Magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə14/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Buyruq tili asosidagi interfeys foydalanuvchiga kompyuter bilan muloqot qilish tili sintaktikasini talab qiladi. Axborotni taqdim qilish texnologiyasi foydalanuvchilar tomonidan ma’lumotlarni tushunish uchun qo’shimcha imkoniyatlar berishi lozim. Shu sababli grafika, diagramma, kartalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Obyektlar va ularning namunalariga turli oynalar tizimi orqali kirish mumkin. Bir qator oynalar aniq obyekt bilan bog’langan. Shu sababli foydalanuvchining predmet sohasini axboriy to’ldirish jarayonida ikkita bosqichni ajratish mumkin: oynalarni tanlash va oynalar bilan ishlash.
Oyna – foydalanuvchi va tizim o’rtasidagi o’zaro aloqa vositasidir. Oyna maxsus obyekt sifatida qaraladi. Ishchi stol va haqiqatga yaqin bo’lgan bir qator tushunchalar (oyna, tugma, menyu va h.k.)ni qo’llovchi MS Windows oynali interfeysga misol bo’la oladi.
Axborot tizimi foydalanuvchisi ma’lumotlarni turli ta’minotchilardan olishga majbur: fayllar, berilganlar bazasi, elektron jadvallar, elektron pochta va h.k. Ma’lumotlar turli ko’rinishlarga ega bo’ladi: matn, jadval, grafika, audio va videoma’lumotlar va boshqalar. Shu sababli, ayrim noqulayliklar yuzaga keladi. Birinchidan, foydalanuvchilar axborotni qubul qilishlari uchun maksimal qulay formada berilishi lozim. Ikkinchidan, u tayyorlangan axborot bilan


24
ishlash imkonini beruvchi yagona universal interfeysdan foydalanishi lozim. Bu talablarni Web- texnologiya qanoatlantiradi. Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi ananaviy parametrlar o’rniga murakkab vaziyatlarga olib keldi (qobiliyatining o’zgarishi, samaradorlik, o’tkazuvchanlik, xotira hajmi). Bu vaziyatdan chiqishning birinchi qadami Teodor Xolm Nilson tomonidan taklif qilingan gipermatn bo’ldi. Gipermatn bu oddiy matn bo’lib, o’z qismlariga va boshqa matnlarga murojaatlarni o’z ichiga oladi.
Gipermatn sifatida kitobni olish mumkin: mundarija boblar, bo’limlar va mavzularga murojaatni ifodalaydi. Kitobning ichida boshqa manbalarga murojaatlar mavjud. Turli hududiy masofaviy kompyuterlarda matnlar joylashtirish imkonini beruvchi Internet tarmog’ining yuzaga kelishi bilan gipermatnning rivojlanishi davom etdi. Bunda mavjud interfeysning turli ko’rinishdagi axborotlarni taqdim etish imkoniyati mavjud bo’lmaganligi, yagona tartiblangan axborot to’plamiga ko’pgina iste’molchilarning kirish imkoniyati yo’qligi sababli interfeysni rivojlantirish talab qilinadi. Bu masalani yechish uchun Web- navigator taklif qilindi va joriy etildi. Web-server turli ta’minotchilardan olingan axborotlarni foydalanuvchiga yagona ko’rinishda taqdim etuvchi axborot kontsentratori sifatida yuzaga keldi. Web vositalar axborotlarni Web-navigator yordamida zarur darajada detallashtirish imkoniyatini yaratib berdi.
Foydalanuvchilarga axborot xizmatlari ko’rsatishning eng qulay shakli bo’lgan Web-texnologiya quyidagi xususiyatlarga ega:
axborotni qabul qiluvchiga nashr ko’rinishida taqdim etiladi; nashr turli xil axborot manbalarini va geografik joylashuvlarni birlashtirishi mumkin;
axborot manbalaridagi o’zgarishlar tezda nashrlarda aks ettiriladi; nashrlar boshqa nashrlarga joylashuvi va so’nggi manbadan chegaralanmagan holda murojaat qilishi mumkin;
chop etuvchi axborotning foydalanuvchiga yetkazilish jarayoni bilan qiziqmaydi;
axborotdan foydalanuvchilar soni chegaralanmagan;
nashrda taqdim etilgan axborotlar, gipermatnli murojaatlar va kontekstli qidiruv vositalari hisobiga kirish uchun qulay; texnologiya axborot manbalari va turlariga alohida talablar qo’ymaydi;
nashrlar sifati zamonaviy multimedia standartlariga mos keladi (matn, grafika, ovoz, video, animatsiya).
25

    1. Yüklə 1,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin