Ifodalashni boshqarish. Bu daraja dasturiy vositalari, agar formatlar bir biridan farq qilsa, ma’lumotlarni uzatayotgan kompyuter ichki formatidan qabul qiluvchi kompyuter ichki formatiga almashtirish amalini bajaradi (masalan, IBM va DEC). Bu daraja o’z ichiga ma’lumotlarni kodlash, foydalanilayotgan belgilar to’plami funksiyalari va displey ekranida yoki chop qilishda ma’lumotlarni ifodalash usullarini oladi. Bulardan tashqari, uzatilayotgan ma’lumotlarni siqish va ochish ham amalga oshiriladi.
Amaliydaraja yuqori amaliy va tizim darajalarida foydalanuvchilarni qo’llashni ta’minlovchi funksiyalarga kiradi.
Masalan:
umumiy tarmoq manbalariga kirishni tashkillashtirish: axborotlarga, diskli xotiraga, tashqi qurilmalarga (printer, skaner va h.k.);
tarmoqni umumiy boshqarish (tarmoq umumiy manbalariga kirishni chegaralash, konfiguratsiya, nosozliklardan so’ng ish qobiliyatini tiklash, samaradorlikni boshqarish);
elektron xabarlarni uzatish (elektron pochtani ham o’z ichiga oladi);
elektron konferensiyalarni tashkillashtirsh; yuqori daraja muloqot funksiyalari.
Elektrotexnika va radioelektronika Xalqaro muxandislik instituti
(IEEE)da lokal tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish protokollari uchun standartlar ishlab chiqilgan. Tarmoq kanallari ma’lumotlariga kirish
17
usullarini ifodalovchi bu standartlar IEEE802 nomini olgan. Fizik sohaga ma’lumotlarni uzatish yaqinligiga qarab, tarmoqlararo bog’lanuvchi protokollarni quyidagicha ajratish mumkin: quyi, o’rta va yuqori daraja protokollari.
OSI quyi daraja protokollaritarmoq apparat vositalari va tarmoq dasturiy ta’minoti quyi darajasiga mos keladi. Darajaning keng tarqalgan standartlariga quyidagilar kiradi:
NDIS (Network Driver Interface Specificatoin – tarmoq drayverlari interfeysi spesifikatsiyasi), Microsoftva 3Com firmalari hamkorligida ishlab chiqilgan.
ODI(OpenDatalinkInterface– aloqaning ochiq interfeysi) Novell va AppleComputerfirmalari hamkorligida ishlab chiqilgan.
Bu standartlar, tarmoq apparat vositalaridan qat’iy nazar, o’rta daraja protokollarini bajarish imkonini beradi va daraja turli tip protokollarining hamkorlikda bajarilishini ta’minlaydi. Odatda tarmoq apparat vositalarini ishlab chiqaruvchilar ikkala standartni qanoatlantiruvchi drayverlarni ishlab chiqaradilar.
OSI o‘rta daraja protokollarietalon modelning tarmoq, transport va seansli darajalariga ajratiladi. Kompyuterlar o’rtasidagi almashinuv turiga qarab, bu protokollarni quyidagicha tasniflash mumkin:
seans protokollari (virtual bog’lanish protokollari); deytagram protokollar.
Seans protokollarda uzatishda paketlar tartibi xabarnomaning
boshlang’ich tartibiga mos keladi. Uzatish yetkazilganlik haqida xabarni tasdiqlash bilan amalga oshiriladi. Agar jo’natilgan paketlar yo’qolsa, ular takroriy uzatiladi.
Deytagram protokollardan foydalanilganda xabarnomalar paketlari bir biriga bog’liq bo’lmagan holda, ya’ni deytagram ko’rinishda uzatiladi. Shu sababli, har bir xabarnomalar paketini yetkazish tartibi xabarnomaning boshlang’ich tartibiga mos kelmasligi mumkin. Bundan tashqari, xabarnomalar paketlari tasdiqsiz jo’natiladi.
Ishonchlilik nuqtai nazaridan, seans protokollari qulay, ammo deytagram protokollardan foydalanilganda uzatish tezligi ancha yuqori.
O’rta darajada asosan quyidagi protokollardan foydalaniladi: SPX/IPXprotokollar to’plami – NetWaretarmoq operatsion tizimi boshqaruvida ishlovchi lokal tarmoqlarda qo’llaniladi;
NetBIOS va NetBEUI protokollari –IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va faqat lokal kompyuter tarmoqlari uchun mo’ljallangan;
18
TCP/IP – Internet tarmog’i uchun standart bo’lib, lokal tarmoqlarda foydalaniladi va ko’pgina tarmoq operatsion tizimlarida qo’llash mumkin. OSI modeli o’rta va boshqa darajalariga tegishli bo’lgan protokollarni o’z ichiga oladi.
Protokollarning qulayliklari: manzillashning qulayligi, yuqori darajada samaradorligi, o’zi sozlanuvchanligi va hatoliklardan himoyalanganligi, tezkor xotiradan tejamli foydalanish imkoniyatining mavjudligi. Global tarmoqqa nisbatan kamchiliklari: manzillashtirish funksiyalarini qo’llashning mavjud emasligi, samaradorlikning pastligi.
TCP (Transmission Control Protocol) protokoli tarmoq darajasi protokoli hisoblanadi va almashinuv virtual kanalini tashkillashtirgan holda ikki kompyuter o’rtasida ma’lumotlar uzatishning ishonchliligini ta’minlaydi. Katta hajmli ma’lumotlarni uzatish uchun bu kanaldan foydalaniladi.
IP (Internet Protocol) deytagram protokoli tarmoq darajasi uchun asosiy protokol hisoblanadi va uzatilayotgan xabarnomalar paketini manzillashtirishni ta’minlaydi.