Magistratura mutaxassisliklari


Axborot tizimlari Tizim tushunchasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə15/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborot tizimlari

Tizim tushunchasi


Tizim – bu qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun o’zaro birlashtirilgan va ayni bir vaqtda yagona deb qaraluvchi turli elementlar to’plamidir. Tizimlar nafaqat tarkibi, balki qo’yilgan asosiy maqsadlari bo’yicha ham bir-birlaridan farqlanadi.

  1. misol. Korxona tizim deb qaraladigan bo’lsa, uning elementlari sifatida binolar, texnik vositalar, xom-ashyo, xodimlar va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Korxonaning oldiga qo’ygan asosiy maqsadi – bu mahsulot ishlab chiqarishdir.

  2. misol. Telekommunikatsion tizim. Elementlari – aloqa tarmoqlari, modemlar, kompyuterlar, tarmoq dasturiy ta’minoti va boshqalar. Asosiy maqsadi – axborot uzatish.

  3. misol. Axborot tizimi. Uning elementlari – kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, insonlar, axborot va dasturiy ta’minot va boshqalar. Axborot tizimining asosiy maqsadi professional axborot ishlab chiqarishdir.

Tizimni tashkil etuvchi elementlar soni ixtiyoriy bo’lishi mumkin, muhimi ularning o’zaro bog’langanligidir. Masalan, turli detallardan tashkil topgan texnik vosita; kletkalardan tashkil topgan tirik organizm; insonlar jamoasi; korxona; davlat va hokazolar. Lektor va talabalar bilan birga ma’ruzalar zali – tizim; har bir talaba – bu ham tizim; auditoriya jihozlari – tizim; alohida stol – tizim. Stolning oyog’i – bu tizim emas. Ammo, bu makro ifodalash nuqtai nazaridan. Agarda stol oyog’ini mikro ifodalash nuqtai nazaridan oladigan bo’lsak, bu ham molekula va atomlarning bog’lanishidan tashkil topgan tizimdir.
Bu misollardan ko’rinib turibdiki, tizimlar turlicha bo’lishi mumkin, ammo ular bir qator umumiy xossa va tushunchalarga ega. Turli belgilari bo’yicha tizim turlariga ko’plab misollar keltirish mumkin. Umumiy holda ularni material va abstrakt turlarga bo’lish mumkin.
Material tizimlar material obyektlar mosligini ifodalaydi. Bunday tizimlar ichida noorganik (texnik, kimyoviy va h.k.), organik (biologik) hamda aralash (organik va noorganik tabiat elementlarini birlashtirgan) tizimlarni (masalan, inson-kompyuter (ergotexnik)) ajratish mumkin.
Material tizimlar ichida insonlar o’rtasida umumiy munosabatlarni ifodalovchi ijtimoiy tizimlar muhim o’rin egallaydi. Bunday tizimlar tizimostlari ishlab chiqarish jarayonida insonlarning umumiy munosabatlarini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar hisoblanadi.
26
Abstrakt tizimlar – bu insonlarning mahsuloti: nazariya, bilim, qarashlar va boshqalar.
Tizimlarni vaqtga nisbatan statik va dinamik turlarga ajratish mumkin:
statik tizimlarda vaqt o’tishi bilan tizimning holati o’zgarmaydi; dinamik tizimlarda esa, uning bajarilishi jarayonida tizim holatining o’zgarilishi kuzatiladi.
Har qanday tizim katta tizim tarkibiga kiradi. Bu katta tizim uni o’rab turadi va berilgan tizimning tashqi muhiti bo’lib hisoblanadi. Shu sababli, tizim tashqi muhit bilan o’zaro bog’lanishda bo’ladi. Tizim tashqi muhit bilan aloqada bo’lganligi sababli ochiq va yopiq tizimlarni farqlash mumkin. Ochiq tizimlar o’zini o’rab turgan tashqi muhit bilan faol aloqada bo’ladi va bunday aloqa tizimga rivojlanish va murakkablashish imkonini beradi. Yopiq tizimlar tashqi muhit bilan aloqada bo’lmaydi, undagi barcha jarayonlar (energetikdan tashqari) tizim ichida amalga oshiriladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin