranet-texnologiyalar rivojida asosiy urg’u instrumental dasturiy vositalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Shu bilan birga berilganlar bazasi bilan ishlovchi ilovalarni ishlab chiqishning rivojlangan vositalarini yaratish kuzatilmaydi.
Internet/intranet-texnologiyalarning ko’p darajali arxitektura bilan birlashtirilishi foydalanishda qulay va sodda, berilganlar bazasi bilan samarali ishlovchi axborot tizilarini yaratish uchun yechim bo’ldi. Bunda berilganlar ilovasining tarkibi quyidagicha ko’rinish oladi: brauzer– ilovalar serveri–berilganlar bazasi serveri–dinamik sahifalar serveri–web- server.
Internet/intranet-texnologiyalar va mijoz-server arxitekturasining integratsiyalashuvi natijasida, axborotlardan hamkorlikda foydalanishning soddaligi va yuqori darajadagi samaradorligini saqlab qolgan holda, korporativ axborot tizimlarini tadbiq qilish va boshqarish jarayonini sezilarli soddalashtirdi.
Dasturiy ta’minot o’zining yarim asrlik davrida katta o’zgarishlarga ega bo’ldi: faqat sodda mantiqiy va arifmetik amallardan korxonani boshqarishning murakkab tizimlarigacha. Dasturiy ta’minotning rivojlanishida har doim ikkita asosiy yo’nalishni ajratish mumkin:
37
hisoblashlarni bajarish;
axborotlarni yig’ish va ularga ishlov berish.
Kompyuter tizimi asosan murakkab matematik hisoblashlarni bajarish uchun (birinchi navbatda yadro quroli va raketa texnikasi bilan bog’liq bo’lgan hisoblar uchun) mo’ljallangan bo’lsa ham, hozirgi kunda ikkinchi yo’nalish ustunlik qilmoqda. Hisiblash texnikasi yordamida bajarilayotgan asosiy funksiyalarning bunday taqsimlanishi tushunarli holat – harbiy va ilmiy hisoblashlarga nisbatan fuqarolar tijorati ancha keng tarqalgan. Kompyuter texnikasi narhlarining pasayishi juda kichik korxonalar, hattoki jismoniy shaxslar uchun ham kompyuterlarni sotib olish imkonini beradi.
Bugungi kunda korxonalar boshqaruvini kompyuterlarsiz faraz qilib bo’lmaydi. Kompyuterlar boshqaruv, buxgalteriya hisobi, omborlarni boshqarish sohalariga ancha ilgari mustahkam kirib bordi. Ammo, zamonaviy tijorat korxonani boshqarishda axborot texnologiyalarni keng tadbiq qilishni talab qiladi. Noaniqlik va havflilik sharoitida boshqaruv qarorini qabul qilish uchun, qanday soha bo’lishidan qat’iy nazar (savdo, ishlab chiqarish, qandaydir xizmatni taqdim etish), xo’jalik-moliyaviy faoliyatining barcha aspektlarini doimo nazorat ostida ushlab turish zarur. Shu sababli, boshqaruvga zamonaviy yondashuv axborot texnologiyalari uchun mablag’ ajratishni talab qiladi. Korxona qancha katta bo’lsa, bunday ajratmalar shuncha katta bo’ladi.