Magistratura mutaxassisliklari


Axborot tizimi tushunchasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə16/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborot tizimi tushunchasi


Tizim tushunchasi keng tarqalgan va ko’plab ma’noviy qiymatlarga ega. Ko’pincha texnik vosita va dasturlar to’plamiga nisbatan qo’llaniladi. Kompyuterning apparat qismi tizim deb atalishi mumkin. Aniq amaliy masalani yechishga, hujjatlashtirishni yuritishning qo’shimcha jarayonlari va hisoblashlarni boshqarish bilan to’ldirilgan dasturlar to’plami ham tizim deb qaralishi mumkin.
«Axborot» so’ziga «tizim» tushunchasini qo’shish uning yaratilishi va bajarilishini aks ettiradi. Axborot tizimlari har qanday sohada masalalar yechimlarini qabul qilish jarayonida axborotlarni qidirish, yig’ish, uzatishni ta’minlaydi. Axborot tizimlari muammolarni tahlil qilish va yangi mahsulotlar yaratishga yordam beradi.
Axborot tizimi – bu qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida foydalanish uchun axborotlarni yig’ish, ishlov berish, saqlash va uzatish uchun qo’llaniladigan vositalar va usullarning o’zaro mutanosibligidir.
Axborot tizimining zamonaviy tushunchasi – shaxsiy kompyuterni axborotga ishlov berishning asosiy vositasi sifatida qo’llashdir. Katta tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimi texnik bazasiga meynfreym yoki super EHM kirishi mumkin. Bundan tashqari, ishlab chiqariladigan axborotda insonning o’rni hisobga olinmasa (insonsiz axborotni olish va taqdim etish mumkin emas), axborot tizimining texnik jihozlanishi hech qanday qiymatga ega emas.
Kompyuterlar va axborot tizimlari o’rtasidagi farqni tushunish


27
zarur. Maxsus dasturiy vositalar bilan jihozlangan kompyuterlar axborot tizimlari uchun texnik negiz va vosita hisoblanadi. Axborot tizimi kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan o’zaro muloqotda bo’luvchi xodimlarsiz ma’noga ega emas.
Material olamda axborot almashinuvi yuzaga kelishi uchun axborot uzatuvchi, aloqa kanali, qabul qilgich va axborot oluvchi bo’lishi zarur. Uzatish muhiti manba va axborot qabul qiluvchini axborot tizimiga birlashtiradi.

Har qanday axborot tizimining ishini ta’minlovchi jarayonlarni shartli ko’rinishida quyidagi qismlarga bo’lish mumkin:


ichki va tashqi manbalardan ma’lumot kiritish;
kiritilgan axborotga ishlov berish va uni qulay shaklda taqdim etish; iste’molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni chiqarish;
teskari aloqa – kirgan axborotni tahrirlash uchun korxona (firma) xodimlari tomonidan qayta ishlangan axborot.

Axborot tizimi quyidagi xossalar bilan aniqlanadi:


har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, qurilishi va tizimlarni qurish umumiy asoslari negizida boshqarilishi mumkin; axborot tizimi dinamik va rivojlanuvchi hisoblanadi;
axborot tizimini qurishda tizimli yondashuvni qo’llash zarur; axborot tizimining chiqish mahsuloti uning asosida qaror qabul qilinuvchi axborot hisoblanadi;
axborot tizimini axborotlarga ishlov berishni inson-kompyuter tizimi deb qabul qilish lozim.


28
Birinchi axborot tizimlari XX asrning 50-yillarda yuzaga kelgan. Bu yillarda ular «schot»larni va oylik maoshni hisoblashga mo’ljallangan bo’lib, elektromexanik buxgalteriya hisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu hujjatli qog’ozlarni tayyorlash vaqti va harajatlarini kamaytirishga yordam bergan.
XIX-asrning 60-yillari axborot tizimlariga bo’lgan qarashlarning o’zgarishi bilan xarakterlanadi. Axborot tizimlari yordamida olingan axborotlar ko’p parametrlar bo’yicha davriy hisobotlarni yuritishda qo’llanila boshladi. Buning uchun korxonalarga keng vazifalarga mo’ljallangan, ko’plab funksiyalarni bajara oluvchi (faqat hisob-kitob ishlari emas) kompyuterlar talab qilindi.

  1. asrning 70-yillar oxiri 80-yillar boshlarida axborot tizimlari qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiruvchi va qo’llovchi boshqaruv nazorati vositasi sifatida keng qo’llanila boshlandi.

XX asrning 80-yillar oxiriga kelib axborot tizimlaridan foydalanish konsepsiyasi yana o’zgardi. Bu davr axborot tizimlari zarur axborotni o’z vaqtida yetkazgan holda korxonaga o’z faoliyatida yangi mahsulot va xizmatlar yaratishga, o’ziga hamkorlar topishga, quyi narxlarda mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirishga, yutuqlarga erishishga va boshqalarda yordam berdi. Hozirda axborot strategik manbaiga aylanmoqda va boshqaruvning har qanday darajasida qo’llanilmoqda.
Hozirgi kunda axborot tizimi kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilgan tizim degan fikr mavjud. Ammo, umumiy holda axborot tizimini kompyutersiz usulda ham ko’rish mumkin.
Axborot tizimining ishini tushunish uchun u yechayotgan muammolar hamda tashkiliy jarayonlarning mag’zini chaqish zarur. Masalan, kompyuterli axborot tizimining qaror qabul qilish imkoniyatlarini aniqlash uchun quyidagilarni e’tiborga olish lozim:
yechilayotgan boshqaruv masalalarining tartiblanganligi; qaror qabul qilinishi mumkin bo’lgan boshqaruv iyerarxiyasi darajasi;
yechilayotgan masala tijorat sohasining u yoki bu funksional muhitiga tegishliligi;
qo’llanilayotgan axborot texnologiyasining turi.
Kompyuter axborot tizimi nokompyuter sohasidagi mutaxassislarga tushunish uchun ochiq va faoliyat jarayonlari boshqarishda nazorat qilish uchun qo’llanilishi mumkin.
Axborot tizimlarining tadbiq qilinishi quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin:
29
matematik usul, intellektual tizim va h.k.ni tadbiq qilish natijasida boshqaruv masalalarining ratsional qarori usullarini olish; avtomatlashtirish hisobiga ishchilarni og’ir mehnatdan ozod qilish; axborotning ishonchliligini ta’minlash;
ma’lumot tashuvchilarni magnit lenta yoki diskli tashuvchilarga almashtirish hisobiga axborotlarga kompyuterda ishlov berishni tashkillashtirish. Bu qog’ozli hujjatlar hajmining kamayishiga olib keladi;
korxonada hujjat almashinuvi tizimi va axborot oqimi tarkibini rivojlantirish;
xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish;
yangi bozor tarmoqlarini (yo’nalishlarini) qidirib topish; turli chegirma va xizmatlar taqdim etish hisobiga korxonaga xaridorlar va mahsulot yetkazib beruvchilarni bog’lash.
Axborot og’zaki va yozma, elektr signallar va radioto’lqinlar yordamida uzatiladi va sezgi organlari, foto-, videokameralarning elektr datchiklari yordamida qabul qilinadi. Axborot almashinuvi nafaqat insonlar muhitida, balki hayvonot va o’simlik olamida ham yuzaga keladi. Agar axborot tizimining ishtirokchisi inson bo’lsa, u holda ma’noviy axborot, ya’ni inson tomonidan ifodalanayotgan axborot haqida so’z yuritiladi. Axborot oluvchi uni bu axborot qanday masala uchun qo’llanilishiga qarab baholaydi. Bundan kelib chiqadiki, axborot nisbiylik xossasiga ham ega. Ayni bir axborot biror bir oluvchi uchun chuqur ma’no kasb etishi, boshqasi uchun esa avvaldan ma’lum va foydasiz bo’lishi mumkin. Masalan, fizikada yuqori quvvat chastotalari eng so’nggi yutuqlari yadrochi-fizik uchun juda muhim bo’lsa, agronom uchun hech qanday qiymatga ega emas.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin