Axborotlar ustida amalga oshiriladigan asosiy amallardan biri saqlash va jamlash bo’lib, ma’lum bir vaqt oralig’ida unga kirish mumkinligini ta’minlashning bosh vositasi hisoblanadi. Hozirgi kunda berilganlar bazalari, berilganlar omborlari (saqlagichlar) bu amalni tadbiq qilish yo’nalishini aniqlovchilar hisoblanadi. Berilganlar ombori bir necha foydalanuvchilar tomonidan ishlatilishi va saqlanishi mumkin bo’lgan o’zaro bog’langan ma’lumotlar to’plami sifatida qaralishi mumkin. Saqlanayotgan ma’lumotlar foydalanuvchilar dasturlariga bog’liq emas va o’zgartirishlar uchun umumiy boshqaruv usuli qo’llaniladi.
Berilganlar banki – ma’lum bir mavzu bo’yicha foydalanuvchilar guruhiga ma’lumotlarni qidirish va saqlash xizmatlarini ko’rsatuvchi tizim.
20
Berilganlar bazasi tizimi – foydalanuvchilarga axborot xizmati ko’rsatishni ta’minlovchi boshqaruv tizimlari, amaliy dasturiy ta’minot, berilganlar bazalari, operatsion tizim va texnik vositalarning o’zaro mosligidir.
Berilganlar ombori – ko’plab o’lchamlari bo’yicha agregirlangan ma’lumotlarni saqlovchi ombordir. Berilganlar omborining berilganlar bazasidan farqi: ma’lumotlarni agregirlash; berilganlar omboridan ma’lumotlar hech qachon o’chirilmaydi; berilganlar omborini to’ldirish davriy asosda amalga oshiriladi; eskilariga bog’liq yangi axborot agregatlarini shakllantirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi; berilganlar omobriga kirish ko’p o’lchamli kub yoki giperkub asosida amalga oshiriladi.
Har bir ishtirokchi (foydalanuvchi, foydalanuvchilar guruhi, «fizik xotira») axborot haqida o’z tasavvurlariga ega. Foydalanuvchilarga nisbatan predmet sohasini ifodalash uchun uch darajali taqdim qilish usuli qo’llaniladi: konseptual, mantiqiy va ichki (fizik).
Konseptual darajafoydalanuvchilar guruhlari uchun ma’lumotlarni foydalanilayotgan axborotning umumiyligini birlashtiruvchi tashqi sxema ko’rinishida qisman taqdim etish bilan bog’langan. Har bir alohida foydalanuvchi berilganlar bazasining ma’lum bir qismi bilan ishlaydi va uni tashqi model ko’rinishida taqdim etadi. Bu daraja foydalaniladigan modellarning turli-tumanliligi bilan tavsiflanadi (Chena modeli, ER-model, «mohiyat-aloqa» modeli).
Tarmoq modeli «ko’pchilik birga» aloqasi imkonini beruvchi obyektli-bog’langan model hisoblanadi va modellarni tavsiflash uchun qo’llaniladi. Iyerarxik model tarmoq modelining turi hisoblanib, daraxt ko’rinishiga mos keladi. Relyatsion model berilganlarni jadvallar (relyatsiya) ko’rinishida ifodalash uchun qo’llaniladi.
Fizik (ichki) darajama’lumotlarni EHM fizik xotirasida saqlash usuli bilan bog’lq. Fizik darajaning asosiy tashkil etuvchilari quyidagilar hisoblanadi: bloklarga birlashtirilib saqlanilayotgan ma’lumotlar, ma’lumotlarni qidirish uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar, bloklar orasidagi masofa, to’ldirish ma’lumotlari, xizmatchi axborot.
Berilganlar bazasini loyihalashtirishda ikki xil yondashuv qo’llaniladi.
Birinchisi, berilganlarning barqarorligiga asoslangan bo’lib, qo’llanilayotgan lovalarda moslanish va barqarorlikni ta’minlaydi. Bunday yondoshuvni qo’llash samaradorlikka qat’iy talablar qo’yilmagan (xotiraning hajmi, qidirish davomiyligi) hollarda maqsadga muvofiqdir.
21
Ikkinchi yondashuv berilganlar bazasiga so’rovlar jarayonining barqarorligiga asoslangan va bajarilishning samaradorligiga qat’iy talablar qo’yilgan hollarda samarali hisoblanadi (asosan tezkorlikka taalluqlidir).
Berilganlar bazasini loyihalashtirishda muhim masala ma’lumotlarni jamlash va taqsimlash hisoblanadi. Ishlatilish joyi bo’yicha ma’lumotlarni taqsimlash turli usullarda amalga oshiriladi:
Nusxalanuvchima’lumotlar. Ma’lumotlarning bir xil nusxalari turli foydalanish joylarida saqlanadi, bu ma’lumotlar uzatishni arzonlashtiradi. Ma’lumotlarni modifikatsiyalash markazlashtirilgan holda nazorat qilinadi.
Ma’lumotlarto‘plamostilari. Boshlang’ich berilganlar bazasi bilan mos keluvchi berilganlar guruhi bo’lib, mahalliy ishlov berish uchun alohida saqlanadi.
Qaytatashkillashtirilganma’lumotlar. Tizimda ma’lumotlarni yuqori darajaga uzatish jarayonida shakllanadi.
Seksiyalashtirilganma’lumotlar. Turli obyektlarda bir xil tarkib ishlatiladi, ammo turli ma’lumotlar saqlanadi.
Alohida sxemaostili ma’lumotlar. Turli obyektlarda integrallashtirilgan tizimga birlashtirilgan turli ma’lumotlar tarkibi qo’llaniladi.
Mos kelmaydigan ma’lumotlar. Birlashtirishni talab qiluvchi, koordinatsiyasiz loyihalashtirilgan, mos kelmaydigan berilganlar bazari.
Berilganlar bazasi bilan ishlash uchun BBBT (berilganlar bazasini boshqarish tizimi), BBM (bedrilganlar bazasi modeli) ko’rinishidagi, berilganlar bazasini boshqarish va foydalanuvchi interfeysini ta’minlashga mo’ljallangan, maxsus anjom qo’llaniladi.
Hozirgi kunda berilganlar bazasini loyihalashtirishda chegaralarni tanlash noaniq bo’lib qolmoqda. Bu ko’p sonli qarorlarni aniqlash va tavsiflashning murakkabligi bilan bog’liq. Bunda optimallikning o’lchab bo’lmaydigan ko’p belgilari ma’lum bo’lib, ularga son bahosini berish yoki maqsad funksiya sifatida ifodalashning murakkabligini nazarda tutish zarur. Shu sababli, baholash chegaralarini son va sifat bo’yicha ajratish qabul qilingan.