Axborotlarni jo’natish amalini bajarishning asosiy fizik usuli lokal va global uzatish tarmoqlaridan foydalanish hisoblanadi. O’zaro moslikni ta’minlash uchun tarmoqlarni ishlab chiqish va qo’llashda ochiq tizimlar yetti darajali modeliga birlashtirilgan bir qator standartlar qo’llaniladi. Tarmoqlar aro axborot almashinuvi sohasida OSI (Open System Intreconnection) modeli xalqaro standart sifatida qabul qilingan.
Bu model Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (International Standards Organization – ISO) tomonidan ishlab chiqilgan. Ko’pgina tarmoq dasturiy-apparat vositalarini ishlab chiqaruvchilar bu modeldan foydalanishga harakat qilmoqdalar.
Bu modelning darajalari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Fizik darajafizik boshqaruvni amalga oshiradi. Fizik zanjirga, masalan, axborot uzatiladigan telefon kiradi. Bu darajada OSI modeli aloqa zanjirining fizik, elektrik, funksional tavsiflarini, hamda tarmoq adapterlari va modemlariga bo’lgan talablarni ifodalaydi.
Kanalli daraja. Bu darajada tarmoq kanalini boshqaruv va fizik kanallar orqali axborotlar blokini uzatish (bitlar mosligi) amalga oshiriladi. Masalan, blokning boshi va oxirini aniqlash, uzatishdagi xatolarni topish, jo’natmalarni manzillash va hokazo. Kanalli daraja tarmoq kompyuterlari o’rtasida tarmoq apparat vositalaridan birgalikda foydalanish qoidalarini ifodalaydi.
Tarmoq darajasivirtual zanjirga tegishli bo’lib, fizik jihatdan mavjud bo’lishi shart emas. Bu daraja orqali ta’minlanuvchi interfeys orqali fizik darajadagi uzatishni boshqaruvning murakkabligi
«yashiriladi». Darajaning dasturiy vositalari paketlarni tarmoqda uzatish yo’nalishlarini aniqlashni ta’minlaydi. Yo’naltirgichlar OSI modeli tarmoq darajasida manzilli axborotlarni tahlil qilish asosida optimal yo’nalishni qidirishni ta’minlaydi.
Transport (jo‘natish) darajasi. Birinchi uch daraja ko’plab foydalanuvchilar jamoa bo’lib ishlashi mumkin bo’lgan umumiy tarmoqni tashkil etadi. Transport darajasida ma’lumotlar paketlari tartibi va ularning aloqadorligi nazorat qilinadi. Kompyuterlar o’rtasida almashinuv jarayonida telefon kommutatsiyasiga o’xshash virtual aloqa ta’minlanadi.
Seans darajasi. Ayrim hollarda foydalanuvchilar o’rtasida aloqalarning ko’pligi sababli, bunday jarayonni tashkillashtirish murakkab bo’ladi. Bunday murakkabliklarni bartaraf etish uchun bu darajada ma’lumotlar paketlarini uzatish va qabul qilish, seansni
16
o’rnatish va tugatish jarayonlari standartlashtiriladi. Seans darajasida kompyuterlar o’rtasida virtual aloqa telefon aloqasi kabi o’rnatiladi va tugallanadi.