Magistratura mutaxassisliklari


Axborotning jamiyat rivojidagi o‘rni



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə5/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborotning jamiyat rivojidagi o‘rni


Insoniyat jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlari texnik rivojlanish asosida amalga oshgan. Avtomatlashtirish mehnat unumdorligining ortishiga olib keldi. Mehnat jamoalarining shakllanishi bilimlar bilan almashish zaruratini yuzaga keltirdi. Birinchi navbatda avloddan avlodga og’zaki berildi. Yozuvning yaratilishi ularni axborot ko’rinishida berish imkoniyatini yaratdi. Axborotning yuzaga kelishi insoniyat jamiyatining izlanishlari natijasi bo’ldi.
Hozirgi kunda axborot eng qimmat manbalardan biri hisoblanadi. Bu material ishlab chiqarish muhitidan mehnat manbalarini axborot muhitiga ko’chirishda ko’rinadi.

  1. asrning oxirlarida AQShda ishga yaroqli aholining 95% dan ortig’i jismoniy mehnat bilan va 5% ga yaqini esa axborotga ishlov berish bilan shug’ullangan. Hozirgi kunga esa, mehnat manbalari nisbatining deyarli aksini ko’rishimiz mumkin.

Shunday fikrlar mavjudki, jahon ta’lim tizimidagi inqirozni axborotlashtirish negizida bartaraf etish mumkin. Hozirgi kunda AQSh oliy ta’limini yuz milliardinchi tijorat deb nomlamoqdalar. Ta’lim texnologiyalari eksportchilaridan biri hisoblangan amerikaliklar yiliga g’aznaga o’rtacha 7 mlrd. dollar tushuradilar. Bu yalpi milliy mahsulotning 2,7% ini tashkil etadi. Har yili AQShda 454 mingga yaqin xorijiy talabalar tahsil oldalar. Ulardan 57% i osiyoliklar, 15% i esa yevropaliklardir. Bunday natijalarga erishish asosan axborot texnologiyalarini keng tadbiq qilish natijasida bo’ldi.
Jahon hamjamiyatining iqtisodga intilishi natijasida axborot,

9
telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari tez o’zgarib bormoqda.


Telekommunikatsiyalarning rivojlanishida yuridik shaxslar va raqobatga ko’proq tayanilmoqda. Axborotga ishlov berish ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiyotning barcha sohalarida katta ahamiyatga ega bo’lmoqda. Ma’lumotlarni siqishning yangi vositalari ishlab chiqildi. Shisha tolali va simsiz aloqa texnologiyalari yangilanib bormoqda. Bog’lanish xizmatlari narxi tez tushib bormoqda. Yaqin 20 yil ichida axborot almashinuvi deyarli tekin bo’lishi mumkin. Raqamli aloqa texnologiyalariga o’tish ma’lumotlarni uzatish, axborotni tarqatish va boshqa axborot xizmatlarini yaqinlashtirishga olib keladi va global tarmoqlarning yangi imkoniyatlarini ochadi. Yangi texnologiyalar rivojlanish yo’lidagi turli to’siqlarni bosib o’tish imkoniyatini yaratadi. Masalan, masofaviy ta’lim tizimi uning an’anaviy usullariga hayotiy qo’shimcha bo’lishi mumkin.
Axborot jamiyatida katta axborot oqimining yuzaga kelishi quyidagilar bilan asoslanadi:
ilmiy izlanishlar va tajriba-loyiha ishlari natijalarini bayon etuvchi hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqa hujjatlar soninig jadal sur’atlar bilan ortishi;
insoniyat faoliyatining turli soxalari bo’yicha davriy nashrlarning doimiy ortib borishi;
odatda magnit lentalarga yoziluvchi va kommunikatsiya tizimlari doirasiga tushmaydigan turli-tuman ma’lumotlarning yuzaga kelishi.
Buning natijasida axborot krizisi yuzaga keladi. U quyidagilarda namoyon bo’ladi:
inson tomonidan axborotni qabul qilish va qayta ishlov berishning chegaralanganligi va saqlanayotgan axborot massivlarining mavjud bo’lgan kuchli oqimi o’rtasida ziddiyatlar yuzaga keladi; katta hajmdagi ortiqcha axborot yuzaga keladi, bu foydalanuvchi uchun zarur axborotlarni qabul qilishni qiyinlashtiradi;
ma’lum bir darajada, axborotning tarqalishiga to’sqinlik qiluvchi, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sotsial to’siqlar yuzaga keladi.
Masalan, ko’pincha sirni saqlash sababli turli tashkilotlar xodimlari zarur axborotdan foydalana olmaydilar.
Bu kabi sabablar noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Dunyoda katta hajmdagi axborot potensiali yig’iladi, ammo insonlar ulardan o’z imkoniyatlari doirasida foydalana olmaydilar.
Axborot krizisining yuzaga kelishi jamiyat oldiga yuzaga kelgan
10
vaziyatdan chiqib ketish yo’llarini qidirish zaruratini qo’ydi. EHMlarni faoliyatning turli sohalariga tadbiq qilinishi yangi evolyutsion jarayonning birinchi qadami bo’ldi.
Axborot jamiyatida jamiyatning ko’plab ishchilari axborotni, ayniqsa uning yuqori shakli bo‘lgan bilimlarni, ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va uzatish bilan band bo’ladilar.
Axborot jamiyatining xarakterli tomonlari quyidagilardan iborat: informatsion krizis muammosi hal etiladi, ya’ni axborot oqimi va axborot tanqisligi o’rtasidagi qarama-qarshilik yechiladi; axborotning boshqa manbalarga nisbatan ustunligi ta’minlanadi; rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodi bo’lib boradi; yangi informatsion texnika va texnologiyalar yordamida bilimlarni avtomatik generatsiyalash, saqlash, ishlov berish va foydalanish jamiyat asosini tashkil etib boradi;
informatsion texnologiya insoniyat sotsial faoliyatining barcha sohalarini qamrab olgan holda global tavsifga ega bo’ladi; butun insoniyat olamining axborot birligi shakllanib boradi;
jamiyatni boshqarish, o’rab turgan muhitga ta’sirning optimal prinsiplari amalga oshiriladi.
Jamiyatni axborotlashtirishning salbiy tomonlari sifatida quyidagi holatlarni keltirib o’tish mumkin:

  1. Jamiyatga ommaviy axborot vositalari ta’sirining yanada ortib borishi.

  2. Axborot texnologiyalarining tashkilotlar va insonlar shaxsiy hayotiga yanada chuqurroq kirib borishi.

  3. Sifatli va ishonchli axborotlarni saralash muammosining yuzaga kelishi va boshqalar.

Axborot industriyasi rivojlangan davlatlar axborot jamiyatiga o’tishga
eng yaqin turganlar hisoblanadi. Bularga AQSh, Yaponiya, Angliya, Germaniya va G‘arbiy Yevropa davlatlarini kiritish mumkin. Bu davlatlarda davlat siyosatining yo’nalishlaridan biri, axborot industriyasida innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash va investitsiyalash bilan bog’lq bo’ghan kompyuter tizimlari va telekommunikatsiyani rivojlantirish hisoblanadi.
So’nggi informatsion inqilob yangi yo’nalishni olg’a suradi – yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun texnik vositalar, usullar, texnologiyalar ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan axborot industriyasi. Axborot industriyasining asosiy tarkibiy qismi barcha turdagi axborot
11
texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiya bo’lib, bunda kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi so’nggi yutuqlarga tayanadi.
Axborot texnologiyalarining jamiyat tomonidan o’zlashtirilishi har bir inson hayot tarzining o’sishiga olib kelishi lozim. Axborot jamiyati – insoniyat rivojining navbatdagi bosqichi bo’lib, insonlarning yangi, axborot texnologiyalariga tayanuvchi yashash muhiti yuzaga keladi.

    1. Yüklə 1,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin